§2. Qatlamlarni ishlash rejimlarini paydo bo‘lishining geologik sharoitlari.
Rejimlar samarodorligini taqqoslash
Geologik sharoitlar u yoki bu qatlam rejimini hosil qilishda katta ta’sir ko‘rsatadi,
shuningdek qatlam rejimini namoyon bo‘lish xususiyatini belgilab beradi.
Qatlam ishlash rejimini xususiyatiga va uni samaradorligiga quyidagilar katta ta’sir
ko‘rsatadi:
-
kollektorlarning o‘tkazuvchanligi;
-
qatlamni egilish burchaklari;
-
uyumdan qatlamning yer yuzasiga chiqishigacha bo‘lgan masofa;
-
qatlamni boshlang’ich neft, gaz va suvga to‘yinganligi;
-
qatlamni g’ovak muhitini tuzilishi;
-
neft va qatlam suvining qovushqoqligi;
-
uyumning chegara tashqarisi hududi bilan gidrodinamik aloqasi.
Kollektorlarning yaxshi o‘tkazuvchanligi va neftning
qovushqoqligining pastligi
tazyiqli rejimlarni: suv tazyiqi, tarang-suv tazyiqi va gaz tazyiqi rejimlarini rivojlanishiga
imkon beruvchi asosiy omil (yaxshi gidrodinamik aloqa mavjud bo‘lganda) hisoblanadi.
Qachon-ki neft uyumi qatlamni atmosfera va tashqi suvlar bilan to’laqonli
to‘yinishi sodir bo‘ladigan, qatlamni yer yuzasiga chiqish joyiga yaqin bo‘lsa, suv tazyiqi
rejimi uchun yaxshi sharoit yaratiladi.
Qachon-ki neft uyumi qatlamni yer yuzasiga chiqish joyidan yuzlab kilometr
uzoqlikda joylashgan bo‘lsa, tarang-suv tazyiqi rejimi uchun
qulay sharoitlar yuzaga
keladi.
P
q
< P
to‘y
pasayishiga olib keluvchi neft olish sur’atining T
s
ning yuqori
ko‘rsatgichlarida, qatlamning o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘lganda gaz tazyiqi rejimiga yoki
erigan gaz rejimiga o‘tish mumkin.
Gaz tazyiqi rejimi shunday holatda rivojlanadi-ki, unda ajralgan gaz pufakchalari
asosan qatlamning yuqori qismiga ko‘chadi va u yerda gaz do‘ppisi hosil qiladi. Gaz
pufakchalarining bunday ko‘chishiga egilish burchagining yetarli darajada tikligi va neft
qovushqoqligining kichikligi yordam beradi.
Qatlamning egilish burchagi past bo‘lganda gaz pufakchalari
yaqindagi quduqlar
tubiga harakat qiladi, bu esa qatlamda erigan gaz rejimi ishlayotgandan dalolat beradi.
Gaz energiyasi sarflanib bo‘lgandan keyin rejim gravitatsionga o‘tadi. Agarda
qatlamni egilish burchagi tik bo‘lsa,
tazyiqli gravitatsion rejim, agarda burchaklar juda
qiya bo‘lsa – erkin yuzali neftli gravitatsion rejim rivojlanadi.
Qatlam o‘tkazuvchanligini pastligi va neft qovushqoqligining kattaligi
harakatga
qarshilikni ko‘paytiradi, bu esa qandaydir tazyiqli rejimni rivojlanishiga yo‘l qo’ymaydi.
Shuning uchun bunday qatlamlarda ishlatishni boshidan erigan gaz rejimi rivojlanadi, gaz
energiyasi sarflanib bo‘lgandan keyin rejim gravitatsionga o‘tadi.
Nazariy tadqiqotlar, ko‘plab eksperimentlar va neft
konlarini ishlash malakasi
shuni ko‘rsatadiki, qatlamni ishlash rejimining samaradorligi turlicha. Odatda qatlamlarni
ishlash rejimlarining samaradorligi neft beraolishlik koeffitsienti kattaligi bilan
belgilanadi. Uning qiymatlari quyidagi oraliqlarda o‘zgaradi:
-
Suv tazyiqi rejimi – 0,6-0,8;
-
Gaz do’ppisi rejimi – 0,4-0,6;
-
Erigan gaz rejimi – 0,2-0,4;
-
Tarang-suv tazyiqi rejimi – 0,5-0,7;
-
Gravitatsion rejim – 0,1-0,2.
Neft beraolishlik koeffitsientini hisoblash quyidagi
formula orqali amalga
oshiriladi:
η = BОZ/BBZ = K
kam
• K
siq.ch
,
bu yerda BOZ, BBZ – mos ravishda neftning boshlang’ich
olinadigan va
boshlang’ich balans zaxiralari; K
kam
, K
sik.ch
– qamrab
olish va siqib chiqarish
koeffitsientlari.