2 Onalikda hamshiralik parvarishining asoslari va o’ziga xos hususiyatlari.
Onalikda hamshiralik parvarishini boshqa bloklardan farqi quyidagilarda aks etadi:
Ob’yekti ayol bo’lib, u insoniyatning kuchsiz yarmini tashkil qilib, uning insoniy huquqlari ijtimoiy-madaniy tomondan qiyinchilik bilan tan olinadi. Keyingi ob’yekt - uning bolasi bo’lib, unga ham hamshiralik parvarishini to’liq ko’rsatish lozim.
b) Ayolning butun hayoti davomida reproduktiv salomatligini saqlash va yaxshilash, ota-ona bo’lish rolini egallashda unga yordam ko’rsatish va salomatlik bilan bog’liq buzilishlarni oldini olish hamda sog’lom turmush tarzini kechirish va o’z-o’zini parvarishlashga yo’naltirilgan yordamni ko’rsatish.
c) Hamshiralik parvarishi oilaning barcha a'zolariga qaratilgan bo’lib, bunda ona va bola orasidagi, ota ona va farzandlar orasidagi hamda oilaviy munosabatlarning ahamiyati katta.
3 Onalikda hamshiralik parvarishining o’rni.
JSS tashkiloti ta'rifi bo’yicha onalikda hamshiralik parvarishining o’rni faqat ayol hayotining homiladorlik, tug’ruq, chilla davridagina emas, balki uning butun hayoti davomini qamrab oladi. Hamshiralik parvarishi ayol hayotining homiladorlikdan oldingi davrida ham amalga oshirilishi kerak, zero bu ish amalga oshirilmasa kutilgan natijaga erisha olmaslik mumkin. Buning uchun kelajakda ota - ona bo’luvchi yosh avlodni sog’lom turmush tarzi aqidalariga rioya qilib tarbiyalash, oilani jamiyatdagi o’rnini ahamiyatini idrok etishlariga erishish maqsadida onalar maktabi, ota-onalar maktabi singari ta'lim maskanlarini tashkil etib, oilani rejalashtirish, klimakterik va klimakterik davrdan keyingi parvarish mavzularidagi sanitar-oqartuv ishlarni olib borilishi kerak.
4.Onalikda hamshiralik parvarishining vazifalari va tendensiyalari
- O’zbekistonda onalikda hamshiralik ishining hozirgi kundagi muammolari.
Boshqa davlatlarda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham hozirgi vaqtda oilada, ona va bola salomatligidagi o’ziga hos muammolar mavjud. Statistik ko’rsatgichlar
va tekshiruv natijalariga asoslangan holda hamshiralik parvarishi o’rnini aniqlab, muammolar yechimini aniglash kerak, bunda ona oiladagi markaziy shaxs hisoblanadi.
Tibbiy texnika vazifalari va rivojlanishi.
Bugungi kunda reproduktiv tibbiyotning rivojlanishi tushkunlikka tushgan er-xotinlarga umid bag’ishlamoqda. Bepushtlikni davolash fertil yoshning ohirigacha olib boriladi, biroq davolashning samarasiz natijalari,
er-xotinlarning ruhiy va jismoniy holatlariga ziyon yetkazadi. Bepushtlik, surrogat onalik, insonni klonlashtirish va boshqalar tibbiy texnologiyani rivojlanishiga ta'sir ko’rsatib, bioetik muammolar kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
Kelajakda tibbiyotning rivojlanishi tufayli, ayollar va oilalar tibbiy texnologiya sohalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Biroq bu sohadagi yuksalishlar insonga foyda keltirish bilan birga, har xil ruhiy zo’riqishlarga, og’riq va boshqa asoratlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun reproduktiv salomatlik va inson huquqlari bilan bog’liq hamshiralik paravarishi ko’rsatilganda davlat miqyosidagi etikani inobatga olish masalalari turmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |