Tayanch iboralar
Reproduktiv salomatlik – tug’ish yoshidagi ayollarning sog’igi
Huquq konsepsiyasi – huquq tushunchasi
Fertil yosh – jinsiy hayot kechirib tug’ish yoshi
Funksional buzilishlar – organ vazifasining buzilishi
Xalqaro Kongress- Xalqaro anjuman
BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Nazorat savollari.
Ona bilan bolaning bog’liqligi qanday?
“Oila” so’zining ma’nosi nima?
Sog’liqni targ’ib qilish konsepsiyasi nima?
Sog’liqni targ’ibot qilish deganda nima tushuniladi?
Ayollar hayotni davomida qanday sanitar-oqartuv ishlar olib boriladi?
Bolalar va o’smirlar ginekologik kasalliklarini davolash va oldini olishning 3 bosqichini aytib bering?
Sanitar-oqartuv ishlari qanday rejaga asosan o’tkaziladi?
Reproduktiv salomatlik konsepsiyasi nima?
Mavzu №3 Onalikdagi parvarishining ahamiyati va vazifalari.
O’quvchi bilishi kerak:
1. Onalikda hamshiralik parvarishini ahamiyatini tushunish.
2. Onalikda hamshiralik parvarishini hususiyatlarini tushunish
3. Onalikda hamshiralik parvarishi o’rnini tushunish
4. Onalikda hamshiralik parvarishining vazifalarini tushunish
Ma’ruza mazmuni:
1.Onalikda hamshiralik parvarishining ahamiyati.
Onalikda hamshiralik parvarishi deganda nima tushuniladi. Bu savolni hal qilishdan avval, bugungi kunda onalikda hamshiralik parvarishiga jamiyatning talablari va ushbu parvarishga muhtojligini chuqur o’rganish kerak.
Onalikda hamshiralik parvarishi nima?
Onalikda hamshiralik parvarishining asosiy ob’yekti bu - ayol hayotining turli davrlaridagi ayollardir:farzand tug’ib, uni tarbiyalayotgan ayol,homilador ayol;kelajakda tug’ishni rejalashtirayotgan ayol; tug’ib, bola tarbiyalab bo’lgan ayollar va boshqalar.
Bu ayollarning asosiy vazifasi sog’lom avlodni yangi avlodga yetkazib berish, va ularning oldida insoniyatni rivojlantirish vazifalari turadi. Onalikni ayollar ruhan va jismonan anglashlari kerak.
Onalikda hamshiralik parvarishi boshqa bloklar kabi insonning har qanday salomatlik holatida parvarishni ta'minlaydi, ammo, onalik ob’yekti bo’lib, har xil davridagi ayollar kiradi. Bu ayollar o’z salomatligini va o’z-o’zini parvarish qilish darajasini oshirishi kerak hamda o’z mavqeini egallash huquqiga egalar. Onalikda hamshiralik parvarishining hususiyatlari shundan iboratki, unda ayolning bir o’zi emas, balki oilasi, bolasi bilan birgalikdagi parvarishi ko’rib chiqiladi. Ayol va uning oilasining jamiyatdagi o’rni, oilasining o’sishi va rivojlanishi katta ahamiyatga ega, chunki ular ayol salomatligiga ta'sir etadi.
Onalikda hamshiralik parvarishi ob’yekti ayol va uning oilasi bo’lganligi sababli, ayol salomatligini saqlash va yaxshilash hamda salomatligidagi buzilishlarini oldini olishda, hayot sharoitlarini yaratish jarayonida unga yordam ko’rsatish va uning qobiliyatlarini aniglash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |