4.4 Mavzu: Kimyoviy muvozanat va unda ta’sir etuvchi omillar mavzusiga doir masalalar yechish.
Reja:
-
Kimyoviy muvozanat haqida ma’lumot
-
Kimyoviy muvozanatga ta’sir etuvchi omillar.
-
Mustahkamlash uchun savollar va testlar
Umuman barcha kimyoviy reaktsiyalarni 2 turga: qaytar va qaytmas reaktsiyalarga bo’lish mumkin. Reaktsiyaga kirishuvchi moddalar to’liq reaktsiya mahsulotlariga aylanadigan jarayonlar qaytmas reaktsiyalardeyiladi.
M: C + O2 CO2 Zn + 2HCl ZnCl2 + H2 2KclO3 2 KCl + 3O2
Qaytmas reaktsiyalar faqat bir yo’nlishda boradi va bular boradigan reaktsoyalardir.
Agar dastlabki moddalar stexiometrik nisbatda olingan bo’lsa, reaktsiya mahsulotlari dastlabki moddalar bilan ifloslanmagan, ya’ni deyarli toza moddalar hosil bo’ladi. Aksariyat kimyoviy reaksiyalar qaytardir.
Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning bir qismi reaksiya mahsulotlariga ayni vaqtda reaksiya mahsulotlari qaytadan dastlabki moddalarga aylanib, turadigan kimyoviy jarayonlar qautar reaktsiyalar deyiladi.
M: 2SO2 + O2 2 SO3 H2 + J2 2HJ 3H2 3H2 + N2 2NH3
NH3 + H2O NH4 OH NH4 OH NH4 + OH
H4 Cl + H2O NH4OH + HCl
Bu misollardan ko’rinib turibdiki, qaytar reaktsiyalar ikki qarama-qarshi. Yo’nalishga boruvchi reaktsiyalardan iborat.
Qaytar reaktsiyalarning o’ziga xos xususiyati, ularda kimyoviy muvozanat holatining yuzaga kelishidir.
1 mol N2 gazi bilan 3 mol H2 gazi aralashtirib tegishli sharoit yaratilsa, bu moddalar o’zaro ta’sirlashadi.
N2 + 3H2 2NH3
Ma’lum vaqt davomida reaktsiya boradi, bir ozdan so’ng reaktsiya to’xtab qolgndek tuyuladi. Shu paytda reaktsion aralashmani analiz qilib ko’rilsa, unda dastlabki moddalar N2, H2, va mahsulot NH3 – ammiak moddasi borligini ko’rish mumkin.
Buning sababi quyidagicha:
Moddalar aralashtirilganda reaktsiya boshlanib, ammiak hosil bo’la boshlaydi.
N2 + 3H2 2NH3 ∙ (I) reaktsiya tezligi: V1 = K1 [N2] [H2]3
Vaqt o’tishi bilan hosil bo’lgan mahsulot – NH3 ning bir qismi parchalanib, qaytadan dastlabki moddani hosil qiladi.
2NH3 N2 + 3H2 (II) teskari reaktsiya tezligi:
V2 = K2 [NH3]2 bo’ladi.
Vaqt o’tishi bilan reaktsiya tezligi kamayib boradi. Chunki massalar ta’siri qonuniga asosan, N2 va H2 kontsentatsiyalari. Kamayib borishi bilan V1 ning qiymati kamaya boshlaydi. II reaktsiya tezligi orta boshlaydi. Chunki vaqt o’tishi bilan NH3 ning kontsentatsiyasi ortib boradi va V2 qiymati ortishiga olib keladi. Sistemada shunday holat yuzaga keladiki, bu paytda I va II reaktsiyalarning tezliklari o’zaro teng bo’lib qoladi. Bunda vaqt birligi ichida N2 va H2 dan qancha NH3 hosil bo’lsa, shu vaqt ichida ana shuncha miqdordagi ammiak qayta parchalanib N2 va H2 hosil qiladi, ya’ni to’g’ri va teskari reaktsiyalarning tezliklari teng bo’lib qoladi. Bunda sistemaning kimyoviy muvozanat holati deyiladi. Kimyoviy muvozanat vaqti va reaktsiya to’xtab qolmaydi. Shu sababli buni dinamik muvozanat deyiladi.
Muvozanat doimiysi:
Yuqorida ko’rib chiqilgan reaktsiyalar uchun to’g’ri reaktsiya tezligi
V1 = K1 [N2] [H2]B
Teskari reaktsiya tezligi:
V2 = K2 [NH3]2
Kimyoviy muvozanat sharti:
V1 = V2 ga ko’ra:
K1 [N2] [H2]3 = K2 [NH3]2 bo’ladi.
Bu tengliklardagi doimiylarni bir tomonga, moddalar kontsentratsiyasini ikkinchi tomonga yozsak:
K muv = K1/ K2 = [NH3]2 / [N2] [H2]3 tenglamaga kelamiz.
K1/ K2 = Kmuv. Buning ma’nosi shuki, - kimyoviy muvozanatda tuzgan sistemada muvozanatda reaktsiyada hosil bo’lgan moddalar kontsentratsiyalari ko’paytmasining muvozanatda turgan dastlabki moddalar ko’paytmasiga nisbati ayni tenperaturada doimiy sondir.
Gazsimon moddalar ishtirok etadigan sistemalar uchun Kmuv – ifodasida kontsentratsiya o’ziga gazsimon moddaning parsial bo’limi yoziladi.
M: aA + bB → cC + dD uchun
Kmuv = Pcc ∙ Pdd
PAa ∙ PBb
Har qanday reaktsiya muvozanat doimiysining qiymati reaktsiyada ishtirok etuvchi moddalar tarkibiga va temperaturaga bog’liq bo’lib, moddalar kontsentratsiyasiga bog’liq emas.
Le- Shatelye printsipi: Agar muvozanatda tuzgan sistemaga tashqi ta’sir ko’rsatilsa, sistema o’z muvozanatini shu ta’sir kamayadigan tarafga shu ta’sir kamayadigan tarafga siljiydi.
Kimyoviy muvozanatning siljishiga uch omil ta’sir ko’rsatadi. Kontsentratsiya bo’lim, temperatura.
Agar muvozanatda turgan sistenada reaktsiyaga kirishuvchi dastlabki moddalar kontsentratsiyasini oshirsak, muvozanat mahsulot hosil bo’lish tomonga, agar mahsulotning kontsentratsiyasini oshirsak, dastlabki moddalar tarafga siljiydi.
Agar muvozanatda turgan sistemada bosimni oshirsak, muvozanat gaz molekulalari ko’p tarafdan kam tarafga. Kamaytirsak, aksincha, siljiydi.
Har qanday muvozanatda turgan sistemada temperaturaning ortishi endotermik reaktsiya tezligining ortishiga, temperaturaning pasayishi – ekzotermik reaktsiya tezligining ortishiga olib keladi.
Masalalar:
1. 850◦ C da CO + H2O CO2 + H2 reaktsiyaning muvozanat konstantasi 1 ga teng. CO va H2O larning dastlabki kontsentratsiyasi 3 va 4 moll bo’lganda, muvozanat holatidagi har bir moddaning kontsentratsiyalarini aniqlang.
Yechish:
Bir muvozanat vaqtigacha sarflangan CO va H2O larning kontsentratsiyalarini X mol/l deb belgilaymiz. U holda hosil bo’ladigan CO2 va H2 larning muvozanat vaqtidagi kontsentratsiyasi: [CO]H = 31 – X [H2O]H = 4 – X bo’ladi:
Muvozanat doimiysi tenglamasidan foydalanamiz.
x 2 = 12 – 4x + x2 –3 x;
-7x +12 = 0; -7x = - 12; x = 1,7
Demak, muvozanat vaqtidagi CO2 va H2 larning kontsentraysiyalari 1,7 mol/l dan ekan.
Cm [CO] = 3 – 1,7 = 1,3 mol/l
Cm [H2O] = 4 –1,7 = 2,3 mol/l
2- masala 3H2 + N2 → 2NH3 reaktsiyasida vodorod va azotning dastlabki kontsientratsiyalari 0,3 va 0,2 mol/l ga teng 0,24 mol/l H2 sarf bo’lgandan so’ng qaror topgan holatning muvozanat konstantasi hisoblangan.
Yechish:
3H2 + N2 → 2NH3
Cg [H2] = 0,3 Cg [N2] = 0,2 mol/l
Reaktsiyada muvozanat vaqtincha 0,24 mol/l H2 sarflangan bo’lsa, sarflangan azotning miqdori quyidagicha topiladi.
3 mol H2 ― 1 N2 bilan reaktisyaga kirishadi.
0,24 mol H2 ― x N2 sarflanadi.
x = 0,08 mol N2
Endi muvozanat vaqtiga hosil bo’ladigan ammikning kontsentratsiyasini hisobga olmaymiz.
3 mol H2 ― 2 mol NH3
0,24 H2 ― x mol NH3 hosil bo’ladi.
Demak, 0,16 mol/l NH3 hosil bo’lar ekan.
Formulalardan foydalanib, nuvozanat doimiysini topamiz.
CH [H2] = 0,3 – 0,24 = 0,06 mol/l
CH [N2] = 0,2 – 0,08 = 0,12 mol/l
; ;
3-masala. Quyidagi geterogen sistemaning FeO + CO → Fe + CO2 muvozanat konstantasi 0,5 ga teng. Reaktsiya boshlanishidan ma’lum vaqt o’tgach Co va CO2 larning kontsentratsiyalari 0,05 va 0,01 mol/l ga teng bo’ldi. Ularning muvozanat holatidagi kontsentratsiyalarini hisoblang.
Yechish: Muvozanat doimiysi formulasidan foydalanamiz.
CH [CO] = 0,05 – x; CH [CO2] = 0,01 + x:
; ;
0,025 – 0,5 x = 0,01 + x; 0,015 = 1,5 x
0,025 – 0,01 = x + 0,5;
Demak, CM [CO2] = 0,05 – 0,01 = 0,04 mol/l
CM [CO] = 0,01 + 0,01 = 0,02 mol/l
4-masala. Quyidagi sistemada 2SO2 + O2 → 2SO3 SO2 ning 70% miqdori reaktsiyada tirishib, 0,42 mol SO3 hosil bo’lganda muvozanat qaror topdi. SO2 ning boshlang’ich kontsentratsiyasini hisoblang.
Yechish: 0,42 mol SO3 hosil bo’lishi uchun 0,42 mol SO2 sarflangan. Bu esa reaktsiya uchun olingan SO2 miqdorining 70% ini tashkil qiladi. SO2 ning dastlabki kontsentratsiyasini quyidagi proportsiyadan foydalanamiz.
0,42 ― 70% x = 0,6 mol/l
x – 100%
5-masala:
Quyidagi reaktsiyada N2 + 3H2 → 2NH3 azot va vodorodning dastlabki kontsentratsiyalari 2 va 7 moll/l ga teng. Azotning 10% i reaktsiyaga kirishgandan so’ng sistemada muvozanat qaror topdi. Sistemadagi N2, H2, NH3 ning muvozanat kontsentratsiyalari va muvozanat konstanalarini hisoblang.
Yechish:
2 mol/l N2 – 100% x = 0,2 mol/l gan azot
x - 10%
1 mol/l N1 – 3 mol/l H2 x = 0,6 mol/l
0,2 mol N2 – x mol/l H2 sarflangan
H2
Hosil bo’lgan NH3 ning miqdorini hisoblaymiz.
1 mol N2 – 2 NH3 x = 0,4 mol/l NH3
0,2 – x NH3
CM [N2] = 2 – 0,2 = 1,8 mol/l
CM [H2] = 7 – 0,6 = 6,4 mol/l
CM [NH3] = 0,4 mol/l
;
yoki 3,4 ∙ 10 –4
-
Фойдаланилган адабиётлар
1. «Анорганик Кимё» Ш.С. Исхоков
2. «Кимё» Абдулхаева
3. «Кимё» Хомченко. Г.П
4. «Умумий кимё» Стругацкий. М.К
5. «Кимё» Машарипов. С
6. «Анорганик кимёдан машқ ва масалалар тўплами» Исмоилов. И. И
7. «Умумий кимё» Рахимов
8. «Умумий кимё» Глинка
9. «Анорганик кимёдан маъруза матнлари» Фозилов С. Ф
10. «Кимёдан машқ ва масалалар ечиш» Хомченко
11. «Умумий кимёдан масалалар ечиш» Исҳоқов
Do'stlaringiz bilan baham: |