Ovqatlanish bo’yicha qo’llanma.
Ovqatlanish bo’yicha tavsiyalarni nafaqat bemorga, balki uni parvarishlayotgan insonga ham berish kerak.
Temir moddasiga boy bo’lgan oziq-ovqatlarni iste'mol qilish.
temir moddasiga boy bo’lgan oziq - ovqatlardan eng yoqimlisini tanlash lozim (bemor o’zi hohlab yeyishi uchun)
Oshqozon osti bezi yaxshi shira ajratib chiqishi uchun ovqatlanish uchun shart-sharoit yaratish.
ovqatni tayyorlash jarayoni, idishlarni to’g’ri joylashtirilishi va tarqatilishiga ahamiyat berish.
Ovqatlanayotganda tanbeh bermaslik va yomon narsalarni o’ylamaslik kerak.
Agarda siqilish va zo’riqish kuzatilsa, oshqozon osti bezi shirasi kam ajralib,ovqat hazm qilishni kamaytiradi, shuning uchun ruhiy zo’riqish va stresslarni bartaraf qilish kerak.
Kamqonlik darajasi kuchaygan sari oshqozonda hazm qilish shirasi kamayadi va bu holat ahvolni yomonlashtiradi. Shuning uchun bu muammoni tezroq hal qilish zarur.
3. Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi (yod tanqisligi)
Qalqonsimon bez - ichki sekretsiya bezi bo’lib, 3 xil gormon ishlab chiqaradi (tiroksin, triyodtironin va kal'sitonin). Tiroksin va triyodtironin gormonlari o’sish jarayonini, to’qima va a'zolarning rivojlanishini, modda va quvvat almashinuvini nazorat qiladi. Kal'sitonin - hujayralarda kal'siy almashinuvini, suyak to’qimasini o’sib rivojlanishini nazorat qiladi ( boshqa gormonlar bilan birga).
Qalqonsimon bez faoliyatini kuchayishi (gipertireoz, tireotoksikoz) va kamayishi (gipotireoz) har xil kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Qalqonsimon bez faoliyati boshqa ichki sekretsiya bezlarining (gipofiz-gipotalamus, buyrak usti, jinsiy bezlar) faoliyati, ovqatdagi yod miqdori, asab tizimining holati bilan bog’liq. Qalqonsimon bez faoliyatiga gipofizning TTG gormoni va gipotalamusning TRG gormoni ta'sir ko’rsatadi.
Qalqonsimon bez faoliyati.
Moddalar almashinuvini yaxshilaydi
Qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi
Bolaning aqliy qobiliyatini yaxshilaydi
Organizmda kislorod o’zlashtirishini yaxshilaydi
Yurak - qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi.
Qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi ko’proq bolalalik, o’smirlik
va homiladorlik davrlarida uchraydi.
Yod tanqisligi - qalqonsimon bez kasalligini kelib chiqishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Yodni kam miqdorda iste'mol qilish oqibatida qondagi tireoid gormonlari kamayadi. O’zbekiston yod tanqisligi bo’yicha endemik zonaga kirganligi uchun ham qalqonsimon bez kasalligi 40% tashkil etadi.
Qalqonsimon bez faoliyatini buzilishi belgilari:
Yod miqdorining kamayishi organizmga quyidagicha ta'sir ko’rsatadi:
qalqonsimon bez kattalashadi
bola rivojlanishi jarayonida aqlan va jismonan o’z tengdoshlaridan orqada qoladi
bolaning bo’yi va og’irligi kamayadi
allopetsiya (boshda sochning to’kilishi)
bolada xotira susayadi
bosh og’rig’i, behollik, qabziyat
uyquchanlik
hayz faoliyatining buzilishi
Yod tanqisligining og’ir hollarida kretinizm (aql pastlik), depressiya, asabiylik kuzatilishi mumkin.
Homiladorlik vaqtida qalqonsimon bez faoliyatining o’rni Ichki sekretsiya bezlari orasida qalqonsimon bez katta ahamiyatga ega. Homiladorlikning 7-8 oylarida homilada qalqonsimon bez rivojlanadi. Embrional davrida faoliyat ko’rsatmaydi, ammo embrional to’qimadagi tiroksin va triyodtironin gormonlari ayol organizmida paydo bo’lganligi sababli homilador ayolga yetarli miqdorda yod kerak bo’ladi. Qalqonsimon bez 3 xil gormon ishlab chiqaradi: tiroksin (T4) - 65% yod, triyodtironin (T3) - 59 % yoddan tashkil topgan.
Yod tanqisligida homiladorlarda kuzatiladigan belgilar:
Erta va kechki gestozlar.
Taxdid soluvchi abort.
Kamqonlik
Homiladorlik davrida yod tanqisligi tufayli homilada kretinizm rivojlanishi mumkin:
homila yurak urishining yomonlashuvi
homilaning o’lik tug’ilishi
Chilla davrida qon ketishi
Chilla davrida sut kamayishi
Do'stlaringiz bilan baham: |