O‘rmon, sement-shifer, kimyo kombinatlarining tuzilishi ham huddi
shunday. Qolaversa, markazlashgan issiqlik elektr
stansiyalari ham kombinat
xususiyatiga ega. Chunki, ular ayni paytda elektr energiyasi va par (bug‘) beradi.
Shunday qilib kombinatlashuv sanoat tarmoqlarining ko‘pchiligiga xosdir.
Faqat mashinasozlikda “kombinat” so‘zini uchratmaymiz, ammo mohiyatan bu
yerda ham u mavjud, zotan metaldan asosiy mahsulot bilan bir qatorda keng
iste’mol mollari ham ishlab chiqariladi. Masalan, Toshkentdagi Chkalov nomli
aviatsiya birlashmasi samalyotdan tashqari avtomobil uchun ba’zi
bir ehtiyot
qismlar, bolalar aravachasi va shunga o‘xshash turli hil xalq iste’mol mollarini
ham ishlab chiqaradi.
Yuqorida keltirilgan misolarda ma’lum bir nuqtada yoki yirik korxonalar
doirasidagi kombinatsiyani ko‘rish mumkin. Uning hududiy ko‘rinishi esa hududiy
ishlab chiqarish kompleksini o‘zginasidir.
Umuman olganda ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari o‘zaro bog‘liq.
Chunonchi, ixtisoslashgan korxonalar yoki kooperatsiya va kombinatsiya doirasida
ishlab chiqarish bo‘g‘inlari ham u yoki bu ko‘rinishda mujassamlashuvni
anglatadi. Biroq bu yerda ularning bir joyda to‘planganligi, yig‘ilganlik darajasi
boshqa joylarga nisbatan yuqori bo‘lishi lozim, aks holda tom ma’nodagi
mujassamlashuv bo‘lmaydi.
Mujassamlashuv
va
ixtisoslashuv
ayni
paytda
shu
sohaning
rivojlanganligidan dalolat beradi. Ammo bu rivojlanganlik mujassamlashuvda
korxona
yoki tashkilotda kattaligi, ko‘lami bilan o‘lchansa, ixtisoslashuvda esa u
o‘z ifodasini yagonaligi, noyobligi va betakrorligida topadi.
Mustaqillikni mustahkamlash va bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish
sharoitida ishlab chiqarishni tashkil etishni barcha shakllaridan to‘g‘ri va oqilona
foydalanish zarur. Masalan, har qanday mustaqil davlatning iqtisodiy qudratini
faqat kichik yoki tor darajada ixtisoslashgan korxonalar bo‘yicha parchalab
yuborish maqsadga muvofiq emas.
Shu bois mamlakat uchun katta, o‘rta va kichik, turli darajada ixtisoslashgan
korxonalarning turg‘un uyushmasi, majmuasi kerak.
Hozirgi sharoitda mamlakat iqtisodiyotini ham “pastdan”, ham “yuqoridan”
qurish lozim. Binobarin, xorijiy davlatlar sarmoyalari
orqali yoki ular bilan
xamkorlikda barpo etilayotgan sanoat korxonalari uchun ularga zarur bo‘lgan
texnologik qismlar, detal va dastgohlarni o‘zimizda tayorlash imkoniyatlarini
vujudga keltirish zamon talabidir. Shu bilan birga mavjud imkoniyat va
resurslardan to‘la foydalangan holda mamlakatimiz hududida ko‘proq tayyor
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirishga ahamiyat berish
lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: