Nazorat savollari.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimi deganda nimani tushunasiz?
Homiladorlik haqida bildirish nima?
Tug’ruq haqida bildirish nima?
Homiladorlikni sn’iy to’xtatish ambulatoriya sharoitida qanday sharoitda va qaysi hollarda ruxsat etiladi?
Homiladorlikni ko’tara olmaslikka nima sabab bo’la oladi?
Mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan qonunlarni sanab bering?
Onalik va bolalikni muhofaza qilish nima?
Homilador ayollarga dispenser kuzatuvini olib boorish choralari qanday amalga oshiriladi?
Mavzu № 5. Onalikdagi hamshiralik parvarishining bugungi va kelajakdagi takomillashuvi.
O’quvchi bilishi kerak:
1. Onalar va bolalar sog’ligini saqlashdagi statistika masalalari va
tendensiyalarini tushunish.
2. Onalik va bolalikni muxofaza qilish tizimini islohatlarini
tushunish.
Ma'ruza mazmuni:
Onalik va bolalik sog’lig’ini muhofaza qilish statistika masalalari va
tendensiyalari.
1) Sog’liqni saqlash statistikasi haqida tushuncha Statistika haqida tushuncha. Sog’liqni saqlash tizimi statistikasi quyidagi masalalarni o’rganadi:
Sog’liqni saqlash tizimi ishlarini sifat va son ko’rsatkichlarini
hususiyatlarini, butun aholining va ayrim kontingentlarning sog’ligini;
aholi orasida kasalliklarni tarqalganligi va kasallanish sur'atini;
sog’liqni saqlash tizimidagi profilaktik va davolash isharini samaradorligini.
2) Onalik va bolalik sog’ligini muhofaza qilish statistika masalalari va tendensiyalari. Onalik va bolalikdagi statistik ma'lumotlar FHDYo muassasalari beradigan dalolatnomalardagi tug’ilish, o’lim, turmush qurish va ajrim qilganlar haqidagi ma'lumotlarni yillik statistik xisoboti asosida olinadi. Tug’ilganlar soniga faqat tirik tug’ilganlar soni olinadi. Umumiy tug’ilish - bu bir yilda o’rtacha yillik aholining 1000 ta odamga tirik tug’ilgan bolarning umumiy koeffitsienti. Yig’ma koeffitsient shuni ko’rsatadiki, 49 yoshgacha bo’lgan bitta ayolda o’rtacha nechta bola tug’ilishi mumkin.*Tug’ilishning umumiy koeffitsienti fertil yoshdagi ayollarning soni ko’payishiga bog’liq
(1) Tug’ilishning umumiy ko’rsatkichi = 1 yilda tirik tug’ilganlarni umumiy soni x 1000
axolini o’rtacha yillik soni
(2) Chaqaloqlarni o’limi ko’rsatkichi =______O’lgan chaqaloqlar soni ________ x 1000
bir yilda tirik va o’lik tug’ilgan chaqaloqlar soni
(3) Perinatal o’lim ko’rsatkichiq = O’lik tug’ilgan chaqaloqlar Q 168 soat ichida
_____ o’lgan chaqaloqlar soni______ x 1000
bir yilda tirik va o’lik tug’ilgan chaqaloqlar soni
(4) Onalar o’limi ko’rsatkichi = Onalar o’limi xolatlari soni x 100000
chaqaloqlar soni.
(5) Go’daklar o’limi ko’rsatkichi = Bir yil davomida hayotining birinchi yilida
________o’lgan bolalar son______ x 1000
bir yilda tirik tug’ilgan chaqaloqlar soni.
Onalar sog’lig’ini muhofaza qilishga tegishli bo’lgan ko’rsatkichlar dinamikasi
(Davlat statistika ko’mitasi bo’yicha)
Muassasalar
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
Tug’ruqxonalar soni
|
55
|
51
|
50
|
48
|
ITI klinikasi
|
26
|
26
|
24
|
23
|
QVP
|
4119
|
4259
|
4354
|
4357
|
Bolalar ginekologlari
|
184
|
214
|
224
|
212
|
O’rta tibbiyot hodimlari soni
|
256183
|
257113
|
261960
|
266263
|
Fertile yoshida ko’rikdan o’tgan ayollar soni
|
|
637117
|
644960
|
6694244
|
1000 hisobiga tug’ishi
|
19,8
|
20,9
|
20,4
|
21,0
|
Go’daklar o’limi ko’rsatkichi
|
16,4
|
15,2
|
15,0
|
|
Perinatal o’lim ko’rsatkichi
|
10,1
|
11,0
|
11,0
|
|
3) Onalik va bolalikni himoya qilish masalalari
O’zbekistonda "Onalik va bolalikni sog’ligini saqlash rejasi" ishlab chiqilgan, bunda fertil yoshdagi ayollar sog’ligini yaxshilash va bolalardagi kasalliklarni oldinolish maqsadida profilaktik emlashlarni amalga oshirish. Davlat zimmasiga sog’liqni saqlash tizimining birlamchi bo’g’in sifatini yaxshilash hamda ayollar va bolalarga asosiy tibbiy dorilarni yetkazib berish yuklatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |