Iii. Fanning asosiy o‘quv materiallari


Yaroqsiz qishloq xoʻjalik texnikasi muammosi



Download 1,17 Mb.
bet6/35
Sana25.10.2022
Hajmi1,17 Mb.
#856081
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
1-7 маърузалар матни

Yaroqsiz qishloq xoʻjalik texnikasi muammosi. Hozirgi paytda mamlakatimizdagi 146 ming 295 ta qishloq xoʻjaligi texnikasining 38 foizi allaqachon oʻz umrini oʻtab boʻlgan, yaʼni butunlay eskirgan.
Ayniqsa, meva va sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlar bogʻ va tokzorlarga ishlov berish, sabzavot ekish, parvarishlash va yigʻib olishga moʻljallangan texnikalar bilan bor-yoʻgʻi 34 foiz taʼminlangan, xolos. Bu mehnat unumdorligi va hosildorlikning pasayib ketishiga sabab boʻlmoqda.
Ayni paytda mamlakatimiz boʻyicha 16 ming 495 ta qishloq xoʻjaligi texnikasi yetishmasligi aniqlangan. Buning oqibatida belgilangan agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishning imkoni boʻlmayapti va shuning uchun pirovard natijada kutilgan samaraga erishilmayapti.
Bosh vazir oʻrinbosarlari Zoyir Mirzayev, Jamshid Qoʻchqorov va Nodir Otajonovga qishloq xoʻjaligi texnikasini yurtimizda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, zarur hollarda ularni xorijiy davlatlardan sotib olish uchun moliyaviy manbalarni aniqlash masalalarini hal etish boʻyicha joriy yil 20 dekabrga qadar aniq va amaliy takliflar kiritish vazifasi topshiriladi.
Ilm-fan yutuqlari va qishloq xoʻjaligining bir-biridan ajralib qolgani. Qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirishda ilm-fan hayot talablaridan orqada qolayotgani jiddiy muammolardan biridir. Bugungi kunning eng asosiy muammolardan biri bu – qishloq xoʻjaligida ilm va amaliyotning bir-biridan uzoqlashgani va aksariyat hollarda uzilib qolganidir.
Bir haqiqat barchamizga yaxshi maʼlum: ilm va izlanish boʻlmagan joyda hech qanday rivojlanish, yuksalish va, umuman, biror-bir sohaning kelajagi boʻlmaydi.
Sohada zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan kadrlar yetishmayotganini ham tan olishimiz kerak. Ayniqsa, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik sohalarida veterinar mutaxassislarga ehtiyoj katta.
Chorva mollarining zotini yaxshilash, parrandalarda kasalliklarni erta aniqlash va davolash boʻyicha ilmiy izlanishlar deyarli olib borilmayapti.
Yaqin vaqtgacha chorvachilik sohasida yetakchi boʻlib kelgan yurtimizda bugun zotdor mollarni faqat chetdan olib kelish bilan cheklanib qolayotganimizni nima bilan izohlash mumkin?
Bunday eʼtiborsizlik va sohaning ertangi rivojini oʻylamaslikni hech narsa bilan oqlab boʻlmaydi.
Ana shu holatlarning barchasini inobatga olib, sohaga ilmiy yondashuvni tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlash tizimiin yoʻlga qoʻyish maqsadida yurtimizda Veterinariya institutini tashkil etishning fursati keldi, deb hisoblayman.
Xabaringiz bor, biz yaqinda rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, hayotimizga yangi innovatsion texnologiyalar joriy etish koʻlamini yanada kengaytirish maqsadida Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligini tashkil etdik. Ushbu vazirlik bu borada alohida dastur ishlab chiqib, qishloq xoʻjaligi sohasiga ilgʻor texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlarini amalga oshirishi gʻoyat muhim masaladir.
Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini chuqur tahlil qilgan holda, uzumning sanoatbop navlari, limon va mevali daraxt koʻchatlari yetishtirish – hozirgi davr talabidir. Afsuski, ushbu institutning ayni paytdagi holati bugungi mezon va talabga mutlaqo javob bermaydi.
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Gʻallaorol ilmiy-tajriba stantsiyasi negizida Lalmikor dehqonchilik institutini tashkil etishni zamonning oʻzi taqozo etmoqda. Bunday ilmiy-tadqiqot markazi lalmi yerlardan samarali foydalanish boʻyicha zamonaviy ilmiy izlanishlarni yanada kengaytirish imkonini yaratadi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, qishloq xoʻjaligida samaradorlikni oshirish uchun barcha darajadagi rahbarlar, ayniqsa, tumanlardagi 4 ta sektor rahbarlari masʼuliyatini kuchaytirish talab etiladi.
Vazir boʻladimi, viloyat yoki tuman hokimi boʻladimi – barcha rahbarlar qishloq xoʻjaligi masalalari, yaʼni oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashabbus koʻrsatib ishlashi, eng muhimi, natijadorlikka erishmogʻi shart.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish