Rivojlantirilgan ikki qismli shakl turlari undagi ikkinchi qism mazmuni orqali aniqlanadi. Odatda unda birinchi qism mavzu materialining keyingi rivojlanishini kuzatish mumkin — A+A1. Ba’zida ikkinchi qismdagi rivojlov birinchi qism rivojiga nihoyatda о‘xshash bо‘ladi. Aynan shu fakturada, modulyatsion rejada ayrim о‘zgarishlarga ega bо‘lgan birinchi qismning takrori sifatida kо‘rish mumkin. Lekin, kо‘p hollarda ikkinchi qism rivojlanishiga sezilarli о‘zgartirishlar kiritiladi.
Ayniqsa, klassik uslubgacha bо‘lgan davr musiqasi uchun xos bо‘lgan reprizasiz ikki qismli shaklda ikkinchi qism yangi mavzudan, ba’zida oldingi materialning sezilarli darajada о‘zgartiriligan (kо‘pincha rivojlov)rivojidan boshlanib, shaklning oxirida esa boshlang‘ich rivojga о‘xshaganligi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |