Mitsilyar eritmalar bilan neftni siqib chiqarish
Reja.
1.
Sirt faol maoddalar.
2.
Mitsilyar eritmalar
Sirt-molekulyar kuchlarni neft beraolishlikka salbiy ta'sirini qisman yoki to'la
yo’qotishga qatlamda siqiluvchi faza (neft) siquvchi faza (gaz, erituvchi) bilan bir-
birini ajratuvchi chegara hosil qilmasdan aralashib (qo’shilib) ketadigan sharoit hosil
qilish yo'li bilan erishsa bo'ladi. Ikki suyuqlik orasida ajratuvchi chegaraning
bo'lmasligi faqatgina, qachonki ular o'zaro eruvchan va bir fazali tizimni tashkil
qiladigan sharoitda mumkin. Neft qatlamida siqiluvchi va siquvchi fazalarning
aralashishi deganda ma'lum harorat va bosimda har qanday miqdoriy nisbatda o'zaro
bir-birida to'la erishi tushuniladi. Bu sharoitga asoslanib so'nggi vaqtlarda g’ovak
muhitdan neftni siqib chiqarishning quyidagi yangi usullari ishlab chiqilgan.
1. Neftni sugoltirilgan gaz bilan 8 MPa (80 Kgs/sm2)dan Yuqori bosim ostida sikish.
Bu usulning mohiyati shundan iborat-ki, unda neft hududi ortidan hoshiya hosil
qilguvchi, qandaydir miqdordagi suyuq propan (yoki boshqa suyultirilgan gaz)ni
neft qatlamiga haydaladi undan keyin esa propanni harakatga keltiruvchi quruq gaz
(asosan metan) haydaladi, propan esa neftni ishlatuvchi quduqlar tomonga suradi.
Propan-metan va gaz-propan hududlarida fazalarning aralashishi oqibatida bu
fazalarning tutashish chegaralari bo'lmaydi. Natijada, oddiy birlamchi va ikkilamchi
usullarda neftni to'laroq qazib chiqarishga harshilik qilayotgan kapilyar kuchlar ham
bo'lmaydi; neftni siqish darajasi ancha ortadi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun
Yuqori bosim talab qilinmaydi. Faqat bosim darajasi shuni ta'minlashi kerak-ki
suyuq propan qatlam nefti bilan va propan hoshiyasini siljituvchi gaz bilan to'la
aralashsin. Propan sugoq rol’atda bo'lishi uchun neftni hoshiya bilan siqish
hududida bosim erituvchini qatlam haroratida bug’lanish (gazga aylanish)
bosimidan Yuqori bo'lishi lozim.
2. Neftni 14 MPa (140 kgs/sm2)dan Yuqori bo'lgan bosimda yoqli (moyli) yuldosh
yoki tuyintirilgan gaz bilan siqish. Usulning mohiyati shundan iborat-ki, unda neft
qatlamiga bir qancha darajada oraliq uglevodorodlari (C2- C6) bilan to'yintirilgan -
ko'pincha propan haydaladi. Bu uglevodorodlarning neftdagi konsentratsiyasi
gazdagiga nisbatan past bo'lgani uchun ularni neftda erishi sodir bo'ladi. Natijada
neft «bo'kadi» va hajmi oshadi, bundan kelib chiqib esa qatlamning neftga
to'yinganligi ortadi. Shu davrda neftni ishlatuvchi quduqlar tomonga oqimini
yengillatuvchi, g’ovak muhitni neft uchun nisbiy o'tkazuvchanligi ko'payadi.
Bundan tashkari, qoldiq neftninng qovushqoqligi unda oraliq uglevodorodlari (C2-
C6) erishi natijasida kamayadi, bu ham o'z navbatida neftni samarali qazib
chiqarishga olib keladi.
3- Neftni Yuqori bosimli quruq gaz bilan siqish (21 MPa dan Yuqori bo'lgan
bosimda). Bu jarayonda siquvchi agent asosan metandan iborat bo'lgan gaz bo'ladi.
Bu uglevodorodlar neftdan ularni hayta bug’lanishi natijasida ajralishi mumkin;
ma'lum harorat va bosimda neft-gaz tizimi bir fazali rol’atga o'tadi. Bunday o'tish
uchun quyidagilar zarur: birinchidan, neft tarkibida ko'p miqdorda oraliq
komponentlar (C2- C6) bo'lishi, shuningdek neft engil bo'lishi kerak; ikkinchidan,
siqish hududida Yuqori bosim zarur. Neftni unda aralashuvchi eritmalar bilan
siqishda siqiluvchi va siquvchi fazalar orasidagi tutashish chegarasini yo'qotish,
g’ovaklar devoriga yopishgan neftni kuchsizlantirish, plyonka va kapilyar -
ushlangan neftni olishda erish va hayta bug’lanish jarayoni katta ahamiyatga ega.
Birinchi holatda bir suyuqlik ikkinchisida erishi natijasida tutash chegaralar hosil
bo'lishi yo’qotiladi. Shuning bilan birga erituvchi plyonkasimon neftni
qovushqoqligini pasaytiradi bu bilan esa neftni jinsga yopishqoqligi kamaytiriladi;
agarda neft plyonkasi butunlay yuvilmasa ham bir qancha yupqalashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |