Ipning namligini hisobga olgan holda k koeffitsient qiymati
Ip namligi W1
|
Haqiqiy uzishdagi uzayish L1, km
|
8,00
|
9,1
|
9,6
|
10,1
|
10,6
|
11,1
|
11,6
|
12,1
|
12,6
|
13,1
|
13,6
|
14,1
|
14,6
|
7,50
|
8,9
|
9,4
|
9,9
|
10,4
|
10,9
|
11,4
|
11,9
|
12,5
|
12,9
|
13,4
|
13,9
|
14,4
|
7,00
|
8,7
|
9,2
|
9,7
|
10,2
|
10,8
|
11,4
|
11,7
|
12,4
|
12,7
|
13,3
|
13,8
|
14,3
|
6,50
|
8,5
|
9,0
|
9,5
|
10,0
|
10,5
|
11,0
|
11,5
|
12,2
|
12,6
|
13,1
|
13,6
|
14,0
|
6,00
|
8,3
|
8,8
|
9,3
|
9,8
|
10,3
|
10,8
|
11,3
|
12,0
|
12,4
|
12,9
|
13,4
|
13,9
|
5,50
|
8,1
|
8,6
|
9,1
|
9,6
|
10,1
|
10,6
|
11,1
|
11,8
|
12,2
|
12,7
|
13,2
|
13,7
|
5,0
|
7,9
|
8,4
|
8,9
|
9,4
|
9,9
|
10,4
|
10,9
|
11,7
|
12,0
|
12,5
|
13,0
|
13,5
|
4,50
|
7,7
|
8,2
|
8,7
|
9,2
|
9,7
|
10,2
|
10,7
|
11,5
|
11,8
|
12,3
|
12,8
|
13,3
|
4,00
|
7,4
|
7,9
|
8,5
|
9,0
|
9,5
|
10,0
|
10,6
|
11,3
|
11,6
|
12,1
|
12,6
|
13,3
|
K
|
10,3
|
11,30
|
12,4
|
13,4
|
14,5
|
15,5
|
16,6
|
17,6
|
18,7
|
19,7
|
20,8
|
21,0
|
Birinchi ustinda ko‘rsatilgan W1 asosida gorizontal qatorda tajriba natijasida olingan haqiqiy uzishdagi uzayishga yaqinroq uzishdagi uzayganlik olinadi. Uzishdagi olingan uzayishning kattaligi bo‘yicha berilgan grafaning davomida
2 darajali K1 topilib, formulaga qo‘yilganida L2 namlik qiymatini kiritish orqali hisoblanadi.
Ip namligini ortishi bilan uning uzayishi ham oshadi. 1.2-jadvalda havo namligi va ip namligi o‘zgarganida uzayish kattaliklari bo‘yicha [12] ma’lumotlari keltirilgan.
1.2-jadval
Havo namligi va ip namligi o‘zgarganida uzayish kattaliklari
Havoning nisbiy namligi, %
|
30
|
40
|
50
|
60
|
70
|
Ipning uzishdagi uzayishi,%
|
5,0
|
6,0
|
6,5
|
7,0
|
8,0
|
Ipning namligi, %
|
5,5
|
6,0
|
7,0
|
8,0
|
9,0
|
Ipning uzishdagi uzayishi%
|
6,0
|
6,5
|
7,2
|
8,0
|
9,0
|
Uzayish ipning muhim xarakteristikalaridan biri hisoblanib, u uzish kuchi bilan birgalikda ipni uzish uchun sarflangan ishni aniqlaydi. Uzishdagi uzayishning ortishi bilan ipning oniy kuchlanishlarga nisbatan qarshiligi ham ortadi. Dastavval ip muayyan uzunlikka uzayadi va so‘ngra unda 2-darajali kuchlanish hosil bo‘lishi hisobiga to‘quv va trikotaj dastgohlaridagi uzilishlar sonini kamaytirishga imkon beradi.
Ipning bikrligi, qayishqoqlik moduli va uning elastikligi ham ipning uzayishiga bog‘liq bo‘ladi.
Namlikni o‘lchash uslub va vositalari
Ipning namligini o‘lchash uchun o‘lcham olingan massadagi namlik massasi va quruq moddaning massasini o‘lchash imkonini beradigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uslub va namlik bilan funksional jihatdan bog‘liq bo‘lgan boshqa fizikaviy kattalikni o‘lchash orqali namlikni aniqlaydigan bilvosita uslub yordamida topiladi.
Paxta tolali ipning namligini ishlab chiqarish laboratoriyalari sharoitida nazorat qilish uchun o‘lchashning termogravimetrik usulidan keng foydalaniladi. Mazkur uslubga binoan nazorat amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ip partiyasidan namuna tanlab olinadi, mD namunaning dastlabki massasi aniqlanadi va doimiy mQ massaga erishguniga qadar konditsion yoki quritish apparatida quritiladi. Shundan so‘ng ipning namligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Paxta tolasining normal namligi tolani pishib yetilganlik darajasiga qarab
8-12% bo‘ladi. Yigirish korxonasida yarim mahsulot va ipning namligi 1.21-jadvalda keltirilgan.
1.21-jadvalda
“BAKAN TEX” korxonasidagi harorat va nisbiy namlik
Bo’limlar
|
Harorat ˚C
|
Nisbiy namlik %
|
Belgilangan miqdor
|
Amalda
|
Belgilangan miqdor
|
Amalda
|
TTA
|
30
|
27-32
|
50
|
50-51
|
Tarash
|
33
|
29-32
|
45
|
45-51
|
Qayta tarash
|
29
|
30-32
|
50
|
45-52
|
Piliklash
|
32
|
29-31
|
48
|
48-51
|
Yigirish*
|
32
|
31-33
|
42
|
42-43
|
Qayta o’rash
|
27
|
26-27
|
65
|
63,5-66,6
|
Izoh. * Yigirish bo’limida yuqori sifatli kompakt(compact ring yarn) iplar ishlab chiqarish uchun harorat va nisbiy namlik shunday o’rnatilgan. Boshqa turdagi iplar uchun harorat 27-30 ˚C va nisbiy namlik 55-65% bo’ladi.
Ipni namlantirish usullari
Ip namligini oshirishning asosiy to‘rtta usul ma’lum: namlantirish, emulsiyalash, yog‘lash, bug‘lab pishitish. Barcha usullar ip namligini 7-9% gacha ko‘tarishni ko‘zda tutib, shu orqali uning muvozanatlashgan tuzilishi, keyingi ishlov berishlarda uzilishlar sonini kamaytirish, matolar va trikotaj sifatini yaxshilash hamda xom-ashyoni iqtisod qilishini ta’minlashga qaratiladi [20].
Namlantirish
Eng sodda va ipni 3 kun davomida maxsus kamerada saqlashga asoslangan usullardan biri. Ipdagi namlik miqdori 2,3-3,7% ga oshadi.
EU-98-1 mashinasida ipni konveyerda harakatlanishi davomida forsunkalar orqali oddiy iste’mol suvi (yoki gigroskopik aralashma) bilan bir tekis purkash orqali namlantirishdir. Ichi konveyerda ipga ishlov berish vaqti 2 daqiqani tashkil etadi.
Ipni emulsiyalash
Ipni emulsiyalash uchun tola yuzasini yumshatadigan va tola ichiga namlikn kirishini tezlashtiradigan ho‘llovchi eritmalardan foydalaniladi. Gigroskopik emulsiyalar bilan ishlov berilgan ip yumshoq, elastik bo‘lib qoladi va tayyorlanmagan yoki oddiy suv bilan kameralarda purkalgan iplarga nisbatan yaxshiroq texnologik xususiyatlarga ega bo‘ladi. Emulsiyalangandan so‘ng mashinadan chiqayotgan ipning namligi 12-18%ga teng bo‘ladi.
Tayanch iboralar:
Mehnat gigiyenasi, harorat, nisbiy namlik, havoning tezligi, haqiqiy namlik (WH), EU-98-1 mashinasi, nomogramma bo‘yicha namlik, normal namlik (Wn), me’yorlashtirilgan namlik (Wk), bosim millimetrli simob ustuni yoki gektopaskal (gPa) da ifodalanadi.
Nazorat savollari:
1. Mehnat gigiyenasi deganda nimalarni tushunasiz?
2. Namlikni o‘lchash uslub va vositalari qanday aniqlanadi?
3. Uzilish kuchiga havoning nisbiy namligining ta’siri qaysi tolalarda ko‘proq ?
4. Yigirishda namlik va harorat me’yori qanday bo‘lishi kerak?
5. Ipni namlantirish usullari deganda nimani tushunasiz?
5. Namlikni zamonaviy o‘lchagich usullarida qanday aniqlanadi?
6. To‘qimachilik mahsuloti namligi deganda nimani tushunasiz?
7. Namlikni hisoblash formulasini izohlang?
2-amaliy mashg’ulot.
Paxta omborlarida tolani saqlash va saralanma tuzish tartibi
Ishning maqsadi: yigirish korxonalarida paxta tolasini qabul qilish va tartibi bilan tanishish. Paxta tolasini saqlanishi va laborotoriyasi ishi bilan tanishish.
Amaliy mashg’ulot uchun kerak bo‘ladigan anjomlar va materiallar: laboratoriya jihozlari va etalonlarni o‘rganib plakatdagi chizmasi.
Topshiriq:
1.Yigirish korxonalarida paxta tolasini qabul qilish tartibi bilan tanishing va izoxlang.
2.Paxta omborlari ishi va paxta tolasini saqlanishi bilan tanishib, yutuq va kamchiliklarini ko‘rsating.
3.Paxta tolasidan saralanma tuzish tartibini o‘rganing.
Asosiy ma’lumot va uslubiy ko‘rsatma
Yigirish ishlab chiqarishining mas’uliyatli tadbirlaridan biri xom ashyoni tanlash va uni oqilona ishlatishdan iboratdir. Paxta tolasi yigirish korxonalariga presslangan holatda toy tarzida keltiriladi. Standart o‘lchamli toylar 735x980x620 mm bo‘lib, unda 600-650 kg/m3 kuch bilan presslangan 200-220 ba’zan 250 kg tola bo‘ladi. Amaldagi standartlarga ko‘ra korxonalarda paxta tolasini qabul qilish miqdori va sifat bo‘yicha amalga oshiriladi. Har bir toy og‘irligini tekshirish ko‘p vaqt va kuch talab etishini hisobga olib keltirilgan umumiy toylar sonini 1% og‘irligi bo‘yicha tekshiriladi. Tekshirish natijasi umumiy toylar soniga tadbiq etiladi va rasmiy hujjat dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma paxtani qabul qiluvchi, klassifikator va ombor vakili tomonidan imzolanadi. Bu tartib birlashma omboridan korxona xom ashyo qabul qilganda qo‘llaniladi. Agar korxona yoki birlashma paxta zavodidan xom ashyoni qabul qilsa keltirilgan toylarning ma’lum bir qismini umumiy og‘irligi tekshirib, farqi aniqlanadi va paxta zavodi vakili chaqirtiriladi. Birgalikda qayta tekshirish o‘tkazilib e’tiroz rasmiylashtiriladi.
Sifat bo‘yicha qabul qilishda 5 tadan 50 tagacha bo‘lgan partiyadan beshta, 50 tadan ko‘p bo‘lsa 5 ta va unga qo‘shimcha har bir 10 ta toydan 1 ta toy tanlanib xom ashyo laboratoriyasi tekshiriladi va sertifikat ko‘rsatgichlariga qiyoslangan holda maxsus daftarga qayd qilinadi.
Paxta tolasi to‘dalar bo‘yicha qabul qilinadi. Sifat to‘g‘risidagi hujjat bilan rasmiylashtirilgan seleksiya va sanoat navi, tipi, sinfi bir xil bo‘lgan paxta toylariga to‘da deb ataladi.
Paxta tolasining sifatini tekshirish uchun to‘dadagi har 10 toydan bitta toy olinadi. To‘da 5 tadan 40 toygacha bo‘lsa, sinash uchun 5 toy olinadi.
Agar to‘da miqdori kam bo‘lsa, har bir toydan namuna olinadi. Har bir toydan olingan namuna nuqtadan olingan namuna deb ataladi, massasi 100-150 g bo‘ladi.
Nuqtadan olingan namunalar bir joyga yig‘ilsa birlashtirilgan namuna deb ataladi, uning massasi 1,0 kg dan kam bo‘lmasligi kerak.
Tola sifatini aniqlash uchun birlashtirilgan namunadan olingan namuna sinash uchun namuna deb ataladi, uning massasi 5,0 dan 50 g gacha bo‘ladi. Respublikamiz sifat markazi tomonidan 2001-yildan boshlab O‘zbekistonda tayyorlanayotgan paxta tolalari sifat ko‘rsatkichlarini to‘liq nazoratdan o‘tkazish maqsadida paxta toylarini shtrix kodlash tartibi joriy qilingan. Bunda: viloyat kodi, zavod kodi, paxta toyining tartib nomeri ko‘rsatilgan bo‘ladi. Paxta toyining tartib nomeri 3-yilda yangidan takrorlanadi. Bu qilinayotgan ishlarning barchasi sifatli xom ashyo olish, shu bilan birga nafis va bejirim mahsulot ishlab chiqarish.
Paxta tolasi konditsion, ya’ni normal namlikdagi massasiga qarab qabul qilinadi va unga asosan hisob kitob qilinadi.
Konditsion massa quyidagicha aniqlanadi:
(1.6)
bu yerda: mx-paxta tolasining kg, dagi og‘irligi; Wn-namlik normasi, %; Wf-xaqiqiy namlik, %.
(1.7)
bu yerda: mf-tolaning haqiqiy og‘irligi; m’-toladagi chiqindilar va nuqsonlar miqdoriga qarab, qo‘shiladigan yoki olinadigan og‘irlik; Zf-haqiqiy poroklar miqdori; Zn-hisoblangan chiqindilar va poroklar miqdori.
Paxta omborlarining asosiy ishi: paxta tolasining fizik-mexanik ko‘rsatkichlariga shikast yetkazmay saqlashdan iborat. Paxta tolasi asosan yopiq omborlarda saqlanadi. Ba’zi holatlarda paxta tolasi ochiq maydonlarda saqlanadi. Yopiq omborlarda- pol, tom, devorlar, oynalar holatini, toylar tagiga qo‘yilgan yog‘och panjaralar, mexanizatsiya qurilmalarini va yong‘inga qarshi kurashish asboblarini, toylarni texnika xavfsizligi qoidalari asosida joylashtirilganligini, yorilgan va ifloslangan toylar bor-yo‘qligini, torozilarni to‘g‘riligini, ular tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni tekshiradilar. Paxta tolasi usti yopiq omborlarda saqlansa-pol, yog‘och panjaralar holati, brezent bor-yo‘qligi getabellards toylarni joylashtirilishi tekshiriladi. Paxta tolasi ochiq maydonlarda saqlansa- pol, yog‘och panjara, brezent borligi brezentni gitabel ustiga tarang yopilganligi, yomg‘irdan keyin quritilganligi nazorat qilinadi. Paxta tolasini omborlarda saqlanishini afzalligi shundaki ish jarayoni uzluksiz ta’minlanadi. Kamchiligi esa paxta tolasini omborlarda ko‘p vaqt saqlab bo‘lmaydi, chunki tola o‘z xususiyatlarini yo‘qotishi mumkin.
Paxtani qabul qilishda uning asosiy ko‘rsatkichlari, ya’ni iflosligi, namligi va navi aniqlanadi. Paxtaning bu ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun xo‘jaliklardan topshirishga olib kelingan har ikki tonnadan kamida uchta har xil qalinlikdagi joylardan (nuqtalardan) g namuna olinadi. Nuqtalardan olingan namunalar birlashtirilgan namunani hosil qiladi. Paxtani qabul qilish tayyorlov maskanlari mutaxassisi - klassifikator paxtaning navini paxtani topshiruvchi ishtirokida birlashtirilgan namunaning tashqi ko‘rinishi belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaning tashqi ko‘rinishi bilan solishtirish orqali aniqlaydi. Paxta topshiruvchi norozi hollarda paxta navi qabul kilish tayyorlov maskan laboratoriyasida asboblar yordamida topshiruvchi ishtirokida qaytadan tanlab olingan birlashtirilgan namuna yordamida paxtaning rangi va pishib yetilganlik koeffitsienti bo‘yicha aniqlanadi.
Paxtaning namligi va iflosligi qabul qilish tayyorlov maskanlarining laboratoriyasida paxta topshiruvchi ishtirokida olingan umumiy na’muna yordamida aniqlanadi. Paxtaning namligini aniqlash tezkor quritish asboblari yordamida amalga oshiriladi. Bulardan tashqari, quritish shkaflarida ham namlikni aniqlash tavsiya etiladi. Tezkor quritish asboblarida quritish harorati C, namunaning vazni g, quritish muddati 5 daqiqa. Quritish shkaflarida quritish harorati C, vazni 10 g bo‘lgan to‘rtta namunani byukslarga solinib, 4 soat davomida quritiladi.
Yigirish jarayonlari barqarorlashtirish va ishlab chiqarishni beto‘xtov amalga oshirish uchun har bir yigiruv korxonasida uch oyga yetarli miqdorda-gi paxta-xom ashyo omborlari bo‘lishi shart. Omborlar fabrikalardan ko‘pi bilan 50-150 m uzoqlikda joylashish kerak.
Paxta yonadigan va o‘ziga namni tez oladigan mahsulot bo‘lgani uchun om-borlar yong‘inga qarshi vositalar bilan to‘la ta’minlangan, quruq va qor-yomg‘irdan to‘silgan bo‘lishi kerak.
Paxtani o‘z o‘zidan yonib ketishining oldini olish maqsadida ventilyasiya shaxobchasi o‘rnatiladi.
Paxtani yigirishda texnikaviy nazorat xom ashyoni omborlarda saqlanish shart-sharoitlarini tekshirish bilan boshlanadi.
Texnik boshqarish qoidasiga asosan (PTE) tuzilgan jadval asosida komissiya a’zolari: bosh muhandis, ombor mudiri, sex boshlig‘i va xom ashyo laboratoriyasi mudiri quyidagilarni tekshirib turadilar: yopiq omborlarda- pol, tom, devorlar, oynalar holatini, toylar tagiga qo‘yilgan yog‘och panjaralar, mexanizatsiya qurilmalarini va yong‘inga qarshi kurashish asboblarini, toylarni texnika xavfsizligi qoidalari asosida joylashtirilganligini, yorilgan va ifloslangan toylar bor-yo‘qligini, tarozilarni to‘g‘riligini, ular tekshiruvdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarni tekshiradilar. Paxta tolasi usti yopiq omborlarda saqlansa- pol, yog‘och panjaralar holati, brezent bor-yo‘qligi getabellards toylarni joylashtirilishi tekshiriladi.
Yigirilgan ip ishlab chiqarish jarayonlaridan so‘ralgan chiziqiy zichlik va talabdagi ip ishlab chiqarishimiz uchun tola xossalarini shunday tanlashimiz keraki undan tannarxi kam va sifatli ip tayyorlansin.
23 teksli ip ishlab chiqarishda tola xossalarining ip pishiqligiga ta’sirini Sotton Incorporated dagi ko‘rsatkichlari 1.13-jadval keltirilgan.
1.13-jadval
Tola xossalarining ip pishiqligiga ta’siri
№
|
Tolaning xossalari
|
Yigirish usullari
|
Halqali
|
Pnevmomexanik
|
Tola xossalarini ip pishiqligidagi ulishi
|
1.
|
Tolaning uzilishdagi solishtirma kuchi
|
20%
|
24%
|
2.
|
Mikroneyr
|
15%
|
14%
|
3.
|
Uzilishdagi uzayish
|
5%
|
8%
|
4.
|
Tola uzunligi
|
22%
|
12%
|
5.
|
Tolaning uzunligi bo‘yicha noteksligi
|
20%
|
17%
|
6.
|
Rangi, nur qaytarish koeffitsienti
|
3%
|
6%
|
7.
|
Iflosligi
|
3%
|
6%
|
8.
|
Aniqdanmagan boshqa xossalari
|
12%
|
13%
|
Tola xossalari qarab iplarni solishtirma uzish kuchini bashorat qilish bo‘yicha ko‘pgina olimlar ishlaganlar ulardan V.A. Varashilov, A.N. Solovev, V.A.Usenko, K.I. Koritskim, A.N. Vanchikov va boshqalar.
Laboratoriya operativ va tajriba guruhlaridan iboratdir. Agarda korxonada mustaqil ilmiy tekshirish muassasasi bo‘lsa, u holda tajriba guruhi tuzilmaydi.
Operativ guruh - ish hajmi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi: xom ashyo guruhi, tayyor va yarim mahsulot sifatini tekshirish guruhi, texnologik jarayon va yigirish rejasini bajarilishini tekshiruvchi guruh.
Xom ashyo guruhi tola va chiqindini sifatini tekshirib, ularni tasdiqlangan miqdor bilan solishtiradi.
Tayyor va yarim mahsulot sifatini tekshirish guruhi ip va yarim mahsulotlarni tekshiradilar va ularni standart talabiga javob berish bermasligini aniqlaydi.
Uchinchi guruh texnologik jarayon va yigirish rejasini bajarilishini, yarim mahsulot sifatini va sexlardagi t va V (namlikni) miqdorini normaga to‘g‘ri kelish yoki kelmasligini tekshiradi.
Tajriba guruhlari bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan reja asosida ilmiy tekshirish ishlarini olib boradi.
Amaliy mashg’ulotni laboratoriya mudiri boshqaradi, uning huquqi asosiy sex boshliqlari huquqi bilan tengdir.
Namunalarni tajriba qilish uchun kerak bo‘lgan issiqlik va namlik darajasi.
Tola, yarim mahsulot va ip namunalarini fizik-mexanik xususiyatlarini tekshirish uchun standartda
Havoning nisbiy namligi , harorati bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |