Ii-bob. Neft va qatlamlarni ishlash rejimlari § Neft qatlamlarini ishlash rejimlari



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana04.11.2022
Hajmi0,63 Mb.
#860087
  1   2   3   4
Bog'liq
2 maruza (1)



II-bob

Neft va qatlamlarni ishlash rejimlari 
§ 1. Neft qatlamlarini ishlash rejimlari 
Gazneft qatlami rejimi deb, tabiiy fizik-geologik sharoitlarga va uni ishlash va 
ishlatish davomida o‘tkaziladigan tadbirlarga bog’liq bo‘lgan, uni harakatlantiruvchi 
kuchlarni namoyon bo‘lish xususiyatiga aytiladi. 
Qatlam rejimiga vaqt davomida uni mahsuldorligi va qatlam bosimini, gaz omili 
va suyuqlik olishga bog’liq holda bosimni o‘zgarish xususiyatlariga qarab baho beradilar. 
Qatlam rejimi – uni harakatlantiruvchi kuchlarini murakkab jamlangan holda 
namoyon bo‘lishi, uyumni ishlash va ishlatish jarayonida yanada murakkablashadi. Qatlam 
rejimini har tomonlama bilish uchun nafaqat litologo-fizik xususiyatlarni, balki neft, gaz, 
suv mahsuldorligi, qatlam bosimi dinamikasi, suv-neft tutashmasi (SNT) va gaz-neft 
tutashmasi (GNT) siljishi bilan tavsiflovchi kon ma’lumotlarni ham o‘rganish zarurdir. 
Neft qatlamidagi energiya faqatgina neft qatlamini ishlatish boshlangandan 
keyingina uyumni o‘zida ham, uni o‘rab turuvchi suvli qismda ham harakatlana boshlaydi. 
Qatlamdan suyuqlik olinayotganda ishlatuvchi quduqlar hududida qatlam bosimini 
tushishi sodir bo’ladi. Paydo bo‘lgan bosimlar farqi ta’sirida quduqlar tubiga qatlamdan 
neft o‘zida erigan gaz bilan birgalikda harakat qila boshlaydi. Jarayon rivojlanaversa 
chekka suvlar va gaz do‘ppisi harakatga keladi, agar u bo‘lsa. 
Harakat kuchlaridan birining ta’siri ko’proq bo‘lganda qatlam rejimi sirtdan paydo 
bo‘ladi. 
Suyuqlik olish sur’ati qatlam rejimiga muhim ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Qatlamga suyuqlik olish yo‘li orqali ta’sir ko‘rsatish bilan bir qatorda, unga suv 
yoki gaz (havo) haydash yo‘li orqali qo‘shimcha energiya kirgiziladi. Kirgizilgan 
qo‘shimcha energiya neftni qatlamdan siqib chiqarish mexanizmini bir muncha 
yaxshilashi, qatlam rejimini xususiyatlovchi asosiy omillarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Qatlam rejimini tavsiflovchi asosiy omillarni ko‘rib chiqish bilan birga, qatlamga 
qo‘shimcha energiya kirgiziladigan holatni qatlamga ta’sir ko‘rsatish faqat suyuqlik olish 
yo‘li orqali amalga oshiriladigan holatdan farqlay olish lozim. 
Zamonaviy tasnif qatlamga suyuqlik olish orqali ta’sir ko‘rsatish holati uchun 
quyidagi rejimlarga ajratiladi: a) suv tazyiqi rejimi (II.1 va II.2-rasmlar); b) taranglik yoki 


tarang-suv tazyiqi rejimi; v) gaz tazyiqi yoki gaz do`ppisi rejimi va neftda erigan gaz rejimi 
(II.3, II.4 va II.5-rasmlar); d) gravitatsion rejim (II.6-rasm). 
Neftsohasiamaliyotidaqatlamgaqo‘shimchaenergiyakirgizishniqatlambosiminisaql
ashusulideyiladi. 
Qatlamga qo‘shimcha energiya kirgizishda quyidagilarga ajratiladi:
a) neftni suv bilan siqib chiqarish rejimi;
b) gazli neftni suv bilan siqib chiqarish rejimi;
v) neftni (gazli neftni) gaz bilan siqib chiqarish rejimi;
g) neftni erituvchilar bilan siqib chiqarish rejimi. 
Qatlam rejimini to‘gri va o‘z vaqtida aniqlash neft konini oqilona ishlash uchun 
katta ahamiyatga ega, shuning bilan birga: 
-
maqsadga muvofiq ishlash tizimini tanlash; 
-
oluvchi va haydovchi quduqlarni joylashtirish; 
-
suyuqlik olish sur’ati; 
-
quduqlarni ishlatish tartibi (rejimi). 
Qatlamning yakuniy neft beraolishligi qatlam tartibi bilan yaqin aloqada bo‘ladi. 
Rejimlarning har biri ma’lum shartlar bajarilganda namoyon bo‘ladi. 
Suv tazyiqi rejimi: 
-
olingan suyuqlik chegara yoki ostki suvlar bilan to‘la qoplanadi; 
-
qatlamga depressiya 

P va suyuqlik olish sur’ati T
s
bilan yaqin aloqada; 
-
joriy qatlam bosimi P
j.q.
to‘yinish bosimidan P
to’y
katta (P
j.q.
>P
to’y.
), shuning 
uchun gaz omili G erigan gaz miqdoriga mos keladi.



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish