Davlat qarzlarini qaytarish manbalari. Davlat qarzlari hisobiga ishlab chiqarish sohalariga kapital xarajatlar qilinganida, qurib bitkazilgan obyektlar ishga tushirilishi natijasida olinadigan foyda davlat qarzlarini qaytarish uchun yo‘naltiriladi. Bunday hollarda soliqlar davlat qarzlarini qaytarishning yagona manbai emasdir.
Davlat qarzlari harbiy xarajatlar, ijtimoiy tadbirlar kabi noishlab chiqarish sohalariga safarbar qilinganida ular soliqlar yoki yangi davlat qarzlari hisobiga qaytarilishi mumkin. Avval chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha davlat qarzlarini to'lash uchun yangi qarzlar chiqarilishiga qayta moliyaviy ta'minlash (remoliyalash) deyiladi. Davlat kredit munosabatlariga kirish bilan, ixtiyoriy yoki beixtiyoriy ravishda pul muomalasining holatiga, pul va kapital bozoridagi foiz to‘lov-larining darajasiga, ishlab chiqarish va aholining ish bilan ta'minlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Davlat kreditidan iqtisodiyotni tartibga solishning quroli sifatida foydalanib, davlat u yoki bu moliya siyosatini amalga oshirishi murhkin. Davlat qarzlarini investorlaming turli guruhlari o'rtasida joyla- shtirish bilan, pul muomalasini tartibga soladi. Jismoniy shaxslaming mablag'larini jamg'arish bilan u aholining to'lov qobiliyatiga ega bo‘lgan talablarini kamaytiradi. Agar kredit hisobiga investitsiya tadbirlari mablag' bilan ta'minlansa, muomaladagi naqd pullaming miqdori kamayadi. Noishlab chiqarish sohalaridagi ishlovchilaming ish haqini oshirish xarajatlari mablag1 bilan ta'minlangan taqdirda, muomaladagi naqd pullaming miqdori o'zgarmaydi, lekin toiov qobiliyatiga ega boigan talabning tarkibi o'zgarishi mumkin. Moliya bozorida qarz oluvchi sifatida namoyon boiish bilan, davlat qarz mablagiarga boigan talabni oshiradi va bu o‘z navbatida kreditning bahosi oshishiga olib keladi. Davlatning qarz mablagiarga boigan talabi qanchalik yuqori boisa, ssudalar uchun toianadigan foiz toiovlarining darajasi shunchalik yuqori, kredit, ayniqsa, tadbirkorlar uchun esa qimmat. Qarz mablagiaming qimmatligi tadbirkorlami ishlab chiqarish sohalariga qilinadigan investitsiyalarni qisqartirishga majbur qiladi, shu bilan birga u davlatning qimmatli qog'ozlarini sotib olish bilan bo‘ladigan jamg'ar-malami rag'batlantiradi. Davlat chet eldan olingan qarz mablag'lar hisobiga milliy tovarlar ishlab chiqarishni rivojlantirishga talablar qo'yish, kreditor va kafil sifatida namoyon bo'lish bilan ishlab chiqarish va aholining ish bilan ta’min-lani-shiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Sanoati rivojlangan davlatlarda, tegishli dasturlarga muvofiq banklar tomonidan beriladigan kreditlami davlat tomonidan kafolatlash yo‘li bilan, kichik biznesni va eksportni qo'llabquvvatlash tizimi keng tarqalgan. Respublikamizda ham davlatning iqtisodiy siyosati kichik va o'rta biznesni hamda eksportni soliq, kredit va sug‘urta imtiyozlari berish bilan keng ko'lamda qo'llab- quvvatlashga qaratilgan. Davlat kreditining nazorat funksiyasi moliyaning nazorat funksiyasi bilan uzviy bog'liq bo‘lib, bu kategoriyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan maxsus belgilariga ega. Davlat qarzlari bir necha belgilar bo'yicha guruhlanishi mumkin. Qarz munosabatlarining subyektlari bo‘yicha-markaziy va mahalliy boshqaruv organlari joylashtiradigan qarzlar.
Qarzning joylashtirilgan joyi bo‘yicha-ichki va tashqi qarzlar.
Bozorda muomalada bo'lishi bo'yicha-sotiladigan va sotilmaydigan. Sotiladigan qarzlar bemalol sotiladi va sotib olinadi. Budjet taqchilligini mablag' bilan ta'minlashda ular asosiy bo'lib hisoblanadi. Sotilmaydigan qarzlar o'zining egasini erkin o'zgar- tirolmaydi va qimmatli qog'ozlar bozorida muomalada bo'lishi mumkin emas. Bunday qimmatli qog'ozlar, odatda, davlat tomonidan ma'lum investorlami jalb etish uchun ulaming maxsus manfaatlariga muvofiq chiqariladi. G‘arb davlatlarida sotilmaydigan davlat obligatsiyalari nodavlat pensiya jamg'armalari, sug'urta kompa-niyalari, kichik investorlaming mablag‘larini jalb etish uchun chiqariladi.
Mablag'lami jalb etish muddatlariga ko‘ra -davlat qarzlari qisqa muddatli (bir yilgacha), o‘rta muddatli (bir yildan besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yil va undan yuqori) bo'lishi mumkin. Qisqa muddatli qarzlar daromadlar bilan xarajatlar o‘rtasida vaqtinchalik tafovutni mablag' bilan ta'minlash uchun qo'llaniladi.
Qarz majburiyatlarining ta'minlanishi bo‘yichagarovli va garovsiz.
Garovli obligatsiyalar aniq garov bilan ta'minlanadi, masalan, ma'lum mulk bilan. Ko‘pincha ulami mahalliy hukumat organlari chiqaradi. Dav-latning hamma mulklari garovsiz obligatsiyalaming ta'miiioti boTib xizmat qiladi. Markaziy boshqaruv organlari odatda garovsiz obligatsiyalar chi-qaradi. Ulaming ishonchliligi g‘oyat yuqori boTganligi uchun investorlar hech qanday qo'shimcha kafolatga rnuhtoj bo‘lmaydi. To'lanadigan daromadning xususiyatiga ko‘ra qarz majburiyatlar yutuqli, foizli va nol kuponli turlarga boTinadi.
Daromadni aniqlash uslubi bo'yicha davlatning qarz majburiyatlari qat'iy daromadli yoki o'zgaruvchan daromadli boTishi mumkin. Ko‘p hollarda qimmatli qog'ozlar bo'yicha belgilangan stavkalar davlatning foiz toTovlari toTash uchun qiladigan xarajatlari ortishiga sabab boTadi, boshqa hollarda foiz toTovlari oshishini kutayotgan investorlami cho'chitib yuborishi mumkin. Foiz toTovlarining miqdori kreditning hamma davri uchun belgilanmaydigan, bozordagi vaziyat o‘zgarishiga qarab foiz toTovlari qayta ko'rib turiladigan qarz majburiyatlar o'zgaruvchan (qalqib yuruvchi) daromadli qarzlarga kiradi. Qimmatli qog'ozlar bo'yicha toTanadigan foiz toTovlarini qaytadan belgilashda odatda banklararo kredit bo'yicha vujudga kelgan foiz toTovlari asos qilib olinadi.
Qarzni qaytarish muddatiga qat'iy rioya qilish to‘g‘risidagi qarzdoming majburiyatiga ko‘ra qarz vositalari muddatidan avval qaytarish huquqini beradigan majburiyatga va muddatidan avval qaytarish huquqi berilmaydigan majburiyatga boTinadi.
Qarz majburiyatlarini muddatidan avval qaytarish masalasi moliya bozorida jiddiy o'zgarishlar yuz bergan taqdirda dolzarb masala boTadi. Masalan, agar qarz oluvchi har yili 10% daromad toTanishi belgilangan obligatsiya chiqargan boTsa, maTum vaqtdan keyin moliya bozorida kredit bo'yicha foiz stavkasi pasayib 6% ni tashkil etsa, bunday holda qarz oluvchi zarar ko'radi, investor esa katta yutuqqa ega boTadi. Agar obligatsiyalar muddatidan awal qaytarish huquqi bilan chiqarilgan boTsa, qarz oluvchi yangi qarz obligatsiyalarini chiqarib joylashtirish va avvalgi qarzlarni qaytarish bilan ko'radigan zararini kamaytirishi mumkin bo'ladi. Davlat kreditini boshqarish ham keng ma'noda, ham tor ma'noda ko‘rilishi mumkin. Keng ma'noda davlat kreditini boshqarish deganda, davlatning qarz oluvchi, kreditor va kafii sifatidagi faoliyati bilan bog'liq bo'lgan u olib boradigan moliya siyosatining bir yo'nalishi shakllantirilishiga tushuniladi. Moliya siyosatining bir yo'nalishi bo'lgan, keng ma'noda Davlat kreditini boshqarish davlat hukumat va boshqaruv organlarining qoTidadir. Xuddi ana shular budjet taqchilligining umumiy hajmini va demak, uni mablag' bilan ta'minlash uchun zarur boTadigan qarzning hajmini, pul muomalasi, kredit, ishlab chiqarish, aholining ban-dligiga ta'sir qilishning asosiy yo'nalishlari va maqsadlarini hamda kichik biznesni qo‘llab-quwatlash bo'yicha umumdavlat dasturlarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi. Hozirgi davrda davlat va mahalliy budjetlaming doimiy taqchilligi va davlat qarzlarining kattaligi ko'pchilik sanoati rivojlangan davlatlarga xosdir. Kreditni davlat egallashi(ekspansiya qilishi) natijasida, boshqa qarz oluvchilar moliya bozoridan surib chiqariladi, kredit uchun yuqori foiz toTovlari saqlanadi. Davlat qarzlariga xizmat qilish xarajatlari g‘oyat katta boTishi soliq kirimlarining tobora ko'proq hissasini yutib yuboradi. Shuning uchun budjet taqchilligini va davlat qarzlarini qisqartirish dolzarb vazifalardan biri bo'lib hisoblanadi. Tor ma'noda davlat kreditini boshqarish deganda, davlatning qarz majburiyatlarini chiqarishga tayyorlash va joylashtirish, davlatning qimmatli qog‘ozlari bozorini tartibga solish, davlat qarzlariga xizmat ko'rsatish va qaytarish, ssudalar va kafolatlar berish bilan bogTiq boTgan harakatlar yig'indisi tushuniladi. Davlat kreditini boshqarish jarayonida bozor davlatning qarz majburiyatlari bilan toTib ketishiga va ulaming kursi keskin o'zgarib tu- rishiga yo‘1 qo'ymaslik, kreditlardan belgilangan maqsadiga muvofiq foy-dalanilishi ustidan nazorat qilish, kreditlaming o‘z vaqtida qaytarilishini ta'minlash kabi vazifalar bajarilishi kerak. Davlat kreditini boshqarish ishlari Moliya vazirligi bilan Markaziy bankning zimmasiga yuklatilgan. Nazorat savollari Davlat budjetining iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshiradigan mexanizm sifatidagi tavsifi.
Budjetning funksiyalari va ular qanday namoyon boTadi?
Budjet daromadlari va budjet xarajatlari nima?
Budjet siyosatining asosiy vazifalarini tushuntirib bering.
«Budjet tuzumi» va «budjet tizimiw atamalarini qanday tushunasiz?
Budjet tizimining davlatchilik tuzumiga bogTiqligi qanday?
O'zbekiston Respublikasining budjet tizimini ta'riflang.
Davlatning budjetdan tashqari fondlarini tavsiflang.
Budjet tizimining faoliyat ko'rsatish tamoyillari qanday?