Titish-tozalash agregatida aralashtirishda tavsiyalar.
Yigirish jarayonida tolaning harakati titish va aralashtirish sexidan boshlanib, kalava ip holatiga kelganidan so‘ng tugaydi. Titish- aralashtirish sexida tolaga qanday ishlov berilganiga qarab, olinadigan ipning sifatiga ta’siri katta bo‘ladi. Agarda tolalar titish-tozalash agregatida shikastlansa, shikastlangan tolani ajratib olish yoki uni bartaraf qilish imkoni juda kam hisoblanadi. Karda yigirish tizimida, tarashdan keyin tola shikastlansa, undan keyingi barcha jarayonlarda o‘z aksini topadi, chunki uni bartaraf etish imkoni yo‘q. Ishlab chiqariladigan ipga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ishlab chiqarish tannarxining oshishiga va oxirgi mahsulotning sifatini pasayishiga olib keladi. Tarash va qayta tarash jarayonida ajratib olingan kalta tolalar chiqindi sifatida tashlanadi. Bu esa, ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini oshishiga olib keladi.
Titish-tozalash va aralashtirish agregatlarida olinayotgan iplarning doimiy sifatini ta’minlashning shartlaridan biri toylardagi tolalarning optimal aralashishini ta’minlashdir. Toylardagi tolalarni optimal aralashtirishda, tola sifatining o‘zgaruvchanligini aralashtirish davri mobaynida imkon qadar o‘zgarmas qilib saqlashdadir 1.15-rasm. Quyida keltirilgan tavsiyalar yillar davomida ortirilgan tajribaga asoslangan.
1.15-rasm
|
|
|
A
|
Ushbu qoidalar bitta guruhdagi toylar uchun o‘rinli.
|
|
|
B
|
Ushbu qoidalar bir guruh toylardan boshqa bir guruh toylarga o‘rinli bo‘lib, ketma-ket foydalaniladi.
|
Titish, tozalash va aralashtirishda iflosliklarni kamaytirish, kalta tolalar va nepslar miqdori ortishini boshqarish o‘ta muhim hisoblanadi. Titishda paxta momiqlarga ajraladi va iflosliklardan tozalash maqsadida bir qancha titish hamda tozalash jarayonlaridan o‘tadi. Tolalarni iflosliklardan tozalash jarayoni kutilganidek ideal bir xil emas, balki iflosliklardan tozalash nepslar va kalta tolalarning miqdori ortishi bilan amalga oshadi.
Titish-tozalash mashinalarining ishiga ta’sir etuvchi omillar
Pichoqli barabanlar tezligi. Paxta tolasini shikastlamasdan titishda pichoqli barabanlarning tezligi katta rol o‘ynaydi. Tezlik qancha optimal bo‘lsa, paxta shuncha yaxshi titiladi va tozalanadi, ish unumi yuqori bo‘ladi. Korxonalar tajribasi asosida gorizontal paxta titish mashinasi pichoqli barabani tezligi: o‘rta tolali paxta uchun 550-780 min-1, ingichka tolali paxta uchun 440-550 min-1, vertikal paxta titish mashinasi pichoqli barabani tezligi o‘rta tolali paxta uchun 700-940 min-1, ingichka tolali paxta uchun 400-450 min-1 olinadi.
Pichoqli baraban bilan kolosnikli panjag‘alar o‘rtasidagi hamda kolosniklar o‘rtasidagi oraliq (razvodka). Bu oraliqlar mashinada ishlatilayotgan paxtaning tozaligiga va titilish darajasiga qarab o‘rnatiladi. Paxta qanchalik iflos bo‘lsa, bu oraliqlar shuncha katta olinadi. Lekin yaxshi tolalar chiqindi kamerasiga tushib ketmasligini ta’minlash lozim. Titish-tozalash mashinalarida paxtadan uning naviga qarab 0,38 dan 2,65% gacha, bazan 0,2 dan 6,5% gacha xas-cho‘p va chiqindilar ajraladi.
Havoning tortish kuchi va uning tezligi. Mashinalarning kamerasida havoning paxtani tortish kuchi va uning tezligi normal bo‘lishi kerak. Havo juda tez xarakat qilsa, paxta yaxshi titilmaydi.
Mashinaning ish unumi. Mashinaning ish unumini pichoqli baraban tezligiga proporsional qilib tanlash kerak. Paxta titish mashinalari uchun
800-900 kg/soat unumdorlik tavsiya etiladi. Agar paxta normal namlikda bo‘lsa, titish mashinalarida tolalarning shikastlanishi kam titilganlik darajasi esa me’yorda bo‘ladi.
Tolali qatlamning ko‘rsatkichlari. Paxtani titib-tozalab, undan yuqori sifatli tolali qatlam olish va tolali qatlamning chiqishini ko‘paytirish, notekislikni kamaytirish, shu bilan birga, chiqindilarni kamaytirish muhim vazifalardan hisoblanadi. Ammo paxtani titib-tozalashda ancha paxta sarfiga ham yo‘l qo‘yiladi. Masalan, paxtani titish va tozalash mashinalarida ishlashda undan 2-4% gacha chiqindi ajraladi; ular tarkibida uncha yopishqoq bo‘lmagan xas-cho‘plar, paxta tolalarining nuqsonlari va kalta tolalarning bir qismi bo‘ladi. Bu chiqindilar fabrikadagi chiqindilarni qayta ishlash sexida qayta ishlanadi. Ammo titib-tozalangan paxtada, ya’ni tolali qatlamda baribir ozroq xas-cho‘p va nuqsonlar qoladi, bo‘lar faqat tarash mashinasida ajralishi mumkin.
Ishlab chiqariladigan tolali qatlamning yo‘g‘onligi odatda 400-312,5 kteks bo‘ladi. Tolali qatlamning ko‘rsatkichlariga asosan bir tekislik va toza bo‘lishi kiradi. Haftada bir marta tolali qatlamning sifati laboratoriyada tekshiriladi.
Paxta to‘g‘ri tanlansa, saralanma to‘g‘ri tuzilsa, mashinalarning holati yaxshi bo‘lsa, paxta yaxshi titilib-tozalanadi, undan sifatli tolali qatlam olinadi, undagi nuqsonlar minimal bo‘ladi. Shu bilan birga titish-tozalash bo‘limida harorat va namlik normal bo‘lishi talab etiladi.
Tolaning mikroneyrlaridan tashqari paxta toylarini titish jarayonida boshqa sifat ko‘rsatkichlari ham e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Beshta sifat ko‘rsatkichi uchun tavsiyalar quyidagi 1.18-jadvalda keltirilgan bo‘lib, paxta toylarini titish jarayonida belgilangan me’yorlardan og‘ishda yigiruv sexlari yoki to‘quv fabrikalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirgan. Barcha beshta sifat ko‘rsatkichlari birdek muhim emas, balki yakuniy mahsulotdan kelib chiqqan holda kerakli darajada, yigirish sexlarida individual moslashtirilishi mumkin.
1.18-jadval
Paxta toylarini titish jarayonida sifat nazorati
Do'stlaringiz bilan baham: |