Davlat qarzi ichki mablag'lami va xorijiy davlatlaming mablag'larini jalb qilish natijasida vujudga kelgan davlatning qarz majburiyatlaridir.
Budjet tizimi, uning asosiy tamoyillari va tarkibiy qismlari
Budjet tuzumi - bu davlat budjeti va mamlakat budjet tizimining tuzilish tamoyillari to‘plami, ulaming strukturasi, budjet tizimiga kiradigan budjetlaming o'zaro bog‘liqligi va ular faoliyatining huquqiy asoslaridan iborat. Budjet tuzumining asoslari mamlakat davlatchiligining tuzilish shakli, unda amal qilayotgan asosiy qonun hujjatlari, budjetning ijtimoiy takror ishlab cbiqa-rishdagi va sotsial jarayonlardagi roli bilan bel- gilanadi. Budjet tuzumining bir qismini budjet tizimi tashkil etadi. Budjet tizimi - bu davlat, ma’muriy-hududiy tuzilmalar, iqtisodiy munosabatlar, davlat tuzumi va huquqiy normalarga asoslangan, budjeti bo'yicha mustaqil bo'lgan davlat muassasalari va fondlarining budjetlari to'plami. Budjet tizimi davlat moliya tizimining asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Budjet tlzimi va davlat tuzumining shakli.Budjet tizimining tuzilishi mamlakatning davlatchilik va ma'muriy shakliga bog'liq. Hokimiyatning markaz va ma'muriy-hududiy tuzilmalar o'rtasida taq- simlanish darajasiga ko‘ra barcha davlatlar unitar, federativ va konfederativ davlatlarga bo'linadi. Unitar davlat davlat tuzumining shakli bo'lib, unda ma'muriy- hududiy tuzilmalar o‘z davlatchiligi yoki muxtoriyatiga ega bo'lmaydi. Mamlakatda yagona konstitutsiya, barcha uchun umumiy huquq tizimi, yagona hukumat organlari, davlatdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlami markazlashgan boshqaruv amal qiladi. Unitar davlatning budjet tizimi ikkita bo‘g‘idan iborat: davlat budjeti va niahalliy budjetlar. Federativ davlat - bu davlat tuzumining shakli bo'lib, unda davlat tarkibiga kiradigan davlat tuzulmalari yoki ma'muriy-hududiy tuzul- malar o'zlarining davlatchiligiga ega hamda ular va markaz o‘rtasida taqsimlangan ma'lum siyosiy mustaqillikka ega bo'ladi. Federativ davlatlaming budjet tizimi uch bo‘g‘inli bo'ladi: Federal budjet, ya’ni davlat budjeti.
Federatsiya a'zolarining budjeti. Masalan, Rossiyada federatsiya subyekt-larining budjeti, AQSHda shtatlaming budjeti.
Mahalliy budjetlar.
Unitar davlatlarda ham, federativ davlatlarda ham quyi budjetlar daromad va xarajatlari bilan o'zidan yuqori turuvchi budjetning tarkibiga kirmaydi. Konfederativ davlat - bu suveren davlatlaming doimiy ittifoqi boTib siyosiy yoki harbiy maqsadlarga erishish uchun tashkil topadi. Bunday davlatning budjeti konfederatsiyaga kiruvchi davlatlaming badallaridan shakllanadi. Konfederatsiyaga a’zo davlatlarda 0‘zlarining budjetlari va soliq tizimlari mavjud. 0‘zbekiston Respublikasi budjet tuzumining asoslari mamlakat Konstitutsi-yasi va uning davlatchilik tuzumi bilan belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimining tuzilishi mamlakat Konstitutsi-yasiga asoslangan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 122-moddasiga mu-vofiq «O‘zbekistonning davlat budjeti respublika budjetidan, Qoraqalpog'iston Respublikasi budjetidan va mahalliy budjetidan iborat». 0‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi respublika budjeti, Qora-qaipog‘iston Respublikasining budjetini va mahalliy budjetlami o‘z ichiga oladi. Mahalliy budjetlar tarkibiga viloyat budjetlari, Tosh- kent shaharining budjeti, shahar, tuman, shaharcha va qishloq fuqarolar yig‘inining budjetlari kiradi. 1997-yilning birinchi yanvaridan boshlab Pensiya jamg‘armasining pul mab-lag‘lari Davlat budjetiga kiritiladi. Bunda jamg'arma mab- lagTarini shakllantirish va sarflash yo'nalishlari saqlab qolinadi. O‘z-o‘zini boshqaruvchi quyi organlaming budjetlari o'zlarining daromad va xarajatlari bilan o'zidan yuqori darajadagi budjetlaming tarkibiga kirmaydi. Bu budjetlaming yig'indisi birlashtirilgan budjetni tashkil qiladi. U qonun chiqaruvchi hukumat organi tomonidan tasdiq- lanmaydi. Budjet tizimi birlik, oshkoralik, budjet tizimiga kiruvchi hamma budjetlarning mustaqilligi prinsiplariga asoslanadi. Shuningdek, davlat budjeti tarkibiga maqsadli manbalar hisobidan tashkil etilgan va muayyan maqsadlar uchun sarflanadigan davlatning maqsadli budjet fondiari ham kiradi (yo‘l fondi, ekologiya fondi vab.). 0‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi 2.3- rasmda keltirilgan. O'zbekiston Respublikasi budjet tizimiga kiradigan budjetlar mustaqil va bir-biriga qo'shilmaydi, ya'ni Qoraqalpog‘iston Res- publikasi budjeti va mahalliy budjetlar respublika budjetiga kiritilmaydi. u ^aCexHCTOH PecnytiwxacH KoHCTMTyw«CH. TounteHT.. "VsfieiHcrowx 2003. -B 33.
Budjet tizimiga respublika budjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlardan tashqari, davlatning budjetdan tashqari fondlari ham kiradi (pensiya fondi, ijtimoiy sug‘urta fondi va b.). Ushbu fondlaming mablag'lari iqtisodiy mazmun va ulardan foydalanish yo'nalishlari bo'yicha budjetnikidan deyarli farq qilmaydi. O'zbekiston Respublikasi budjet tizimining faoliyat ko'rsatishi quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 1) budjet tizimining yagonaligi; 2) budjet tizimi pog'onalarining o'rtasida daromadlar va xarajatlaming chega-ralanishi; 3) har xil pog'onalar budjetlarining mustaqilligi; 4) budjetlaming va davlatning budjetdan tashqari fondlarining daromadlari va xarajatlarini to'liq aks ettirish; 5) budjetning balanslashganligi; 6) budjet mablag'laridan foydalanishning samaradorligi va tejamliligi; 7) budjet xarajatlarining qoplanishi; 8) budjetga oid axborotlaming oshkoraligi; 9) budjetning ishonchliligi; 10) budjet mablag'laridan foydalanish yo'nalishlarining aniqligi va maqsadliligi. Budjet tizimining yagonaligi - bu huquqiy baza, budjet hujjatlarining shakllari, jarayoni, qonunchiligini, shuningdek, budjet tizimining barcha pog'ona-lari ularining xarajatlarini moliyalashning yagona tartibini, budjet mablag'lari buxgalteriya hisobini yuritish tartibini buzganlik uchun jarimalar bir xilligi.
Budjet tizimi pog'onalarining o 'rtasida daromadlar va xarajatlarning chegaralanishi tegishli daromadlaming davlat hukumati organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga to'liq yoki qisman biriktirilishi va ishlatilishini bildiradi.
Har xil pog'onalar budjetlarining mustaqilligi barcha budjetlaming muhim tamoyili bo'lib, quyidagilarni bildiradi:
davlat hokimiyati organlari va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan budjet tizimining har bir pog'onasida budjet jarayonini mustaqil amalga oshirish huquqi;
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilangan budjet tizimi har bir pog'onasi budjetlari daromadlarining o‘z manbalari mavjudligi;
budjetlami tartibga soluvchi daromadlaming qonun bilan mustahkamlanishi, tegishli budjetlar daromadlarini shakllantirish bo'yicha vakolatlar;
davlat hokimiyati va mahalliy hokimiyat organlarining tegishli budjetlar mablag'larini ishlatish yo'nalishlarini mustaqil aniqlash huquqi;