Kandidoz.
a) Kandidoz - qin shilliq pardasi bachadon va bachadon ortiqlariga o’tuvchi kasallik bo’lib, achitqisimon zambrug’larni ayol organizmiga ekzogen yo’l bilan tushishi natijasida kelib chiqadi. Kandidozning hususiyati u jinsiy yo’l bilangina yuqmasdan, balki antibiotik va steriod gormonlarini qabul qilgandan keyin asorat tarzida yuzaga kelishi mumkin. Kandidoz ichaklar disbakteriozi va qin disbakteriozi tufayli, qonda qand miqdori ko’tarilganda yoki organizmga salbiy ta'sir etuvchi omillar masalan, namlik yuqori bo’lgan ishlarda, konditer sanoatida ishlaydigan ayollarda yuzaga kelishi mumkin.
b) Belgilari: qindan suzmasimon yoqimsiz oq rangdagi xidli ajralmalar keladi, jinsiy a'zolar qizarib, qichishadi. Erkaklarda jinsiy olat boshchasi qizarib, mayda pufakli toshmalar va mayda chaqalar paydo bo’lishi mumkin, qichishish kuzatiladi.
v) Davolash: etiotrop, umumiy sog’lomlashtiruvchi.
g) Profilaktikasi:
Shaxsiy gigienaga amal qilish.
Antibiotiklar birga zamburug’larga qarshi dorilarni ham birga qabul qilish.
2. Sўzak.
Gonokokk – ho’jayra ichida joylashadigan parazit bo’lib, so’zak kasalligini keltirib chiqaradi, issiq va namlikda yaxshi rivojlanadi, odam organizmida siydik chiqarish kanalida, bachadon bo’yni, to’g’ri ichak va ba'zida infeksiyalangan shaxs bilan og’iz orqali jinsiy faoliyat olib borilishi natijasida tomoqda ham so’zak rivojlanishi mumkin. Asosan jinsiy yo’l orqali yuqadi, ba'zida maishiy(kundalik ro’zg’or buyumlari) sochiq va ichki kiyim orqali yuqishi ham mumkin.
Belgilari: Qindan yoqimsiz hidli ajralmalar keladi, siyishda Og’riq, xattoki jinsiy aloqadan keyin qon kelishi qam mumkin. Ba'zi bemorlar kasallikning xech qanday klinik xolati va belgilarini sezmaydilar. Agarda so’zakni vaqtida davolamasa, u keginchalik pelvioperitonit va tarqoq peritonit rivojlanishiga sabab bo’lib, chanoq a'zolari ichida infeksiya ko’payishi va qorinda, belda og’riqlar paydo bo’lishi, jinsiy aloqada og’riqlar va qon ketishiga olib keladi. Tug’ruq vaqtida onadan bolaga tug’ruq yo’llari orqali gonareya bolaning ko’ziga tushushi natijasida, unda kasallik rivojlanishi mumkin. Bolaning ko’zi darhol davolanmasa, yomon oqibatlarga (gonoblennoreya) olib kelishi mumkin.
b) Davolash:
1. Spetsifik (maxsus)
2. Simptomatik
3. Umumiy quvvatlovchi
v) Profilaktikasi:
1. Jinsiy partnyorlarni ko’paytirmaslik
2. Jinsiy aloqa vaqtida prezervativlardan foydalanish
3. Muntazam ko’rikdan o’tib turish va kasallik aniqlanganda barvaqt davolanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |