Ekish chuqurligi 4—6 sm. Urug'lar nam tuproqqa ekiladi. Texnologik izlar qoldirilganda SPR—6, SZ—3,6, SZP—3,6 yoki seyalka cultivator SZS—2,1, SZS—2,1 seyalkalaridan foydalaniladi. Izlar 1800 yoki 1400 mm qilib qoldiriladi. Bunda 6—7 va 18—19 ekadigan apparatlar berkitiladi. RUM -5 va 1 -RMG-4, NRU-0,5, OPSH-15 mashinalari bemalol yuradigan bo‘ladi. Shuning uchun ekish albatta markerlar bilan o‘tkaziladi.
O‘g‘itlash. Sug'oriladigan sharoitda qo‘llanilgan ma’danli o‘g‘itlarning samaradorligi yuqori bo‘ladi. Sug‘oriladigan yerlarda azotli, fosforli, kaliyli o‘g‘itlami to‘la me’yorda berish hosildorlikni va hosil sifatini keskin oshiradi.
Ekish bilan ta’sir qiluvchi modda hisobida gektariga 15—20 kg granulalangan
superfosfat yoki nitrofoska solinadi. Sug'oriladigan yerlarda bahori arpa uchun ma’danli o‘g‘itlaming yillik me’yori azot 120—150, fosfor 80—100, kaliy 40—60 kg/ga ni tashkil qiladi. Gektariga 15—20 t go‘ng solish hosildorlikni 8—10 s/ga oshiradi. Mikroelementlardan bor, molibden, mis, ruxni qo'llash hosildorlikka
ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Urug'lami ekishdan oldin 1 s uruqqa 10 g bor, 30 g mis, 18 g marganes, 12 g rux qo'shiladi. Lalmikorlikda gektariga R40_60K30_40kg solinadi. Pivobop arpa uchun azotli o'g'itlar me’yori 30—40% kamaytiriladi. Sug'orish, ekin parvarishi, hosilni yig'ishtirish bahori bug'doyniki singari.
6-Mavzu: Lalmi yerlarda javdar yetishtirish texnologiyasi
Reja:
1. Javdarning ahamiyati, tarixi, ekilish mintaqalari. Javdar sistematikasi.
2. Javdar biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi.
.3. O‘zbekistonda ekiladigan javdar navlari
Kuzgi javdar O'zbekistonda oraliq ekin sifatida va doni uchun ekiladi. U juda ko'p mamlakatlarda bug'doydan keyin, ikkinchi non ekini. Javdar noni yuqori kaloriyaga ega, to'yimli, mazalik. Donida to'la qimmatli, almashtirilmaydigan aminokislotalar, ayniqsa, lizinga boy oqsil namda А, С, E va В guruhidagi vitaminlar mavjud. Shuning uchun qoramollarga omixta yem tayyorlashda javdar donidan lizinga boy qo'shimcha sifatida foydalaniladi. Kuzgi javdar Rossiyada, Markaziy Osiyo va Kavkazortida doni uchun hamda dukkakli ekinlar, bahori arpa, bug'doy va boshqa ekinlar bilan qo'shib oziqa uchun ekiladi. Javdar donida o'rtacha 8,0—18,7 % oqsil, 51,8—69 % kraxmal, 1,6—2,6 % yog' mavjud. Oqsil tarkibida lizin ko'pligi tufayli kuzgi javdar donining biologik qimmati yuqori. O'zbekistonda kuzgi javdar oziqa ekini sifatida yashil massasi, pichan uni va ertagi silos tayyorlash uchun ko'p ekiladi. Somoni dag'al oziqa sifatida ishlatiladi hamda undan qog'oz, furfurol, uksus kislotasi, lignin tayyorlashda foydalaniladi. N.I. Vavilov tadqiqotlarida madaniy javdar yovvoyi turlardan kelib chiqqan va baland tog'li hamda shimoliy mintaqalarda tarqala boshlaganligi aniqlangan. Bug'doy va arpaga nisbatan yosh ekin. Markaziy Osiyoda, shu jumladan, O'zbekistonda javdar qadimdan ≪qora bug'doy≫ nomi bilan tanilgan va keng ekilgan (Kobilyanskiy,1982). V.N.Xvoyka (1907) ma’lumotlariga ko'ra javdar eramizdan oldingi III—II ming yilliklarda Kiyev guberniyasi hududida ekilgan, Markaziy Osiyo, Kichik Osiyo, Kavkazorti javdar kelib chiqqan gen markazlar hisoblanadi. Jahon dehqonchiligida kuzgi javdar 7,4 mln gektar maydonga ekiladi va yalpi hosili 10,5 mln t, hosildorlik 14,6 s/ga ni tashkil qiladi. Sug'oriladigan yerlarda ilg'or xo'jaliklar javdarning gektaridan 60—70 s don hosili olishmoqda. Yangi yaratilgan kalta poyali, intensiv tipdagi javdar serhosil, sug'orishga, azotli o'g'itlarga ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Yashil massa hosili erta bahorda (aprel) 250—300 s/ga yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |