Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning asosiy masalalari:
- Aholini davlat tomonidan kafolatlangan sifatli birlamchi tibbiy yordam bilan ta'minlash;
- Aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish tizimini mustahkamlash
- Davolash-profilaktika muassasalari tizimini tashkil etish va tarmoqlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda umumiy amaliyot shifokori tizimiga bosqichli o’tishni ta'minlash.
- Pullik tibbiy yordam ko’rsatish bozorini va tibbiy sug’urtani tashkil etish.
A) 15.02.00 da qabul qilingan "Sog’lom avlod" Davlat dasturi haqida
Ma'naviy boy, yuqori malakali, jismonan baquvvat, barkamol va umuminsoniy
qadryatlarga asoslangan har tomonlama shakllangan shaxsni tarbiyalash maqsadida, O’zbekistonda 2000 yil - "Sog’lom avlod yili" deb e'lon qilinishi, hamda sog’lom avlodni o’stirish va tarbiyalashga yo’naltirilgan kompleks chora tadbirlar ishlab chiqildi
"Sog’lom avlod" dasturi quyidagi maqsadlarga yo’naltirilgan:
- Sog’lom avlod tug’ilishi uchun Davlat, jamiyat va oila g’amxo’rligi va e'tiborini kuchaytirish;
- Oilada ma'naviy - ahloqiy muhitni rivojlantirish va sog’lom oilani shakllantirish uchun sharoitlarni takomillashtirish;
- Bolalarga ta'lim va tarbiya berish bilan birga sog’lig’ini mustaxkamlash uchun sharoitlarni yaxshilash;
- Jamiyatning ruhiy ongida har tomonlama barkamol va sog’lom avlodni tug’ilishi va tarbiyasiga ma'suliyatni shakllantirish, sog’lom avlodni tug’ilishi va tarbiyasi bo’yicha aholini ommaviy tarzda o’qitish tizimini yaratish.
B) 25.01.02 da qabul qilingan "Ayollar sog’lig’i va o’sib kelayotgan avlod
sog’lig’ini mustaxkamlash haqidagi qo’shimcha chora-tadbirlar" Vazirlar Maxkamasi ta'kidlashicha, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirilishi, oila manfaatlarini himoyalanishi, ayollarga ahamiyatni kuchaytirilishi hamda sog’lom avlodni shakllanishi - respublikadagi ijtimoiy-demografik holatni yaxshilanishiga olib keldi. Buning oqibatidi, oila institutlari mustaxkamlanmoqda, go’daklar o’limi kamaymoqda, yoshga qarab tug’ruq tizimi yaxshilanmoqda hamda aholining hayot davomiyligi oshmoqda. Shu bilan bir qatorda, respublika regionlarida aholining reproduktiv salomatligi chuqur tahlil etilgandagi ko’rsatkichlarga qarab, bu borada o’tkazilgan chora-tadbirlar xali yetarli emasligi aniqlandi.Shu sababli davlat tomonidan doimiy faoliyat ko’rsatadigan davlat qo’mitalari tuzilib, ularga quyidagi vazifalar yuklandi:
- regionlar miqyosida demografik xolat o’rganilishi va taxlil qilinishi;
- reproduktiv sog’liqni yaxshilashda o’tkaziladigan chora tadbirlarni samaradorligini oshirish va ushbu jarayonga salbiy ta'sir ko’rsatayotgan muammolarni yechish;
- reproduktiv salomatlikni yaxshilash, oilada yoshlar o’rtasida tibbiy madaniyatni o’stirish, sog’lom avlodni tug’ish va tarbiyalash uchun konkret chora tadbirlar va yo’llanishlarni ishlab chiqish.
- har bir shahar va qishloq xududlarida sog’lom avlod tuzilishi va tarbiyalanishi bo’yicha qilingan yillik kompleks chora-tadbirlar monitoringi hamda onalar va bolalarga g’amxo’rlikni kuchaytirish va oilani mustaxkamlash borasida amalga oshirilgan ishlarni nazorat qilinishi.
- sog’lom oilani shakllanishi muammolari va "sog’lom ona – sog’lom bola" masalalarini maqsadli ravishda amalga oshirish bo’yicha turmush qurayotgan yoshlar, ayollar va aholi o’rtasida tushuntirish ishlarini ayollar qo’mitasi, maxalla fuqarolar boshqaruvi, televideniy, radio va ommaviy axborot vositalari yordamida tushuntirish ishlarini olib borish.
C) 02.11.04. dagi "Ayollar va bolalar sog’lig’ini mustaxkamlash" loyixasini tadbiq etish choralari haqida.
Onalik va bolalikni muxofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida tug’ruqda yordam ko’rsatish muassasalarini va gematologik yordamni moddiy-texnika bazasini mustaxkamlash. Bu loyiha bo’yicha onalikni va bolalikni muxofaza qilish xizmatini takomillashtirish mamlakatning 6ta aholi zich joylashgan regionida hamda gematologik markaz va qon quyish stansiyalarini milliy darajaga ko’tarish.
V) 25.08.03. dagi Oila qurayotgan yoshlarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish bo’yicha nizomni tasdiqlash haqida. Ushbu nizomni tasdiqlash va 2004 yil 1 yanvardan amalga kiritish.FHDYo bo’limlarida turmush qurish haqidagi ariza qabul qilinganda, tibbiy ko’rikdan o’tish uchun yo’llanma beriladi. Tibbiy ko’rikdan o’tganligi xaqida ma'lumot bo’lmagan shaxslar nikohdan o’tkazilishi qayd qilinmaydi.
Shaxslarni sifatli tibbiy ko’rikdan o’tkazishni ta'minlash va tekshiruv natijalari bilan turmush qurayotganlarni tanishtirish.
Tibbiy ko’rikdan o’tganligi haqida ma'lumot bo’lmagan shaxslar nikohdan o’tkazilishi qayd qilinmaydi.
G) 23.04.04.dagi "Ona va bola skriningi" Davlat tizimining keyingi rivojlanishi haqidagi chora-tadbirlar.
Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollar sog’lig’ini mustaxkamlash, sog’lom
avlodni tug’ish va tarbiyalash bo’yicha maqsadli dasturni amalga oshirish uchun "Ona va bola skrining markazlari" tashkil etildi. Bu markazlarning asosiy vazifasi homilador ayollar va chaqaloqlardagi tug’ma va irsiy kasalliklarni barvaqt tashxislash va oldini olishdan iborat.
D) 05.07.02.dagi Oilada tibbiy madaniyatni oshirish, ayollar sog’liqini mustaxkamlash, sog’lom avlodni tuzish va tarbiyalash haqidagi qo’shimcha chora-tadbirlar.
Ayollar va voyaga yetayotgan avlodni sog’lig’ini mustaxkamlash, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, ayollar sog’lig’ini mustaxkamlash uchun sharoitlar yaratish, Sog’lom bola tug’ish va tarbiyalash uchun sog’lom muhitni shakllantirish va oilaviy xotirjamlikni ta'minlash maqsadida qo’shimcha chora tadbirlar ishlab
chiqildi. Bu maqsadli dasturda ayollar va bolalar sog’lig’ini himoya qilishni kuchaytirish bo’yicha kompleks chora tadbirlar quyidagilarga asoslanadi:
- ekstragenital kasalliklari bo’lgan o’smir qizlar va fertil yoshdagi ayollar orasida kasalliklarni erta aniqlash va davolash, tibbiy mone'liklari bo’lgan ayollarda istalmagan homiladorlikni oldini olish, anemiyasi bo’lgan barcha homilador ayollarga statsionarlarda tarkibida temir moddasi bo’lgan preparatlar bilan davolashni ta'minlash;
- reproduktiv salomatlik bo’yicha yoshlarning tibbiy madaniyati va bilimlarini oshirish, aholining keng qatlamlariga qarindosh-urug’lar o’rtasidagi nikohni va barvaqt turmush qurishni oldini olish dolzarbligni hamda tug’ruqlar orasidagi ma'lum oraliqni saqlash kerakligini yetkazish. Kadrlarni qayta tayyorlashni takomillashtirish maqsadida akusher-ginekologlar, bolalar ginekologi, pediatrlar, anesteziologlar va umumiy amaliyot shifokorlari respublikadagi yetakchi klinikalarda malakalarini oshirishlari lozim. Bunda akusherlik, ginekologiya, pediatriya sohasidagi dolzarb masalalarni ko’rib chiqish hamda tug’ruqda yordam ko’rsatish va bolalar davolash muassasalari ishchilarini yetakchi horijiy tibbiy muassasalarda yillik malaka oshirishlari ko’zda tutilgan.
E) 25.01.05.da qabul qilingan "Sihat salomatlik yili" Davlat dasturi haqida.
- Jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirishga, aholining salomatligini mustahkamlashga, jismonan baquvvat va ruhan boy bo’lgan yosh avlodni tarbiyalashga yo’naltirilgan chora tadbirlarni amalga oshirish.
"Sihat salomatlik yili" Davlat dasturining asosiy yo’nalishlari va maqsadli
Do'stlaringiz bilan baham: |