Darslik, metodik qo‘llanma, metodik tavsiyalarni yangilash



Download 48,96 Kb.
bet1/5
Sana06.01.2022
Hajmi48,96 Kb.
#321738
  1   2   3   4   5
Bog'liq
KIRISH


K IRISH

Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak. Yurt mustaqilligiga erishilgandan keyin nafaqat ijtimoiy-siyosiy hayotda, balki ta’lim-tarbiya jarayonida ham

jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirila boshladi. Endilikda shakllanib kelayotgan yosh avlodning ma’naviyatini sog‘lomlashtirish, ularga bilimlami tayyor holda berishdan ko‘ra mustaqil fikrlashga yo‘naltirish va ta’lim jarayonida o‘quvchilami mute ijrochilikdan erkin ishtirokchi darajasiga ko‘tarishning yangi- yangi yo‘llari qidirilmoqda. O‘qitishning asosiy ashyolari bo‘lmish darslik, metodik qo‘llanma, metodik tavsiyalarni yangilash va takomillashtirish bilan birga ruhan sog‘lom, aqlan barkamol, o‘z fikri hamda qarashlariga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash ham ustuvorlik kasb etmoqda. Yoshlar tarbiyasida bir xil fikrlaydigan, yagona xulosaga keladigan avlodni shakllantirish o‘rniga ma’naviy sifatlaming yetakchiligi, bola tuyg‘ularining injaligi, uning ko‘ngil istaklari, ma’naviyat shakllantirishda milliy an’analarga tayanish lozimligiga-da diqqat qaratilmoqda.

Mustaqillikning dastlabki bosqichida paydo bo’lgan ayrim qiyinchiliklar egamanlikning chorak asri davomida ham to‘laligicha bartaraf etilgani yo‘q. O’tmish tuzumning qator illat- laridan qutulish uchun ruhiyati mustaqillik davrida shakllangan avlod yetilishi kerak. To‘g‘ri, mamlakat o‘z mustaqilligiga erishgan yillarda tug‘ilgan farzandlaming oldi bugun yigirma beshdan oshdi. Lekin ularning barchasi shaxs sifatida erkinmi? Ular ruhan ozodmi? Ma’naviyati sog‘lommi? Mana shu savollar kishini o‘ylantiradi. Ruhan mustaqil bo‘lgan, o‘z haq-huquqini tanigan, ichida «Men»i bor kishilar tomonidan tarbiyalangan bolalargina tom ma’noda mustaqil shaxs bo‘lib shakllanishlari mumkin. Chunki o‘zi ma’naviy noto‘kis, umuminsoniy va milliy qadriyatlardan yiroq, fikran qashshoq odam o‘zgalami aqlan ham, ruhan ham sog'lom qilib tarbiyalay olmaydi. Ya’ni «har qanday tarbiya avval tarbiyachini tarbiyalashdan boshlanishi» kerak.

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, avlodlami milliy qadriyatlar asosida ma’nan sog‘lom qilib tarbiyalashda badiiy adabiyotning o‘mi beqiyos. Lekin badiiy asardagi kitobxon shaxsiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jihatlar, matnda aks etgan hayotiy va badiiy haqiqatlami ilg‘ash, ulaming ko‘ngilni tozalashga xizmat qiladiganlarini topib, o‘z tabiatiga singdirish, shakllanayotgan shaxsda osonlik bilan kechadigan jarayon emas. Ta’lim-tarbiya tizimida bu kabi murakkab va mas’uliyatli ishlami amalga oshirish «Adabiyot o‘qitish metodikasi» deb nomlanuvchi fan va o‘z kasbini yaxshi ko‘radigan, yaxshi biladigan o‘qituvchining zimmasida.

Ma’lumki, har qanday o‘quv predmeti bo‘yicha yaratilgan dastuming «Uqtirish xati»da ta’lim mazmuni va uni o‘zlashtirish- ning muhim jihatlariga alohida urg‘u beriladi. Unda o‘qituvchiga mazkur predmetai о‘tish jarayonida alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan o‘rinlar ko‘rsatib beriladi. O‘qituvchilaming ba’zilari «Uqtirish xati»ni o‘qimaganliklari uchun o‘quv fanining maqsadi, vazifalari va mazmuniga xos bo‘lgan ustuvor jihatlar haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lolmay qoladilar. Albatta, barkamol avlodni shakllantirmoqchi bo‘lgan o‘qituvchiga «Uqtirish xat»idagi yo‘riqlar kamlik qiladi. O‘qituvchiga bu yo‘nalishda maxsus metodik ko‘rsatmalar, dars ishlanmalari va maslahatlar ham kerak.

Mazkur «Adabiyot o‘qitish metodikasi» nomli o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari o‘zbek tili va adabiyoti fakultetlari talabalari, ya’ni bo‘lajak adabiyot o‘qituvchilari uchun bir mayoq darajasidagi yo‘l ko‘rsatkichdir. Unda majburiy ta’lim tizimida adabiyot darslarini uning maqsadiga muvofiq tarzda, imkon qadar samaraliroq tashkil etish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni qamrab olishga harakat qilingan. Qo‘llanmaning yutuqlari o‘zi bilan, albatta, lekin kamchiliklarini bartaraf etib, uni yanada takomillashtirishda mutaxassis va amaliyotchilaming xolis fikr-mulohazalari katta yordam beradi.

Hurmatli talabalar! Mazkur о‘quv qo‘llanmadagi mavzular bo‘yicha tuzilgan savol topshiriqlar Sizlardan o‘qiganlaringizni so‘zma-so‘z takrorlashni emas, balki barcha o‘quv fanlari bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlaringizga tayangan holda o‘ylab ko‘rib, o‘z mustaqil fikringizni aytishni nazarda tutgan holda tuzilgan. Yana shuni ham ta’kidlash joizki, mavzular bo‘yicha taqdim etilgan savol va topshiriqlar zimmasiga matn mazmunida siz bilishingiz, nafaqat bilishingiz, balki bo‘lajak adabiyot o‘qituvchisi sifatida ongingiz hamda ruhiyatingizga joylab olishingiz shart bo‘lgan jamiki muhimlarga sizning e’tiboringizni qaratish yuki ortilgan. Ertangi amaliy faoliyatingizda Sizga suv bilan havodek zarur bo‘ladigan muhim jihatlar nazaringizdan chetda qolib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilingan. Ulaming barchasiga, hamma birdek javob bera olmasligi ham mumkin, bu shart ham emas, albatta. Chunki Xudoning har bir yaratig‘i o‘z qobiliyati va qiziqishlari, o‘z iqtidori va intellektual imkoniyatlariga ega. Hammadan bir xil bilim talab qilish aqlli ish emas. Har kim aqli yetgancha ish tutadi. Gap shundaki, bilimli, o‘z yurti va millatining kelajagi uchun og‘riydigan, O‘zining ham shaxs, ham o‘qituvchi sifatida ma’naviy kamolotini ta’minlashga yuz tutgan Shaxslar o‘rtachalaming qurboni bo‘lib qolmasligi uchun shu murakkab yo‘l tanlandi. Mukammallik sari intilgan talabalar ulaming barchasiga javob berishga intilishlari, o‘zlarini sinab ko‘rishlari tabiiy, albatta. 0 ‘zingizni kuzating-a, berilgan savol-topshiriqlaming mohiyatiga kirib ularga o‘z bilimingiz, saviyangiz va dunyoqarashingizdan kelib chiqib javob berganingiz sari ma’nan ko‘tarilayotganingizni his qilasiz.




Download 48,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish