Molekulalararo ta’sir turlari
Molekulalar o’rtasida o’zaro oriyentasion, induksion va dispersion va donor-akseptor ta’sir bo’lishi mumkin.
Dispersion ta’sir. Ma’lumki, vodorod, azot, Cl va inert gazlar ma’lum temperaturada gaz holatidan suyuq holatga o’tadi. Buning sababini tushuntirish uchun London “o’zaro ta’sirlashayotgan molekulalar orasida dispersion kuchlar paydo bo’ladi” degan tushunchani kiritdi. Bu kuchlar har qanday atom va molekulalar o’rtasida yuzaga keladi va ularning tuzilishiga bog’liq emas. Bu kuchlarning paydo bo’lishiga sabab: molekulalar musbat va manfiy zaryadlangan zarrachalardan tashkil topganligi tufayli juda qisqa vaqt yashab turuvchi “dipol” hosil bo’ladi. Ana shu dipollarning kelishilgan bir vaqtda sodir qiladigan o’zaro ta’sir turi – dispersion turi dispersion ta’sir deyiladi.
Oriyentasion ta’sir. Bu ta’sir qutblangan molekulalar o’rtasida ro’y beradi. Issiqlik harakati tufayli tartibsiz joylashib qolgan qutbli zarrachalar qarama-qarshi zaryadli tomonlari bilan bir-biriga tortilib, bir xil zaryadli tomonlari bilan o’zaro itarishadilar. Bu ta’sir “orentasion ta’sir” deyiladi. Molekula qanchalik qutbli bo’lsa, orentasion ta’sir shunchalik kuchli bo’ladi. Temperatura qancha yuqori bo’lsa, orentasion ta’sir shunchalik kuchsizlashadi va aksincha.
Induksion ta’sir. Bu ta’sir induksirlangan dipol momenti zarrachalar o’rtasida sodir bo’ladi. Ya’ni qutbsiz va qutbli molekulalr ta’sirlashib, qutbli molekula qutbsiz molekulani qutblantiradi. Bu yangi qutbli molekula doimiy qutbli molekula bilan o’zaro ta’sirlashib bir-biriga tortiladi. Bu kuch ta’sirida qutbsiz molekula induksiyalangan dipol momentiga ega bo’lib qoladi. Bu kuch temperaturaga deyarli bog’liq bo’lmasdan, qutbli molekulaning dipol momentiga va qutbsiz molekulaning qutblanuvchanligiga bog’liq bo’ladi.
Atomlarda elaektron aralashinuvisiz yuzaga keladigan molekulalararo ta’sir kuchlari Van-der-Vaals kuchlari deiladi. Yuqoridagi barcha ta’sirlar ana shu kuchlar qatoriga kiradi.
Kovalent bog’lanishga nisbatan Van-der-Vaals ta’siri kuchsizdir. Masalan, Cl2 ning dissotsialanish uchun 243 kJ/mol energiya zarur bo’lsa, siqilgan gazdan hosil bo’lgan Cl2 kristallarining ublimatsiyasi uchun 24 kJ/mol energiya kerak, xolos.
VIII. 4. Donor-akseptor bog’lanish.
Ba’zi molekulalar tarkibiga kiruvchi atomlarda kimyoviy bog’lanish ishtirok etmagan – “taqsimlangan” electron juftlari, ba’zi birlarida esa bo’sh elektron orbitallar mavjud. Shunday ikki turdagi molekulalar o’zaro ta’sirlashganda ular o’rtasida kimyoviy ta’sir kuchlari yuzaga keladi. Bunday ta’sirni “donor - akseptor” ta’sir deyiladi. Hosil bo’lgan bog’lanishni donor – akseptor bog’lanish deyiladi. Donor - akseptor bog’lanish juda ko’p katalitik, solvatasiya jarayonlarida, kompleks birikmalar hosil bo’lishida yuzaga keladi. Bu ta’sir natijasida hosil bo’luvchi komplekslarning tarkibi, hosil bo’lish mexanizmi, donor-kseptor ta’sirda ishtirok etuvchi atomlar tabiatiga, elaektron orbitallarining turiga bog’liq. Buni [H3 NBF3] molekulasining hosil bo’lishi misolida ko’rib chiqaylik.
H3N + BF3 → [H3 NBF3]
H3N: + BF3 → [H3 N:BF3] → [H3N → BF3]
donor akseptor.
Bu bog’lanishda ishtirok etuvchi bo’sh orbitalli B atomida akseptor, elektron jufti beruvchi atomi donor deyiladi. Kimyoviy ta’sirning bunday turi murakkabroq molekulalar, ionlar o’rtasida ham sodir bo’ladi. Masalan, [I2 ∙ C6H6], NH4Cl, H3O+, Cu [(NH3)4] SO4, K4 [Fe(CN)6] kabi qator moddalarning hosil bo’lishi shu ta’sir natijasidir.
Bu bog’lanishning energiyasi 6-12 kJ (1,5- 3,0 kkal) dan 200 kJ (50 kkal) gacha bo’ladi:
[I2 ∙ CH3 OH] uchun Ebog’ = 8kJ/mol bo’lsa, [AlCl3 ∙ NH3] molekulasi uchun
Ebog’= 233 kJ/mol ga tengdir. Donor – akseptor ta’sir moddalarining bir agregat holatidan ikkinchi holatga o’tishga olib keladi. NH3 va HCl gaz moddalar, lekin ularning o’zaro ta’sir mahsuloti NH4Cl kristall. Donor – akseptor bog’lanish tufayli hosil bo’ladigan juda ko’p sonli kompleks birikmalar mazkur kursning alohida bobida o’rganiladi.
A) B)
Do'stlaringiz bilan baham: |