Ii bob. Budjet, budjet tuzulmasi va tizimi, davlatning budjetdan tashqari maqsadli fondlari


Budjetdan mablag' oluvchilarning hisoboti



Download 67,69 Kb.
bet9/12
Sana19.07.2022
Hajmi67,69 Kb.
#824890
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
byudjet

Budjetdan mablag' oluvchilarning hisoboti. Respublika budjetidan mablag* bilan ta'minlanadigan budjetdan mablag' oluvchilar hisobot davrida budjetdan ajratilgan mablag'lardan foydalanish to'g'risidagi hisobotni O'zbekiston Respublikasining Moliya vazirligiga taqdim qiladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining budjeti va mahalliy budjetlardan mablag* bilan ta'minlanadigan budjetdan mablag' oluvchilar hisobot davrida budjetdan ajratilgan mablagTardan foydalanish to'g'risidagi hisobotni tegi-shli moliya organlariga taqdim qiladi.
Moliya organlarining hisoboti. Tumanlar, viloyat qaramog'idagi va Qoraqalpog'iston Respublikasining qaramog‘idagi shaharlarning moliya organlari budjetning ijrosi to'g'risidagi hisobotni tegishli hokimliklarga hamda o'zidan yuqori turuvchi moliya organlariga taqdim qiladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasining Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shaharining Moliya organlari tegishli budjetlaming ijrosi to'g'risidagi hisobotlami Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashiga va tegishli hokimliklarga hamda O'zbekiston Respublikasining Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Davlat soliq komiteti va Davlat bojxona komiteti O'zbekiston Respub-likasining Moliya vazirligiga har oyda Davlat budjetiga tushgan soliq va yig'imlar hamda boshqa majburiy to'lovlar haqidagi hisobotni top-shiradi.
Joylardagi soliq xizmati organlari har oyda tegishli moliya organlariga Davlat budjetiga tushgan soliq va yig'imlar haqidagi hisobotlami taqdim qiladi.
0‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi Davlat budjetining ijrosi haqidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 1-mayidan kechikmay Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilishi kerak.
Vazirlar Mahkamasi hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechikmay Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni Oliy Majlisga taqdim qiladi.
Davlat budjetining ijrosi to'g'risidagi hisobot Oliy Majlis tomonidan ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

    1. Davlat krediti

Davlat krediti - davlat nomidan uning hukumat va boshqaruv organlari bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlami ifodalaydi. Bunda davlat qarz oluvchi hamda kre-ditor va kafil sifatida namoyon bo'ladi. Miqdor jihatidan davlatning qarz oluvchi sifatidagi faoliyati ustun keladi. Davlatning yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar berishi bilan bog'liq bo‘lgan, ya'ni kreditor sifatidagi operatsiyalarining hajmi kam hissaga ega. Davlat qarzlami qaytarish yoki boshqa majburiyatlami bajarish bo'yicha jismoniy va yuridik shaxslar olgan javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan taqdirda u kafil bo'lgan bo'ladi. Davlatning kafilligi, odatda, yetarlicha ishonchli bo'lmagan qarzdorlarga qo‘llaniladi.
Davlat krediti iqtisodiy kategoriya sifatida pul munosabatlarining ikki xil turi - moliya va kredit to'qnashgan joyda turadi va ulaming o'ziga xos xususiyatlarini birgalikda qo'shib olib boradi.
Davlat krediti moliya tizimining bir bo‘g‘ini sifatida u davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini, ya'ni budjet va budjetdan tashqari fon- dlami tashkil etilishi va sarfianishiga xizmat qiladi.
Davlat krediti kreditlaming bir turi sifatida uning moliya kategoriyalaridan farq qilishiga sabab bo‘ladigan qator xususiyatlarga ega. Masalan, u soliqlardan farq qilib, ixtiyoriylik xususiyatiga ega. Agar soliqlar bir yo'nalishda, ya'ni to‘lovchi1ardan budjet tomonga harakat qilsa, ma'lum muddatdan keyin foiz to'lovlari bilan qaytarish shart ekanligi davlat kreditining asosiy belgisidir.
Davlat krediti moliya kategoriyasi sifatida taqsimot, tartibga solish va nazorat funksiyalarini bajaradi.
Davlat kreditining taqsimot funksiyasi orqali davlatning markazlashtirilgan pul fondlari muddatlilik, qaytarilishi shartligi va to'lovlilik prinsiplari asosida tashkil etiladi va sarfianadi. Qarzdor boiish bilan davlat o'zining xarajatlarini qoplash uchun qo'shimcha mablagiarga ega boiadi. Sanoati rivojlangan davlatlarda davlat qarzlari budjet taq-chilligini qoplashning asosiy manbaidir. Hozirgi sharoitda davlat qarzlari budjet xarajatlarini mablag* bilan ta'minlashning soliqlardan keyingi ikkinchi usulidir. Bu soliqlar orqali olinadigan kirimlarga nisbatan budjet xarajatlarining tezroq o'sishi bilan bog'liq.

Download 67,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish