Gaz omilining barqaror bo‘lishi – neftni suv bilan siqib chiqarish rejimining
xususiyatli tomonidir.
Gazli neftni suv bilan siqib chiqarish neftni suv bilan siqib chiqarish rejimiga juda
yaqin va
faqat shu bilan farqlanadi-ki, maydonning ishlatilayotgan qismida P
q
< P
to’y
, bu
esa gazning bir qismini erigan holatdan erkin holatga o‘tishiga olib keladi. Maydonning
qolgan qismida P
s
>P
to’y
bo‘ladi.
P
q
< P
to’y
bo‘lgan maydonning o‘lchamlariga, bosimni pasayish sur’atiga va P
k
ni
tushish davrining davomiyligiga bog`lik holda G ning joriy ko`rsatgichi G
bosh
dan bir
muncha katta bo‘lishi mumkin. Keyinchalik, erkin gazni qatlamdan siqib chiqaril-gandan
keyin G kattaligi keskin neftda erigan gaz miqdorigacha tushadi.
Neftni (gazli neftni) gaz bilan siqib chiqarish rejimi. Rejimning namoyon bo‘lish
xususiyati,
uning samaradorligi, qatlam bosimini to‘yinish bosimidan qanchalik pastligi
bilan yaqin bog’liqligidadir.
Biror hajmdagi
neftni siqib chiqarish uchun, dastlab tabiiy rejimda qatlam
ishlatilganda bosim qanchalik ko‘p tushirilgan bo‘lsa, shunchalik ko‘p gaz sarflanadi.
Qatlamga gaz haydashning birinchi davrida neftni siqib chiqarish jarayoni G ning
o‘zgarmas ko‘rsatgichida davom etadi. Dastlab bosim qanchalik tushirilgan bo‘lsa, neftni
qatlamga haydalayotgan gaz bilan siqib chiqarishda gaz omili shunchalik yuqori bo’ladi.
0,1 – 0,2 hajmdagi neftni siqib chiqarilgandan keyin G ko‘paya boshlaydi.
Agarda gaz
haydashni uyumning yuqori qismida amalga oshirilsa, rejimning samaradorligi bir muncha
oshadi. Bunda neftni gravitatsion ajralishi sodir bo‘ladi va u qatlamning qiya qismlariga
oqib tushadi, gaz esa qatlam ko‘tarilishi bo‘yicha yuqoriga, GD ga harakat qiladi.
Mexanizmga ko‘ra rejim gaz tazyiqi rejimiga (GD rejimi) yaqinlashadi.
Neftni erituvchilar bilan aralash siqib chiqarish rejimi. Neftni erituvchilar bilan
aralash siqib chiqarish jarayonini har xil sharoitlarda amalga oshirsa bo‘ladi –
qatlamni
ishlashning boshlang’ich davrida ham, oxirgi davrida ham.
Rejimning asosiy sharti aralash siqib chiqarishni yuzaga keltirish, unda o‘zaro
eriydigan suyuqliklarni aralashtirilganda, bu suyuqliklar chegarasida tutashish yo’qoladi,
shuning bilan birga – sirt taranglik kuchi ham.
Erituvchi sifatida suyultirilgan gaz qo’llanilganda,
qatlamda shunday P
q
ga ega
bo‘lish kerak-ki, unda gazlar suyuq holatda saqlanishi lozim. Misol sifatida propan-butan
fraksiyasi uchun – 16 kg/sm
2
ga yaqin bosim talab qilinadi.
Neftni yuqori bosimli gaz bilan aralash siqib chiqarish rejimi. Yuqori bosimli gaz
bilan aralash siqib chiqarishning asosiy sharti, shunday bosimni hosil qilish hisoblanadiki,
unda neft siqilgan gazda cheklanmagan miqdorlarda eriy boshlaydi. Agarda bu shart
bajarilmasa, unda siqilgan gazning yuqori bosimiga qaramasdan, jarayon neftni gaz bilan
siqib chiqarish rejimini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: