Iii. Fanning asosiy o‘quv materiallari


Bolg‘ali duvarak, tur xili nutans. Ikki qatorli. Sug'oriladigan yerlarda bahorda ekilganda 30—40 s/ga don hosili beradi. Nutans—799



Download 1,17 Mb.
bet25/35
Sana25.10.2022
Hajmi1,17 Mb.
#856081
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
1-7 маърузалар матни

Bolg‘ali duvarak, tur xili nutans. Ikki qatorli. Sug'oriladigan yerlarda bahorda ekilganda 30—40 s/ga don hosili beradi.
Nutans—799 — duvarak, ikki qatorli. Lalmikorlikda ekish uchun tavsiya etilgan. Hosildorligi, 27,2—32,7 s/ga.
Lalmikor — duvarak, ikki qatorli. Lalmikorlikda 35—37 s/ga kuzda, bahorda 20—25 s/ga hosil beradi.
Gulnoz — ikki qatorli pivabop arpa, duvarak. Tur xili nutans. Bahorda ekilganda sug'oriladigan yerlarda 30—35 s/ga hosil beradi.
Unumli arpa pivabop, ikki qatorli, duvarak. Lalmikorlikda 20—25 s/ga don hosili beradi.
Bahori arpani Vodka navi ham Davlat reyestriga kiritilgan.
Bahori arpa yetishtirish. O'zbekistonda bahori arpa sug'oriladigan va lalmikor maydonlarda yetishtiriladi. Sug'oriladigan yerlarda toza va qoplama ekin sifatida o'stiriladi. Bahori arpa uchun sug'oriladigan yerlarda eng yaxshi o'tmishdoshlarga g'o'za, qator oralari ishlanadigan ekinlar, dukkakli don, sabzavot ekinlari, kartoshka, qand lavlagi kiradi. Lalmikorlikda bahori arpa uchun toza, band shudgor, no'xat, maxsar yaxshi о ‘ tmishdoshlard ir. Bahori arpa tuproq muhiti pH —5,5 kam bo‘lmagan, unumdor, mexanik tarkibi qumoq tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
0 ‘zbekistonda bahori arpaning Unumli arpa, duvarak arpani Temur navlari keng tarqalgan. Temur navi sug‘oriladigan yerlarda ekiladi.
Tuproqni ishlash. Sug‘oriladigan yerlarda bahori arpa ekiladigan dalalar 25—27 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi. Lalmikorlikda kuzgi shudgor 20—22 sm chuqurlikda o‘tkaziladi. Shamol eroziyasiga uchragan maydonlarda tuproq ploskorezlar bilan ishlansa yaxshi natija beradi. Ekishdan oldin otvalli pluglar bilan haydalgan dalalar yer yetilishi bilan BZTS-1,0, BZS-1,0 tishli boronalarida bir yoki ikki izli qilib ko‘ndalangiga yoki diagonaliga borona qilinadi. Sizot suvlar yaqin dalalarda 10—12 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinadi. Kultivatorlardan KPZ—9,7, KPSH-8, KSHU-12 va KPS-4 qo'llaniladi. Tuproqda nam ko‘p bo‘lsa, og‘ir g‘ildirakli traktorlardan foydalanishdan voz kechish kerak. Tuproq zichlamshining oldini olish uchun bir necha ish jarayonlarini bir yo‘la o'tkazish kerak. Ishlovlar tuproq asosiy ishlanishiga ko‘ndalang yoki unga burchak asosida o‘tkaziladi.
Ekish. Ekish uchun 1-sinf talablariga javob beruvchi, 1000 umg‘ massasi 40 g, o‘sish kuchi 80 % kam bo'lmagan urug'lardan foydalaniladi. Ufug‘lar albatta ekishdan kamida bir oy oldin fiingitsidlar bilan ishlanadi. 0 ‘zbekistonda bahori arpa juda erta fevral oyida, mart oyining boshlanishida, yer yetilishi bilan ekiladi. Ekish muddatini kechiktirish hosildorlikning keskin pasayishiga olib keladi. Sug'oriladigan yerlarda ekish me’yori 4—4,5 mln unuvchan urug‘/ga. Lalmikorlikda nam bilan ta’minlanganlik bo‘yicha mintaqalarda 80—110 kg/ga ekiladi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish