Yerni shudgorlamay dehqonchilik qilishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
Birinchidan-tuproq xosildorligini qayta tiklash imkonini beradi.
Ya’ni, yerni shudgorlamay dehqonchilik qilishning barcha usullari tuproqning biologik faolligi oshishigayordam ko’rsatadi. Yig’ishtirib olinmagan o’simlik qoldiqlari mikroorganizmlar uchun ozuqhisoblanadi, ular bu qoldiqlarni chirindiga aylantirib beradi. Somonning har tonnasi 170-180 kg, ayni chog’da bir tonna go’ng, bor-yo’g’i, 65-75 kg chirindi beradi xolos. Tuproqdagi organik moddalar tarkibini ko’paytirish qishloq xo’jalik ekinlari xosildorligi oshishiga sabab bo’ladi.
Ikkinchidan–tuproqdagi namlikni saqlash mumkinligi aniqlangan. Yerni shudgorlamay dehqonchilik qilishning asosiy usullaridan biri ang’iz va o’simlik qoldiqlarini saqlash, undan ham yaxshirog’i, tuproq yuzasida yig’ib olinmagan ekin qoldiqlaridan qoplama yaratishdir. Qurg’oqchil mintaqalarda qoplama yaratish suvning tuproq yuzasidan bug’lanishini kamaytiradi, binobarin,yig’ilgan namlikni saqlaydi va butun vegetasiya davomida o’simliklarga o’sha namlikdan tejab foydalanish imkonini beradi, yerni sug’orish ehtiyojini kamaytiradi–bu suv kam bo’lgan yillarda muhim ahamiyatga ega.
Uchinchidan-tuzning mavsumiy yig’ilishini kamaytirish–yig’ishtirib olinmagan o’simlik qoldiqlari bug’lanishni pasaytiradi va o’simlik qoplamasi bo’lmagan joy bilan solishtirganda mavsumiy tuz yig’ilishini 1,6-4,0 marta kamaytiradi. O’simlik qoldiqlari va sho’rlanishning kamayishi ham yer sho’rini yuvish uchun ishlatiladigan suv sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Barcha ekinlarni ham yerga ishlov bermasdan yetishtirib bo’lmaydi. Tadqiqotlarimiz ko’rsatishicha, ishlov bermasdan ekishga bug’doy, javdar, tritikale, makkajo’xori, soya, mosh, kunjut va boshqa ekinlar juda yaroqlidir-ular bunday usulni qo’llashning dastlabki yillarida ham ishlov berilmay ekilganda yaxshi o’sishi mumkin.
Tuproqqa xaddan ziyod mexanik ishlov berish-har bir fermer har yili tuproqni 4-5 marta mexanik tarzda bezovta qilish agrotexnik tadbirlarini bajaradi. Yerni shudgorlash, mola-borona bosish, tekislash tuproqning yuqori qatlamlarida minerallashish jarayonlarini tezlashtiradi hamda dastlab o’simliklar o’sishi, binobarin, ekinlardan hosil olishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Biroq, shuni aloxida ta’kidlash lozimki, fermerlar ko’nikib qolgan ushbu tadbirlar yuzlab yillar davomida foydalanish oqibatida tuproq hosildorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan bir qancha noxush omillarga ega.
Xaddan ziyod mexanik ishlov berish tuproqni xavoning jizg’anak harorati va hamma narsani quritib yuboradigan quyoshga ochiq qoldirish bilan tuproq zarralari uvalanishiga, binobarin, shamolning tuproqni ko’plab miqdorda uirib ketishiga olib keladi. Oqibatda ushbu amallar shamol yemirishiga sabab bo’ladi.
Bundan tashqari, yoz mavsumida tuproqning ichki qatlamlari bilan tashqi muhit o’rtasida katta tafovut bo’ladi. Yozda bug’doy hosili yig’ib olingandan so’ng yerga ishlov berayotganda havoning jizg’anak harorati xayot faoliyatiga zarar yetkazadi, ko’pincha tuproqdagi foydali mikroorganizmlar xalokatiga sabab bo’ladi.
Lekin, harorat yagona omil emas. Yerni xaydayotganda xavo tuproqning ichki qatlamlariga kirib borishiga yo’l ochamiz. Tuproqning yuqori qatlamida kislorod zarur bo’lgan aerobmikroorganizmlar, quyi qatlamida esa kislorod qiron keltiradigan anaerob mikroorganizmlaryashaydi. Aynan o’sha mikroorganizmlar barcha o’simlik qoldiqlarini organik o’g’itlar, chirindilarga aylantirib beradi. Yerni xaydash o’sha mikroorginzmlarini yo’qotadi, demak, chirindi ishlab chiqaradigan tabiiy organizmlar qolmaydi.
Bugungi kunda xech kimga sir emaski, ayrim fermerlar o’simlik qoldiqlarini dalada qoldirish o’rniga uni tozalash maqsadida to’liq yo’g’ishtirib oladi yoki ularni yoqib yuboradi. Qurg’oqchil va suv tanqisligi kuzatiladigan iqlim sharoitimizda tuproqni o’simlik qoldiqlarisiz qoldirish uninami tezda yo’qolishiga olib keladi. Yuqori qatlam qattiq qizib ketishi oqibatida tuproq qurib qolishi uni hosildor qiladigan mikroorganizmlar qirilib ketishiga sabab bo’ladi. Tuproq qurib qolishi uning strukturasini yo’qotadi–tuproq uvalanib ketadi. Bu shamol yemirishi va tuproqqa xaddan ziyod mexanik ishlov berish orqali tuproqning xosildor qatlami yo’qolishi xavfini kuchaytiradi.
Mamlakatimizda suvdan samarali foydalanish chora tadbirlarini yanada yaxshilash dolzarb vazifalardan bo’lib hisoblanadi. Ammo, shuni unutmaslik kerakki, dalani keragidan ortiq sug’orayotgan har bir fermer suv ola bilmay qolishi mumkin bo’lgan boshqa fermerdan uni―o’g’irlaydi. Biroq masalaning boshqa muhim jixati ham bor: daladagi ortiqcha suv faqat salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Bejizga dono xalqimizda:―So’z insonni, suv esa yerni buzadi-degan xikmatli so’zlar aytilmagan. Shuningdek, tuproqdan sho’rlarni yuvish uchun har gektar yerga o’rtacha 3000-5000 m3 suv sarflanishi oqibatida nafaqat tuzlarning, qolaversa, o’simlikning o’sishi va rivojlanishi uchun zarur bo’lgan azot va kaliy singari ozuqa elementlarining tuproqning quyi qatlamlariga kelib tushishiga sabab bo’ladi.
Bundan tashqari, fermerlar sug’orish uchun ko’pincha minerallashgan suvdan foydalanayotgani xech kimga sir emas. Agar suvning minerallashuvini, bor-yo’g’i -0,5 g/litr deb taxmin qilsak, har bir kub kilometr oshiqcha suv tuproqqa qo’shimcha 500 kg tuz olib keladi.
Yuqoridagi e’tirof etilgan omillar ta’sirida tuproq oriqlashining keng tarqalgani mamlakat qishloq xo’jaligi barqaror rivojlanishi va oziq-ovqat xavfsizligiga bevosita taxdid solishi mumkin. Bu muammoni ijobiy xal etish chora-tadbirlari olimlarimizning sayi harakatlari tufayli bosqichma-bosqich o’z yechimini topmoqda desak xato qilmagan bo’lamiz. Tuproq hosildorligini oshirishga yordam beruvchi ilg’or, tuproqni himoya qiluvchi, namlikni saqlovchi texnologiyalardan biri yerni shudgorlamaslik bo’lib, u dehqonlarimiz uchun yangi, ammo butun dunyoda keng qo’llanilayotgan texnologiyadir.
Dala ekinlarini resurstejamkor texnologiyalar asosida yetishtirish bo’yicha 2012 yildan boshlab Toshkent Irrigasiya va Meliorasiya Instituti EkoGIS markazi tomonidan Sirdaryo viloyati, Oq oltin tumani―Bobur Suv iste’molchilar Uyushmasi xududida joylashgan―Paxtakor fermer xo’jaligida № A-7-FK-1-15092 KA-7-009-raqamli davlat texnik-amaliy loyihasi (GNTP) Разработка почвозащитной технологии выращивания сельскохозяйственных культур н апостоянных гребняхи растительным покровом (на примере хлопково-пшеничного севооборота)» mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. 2008 yil mart oyidan boshlab TIMI bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishmoqda. Shuningdek, resurs tejamkor texnologiyalarni Respublikamizning shimoliy mintaqasi-Qoraqalpog’iston Respublikasi tuproq– iqlim sharoitlarida ham qo’llab, iqtisodiy samaradorlikka erishib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |