Ii. Amaliy mashgulotlar materiallari 1-amaliy mashg’ulot Yigirishda mahsulot namligini nazorat qilish Ishning maqsadi



Download 2,97 Mb.
bet5/48
Sana31.12.2021
Hajmi2,97 Mb.
#210620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
YKSM amaliy-2

Paxta tolasidan saralanma tuzish

Saralanma bu har xil navdagi paxta tolalari aralashmasidan iborat bo'lib, ipni istalgan xususiyat bilan ta'minlaydi.

Yigirish korxonalarida ishlab chiqariladigan ipning asosiy qismi to'quvchilikda, kichik qismi esa trikotaj va tikuv iplari shuningdek texnik maqsadlarda ishlatiladi. Ipning maqsadiga qarab, u chiziqiy zichligi, uzish kuchi, tekisligi, tozaligi, elastikligi, silliqlik yoki nafislik darajasi bo'yicha ma'lum talablarga javob berishi kerak. Matolar uchun arqoq iplar ortib boradigan uzish kuchi, tekislik va elastiklik xususiyatlariga ega bo'lishi kerak. Trikotaj ishlab chiqarishda tekisligi va tozaligi oshirilgan iplar pishitilishdagi zo’rayishidan foydalanib qo’llaniladi. Yuqori uzish kuchiga ega bo’lgan tikuv iplari uchun yigirilgan iplar juda silliq va tekis bo’lishi kerak. Maqsadidan qat'iy nazar, ip turli xil chiziqiy zichliklarda ishlab chiqariladi. Juda ingichka iplar shuningdek juda mustahkam iplar olish uchun ingichka, uzun va mustahkam paxta tolasidan foydalaniladi. Melanj iplar ishlab chiqarishda o’rta tolali paxtaning faqat oliy navlaridan foydalaniladi. Xom ashyodan samarali foydalanish uchun yuqori chiziqiy zichlikdagi iplar ishlab chiqarish va saralanma tannarxini pasaytirish uchun ip yigirish korxonalarida turli xil o’timlardagi chiqindilardan foydalaniladi.

Turli maqsadlarda halqali va pnevmomexanik yigirish usullarida iplar ishlab chiqarish uchun ilmiy tekshirish institutlari va korxonalari takliflarini hisobga olgan holda tipli saralanmalar ishlab chiqiladi. Ko'pincha tavsiya etilayotgan saralanmalarga bir necha nav va tipdagi paxta tolalari kiradi.

Odatda tipli saralanmalar paxta tolasidan ishlab chiqariladi va kimyoviy tolalar - sun'iy va sintetik aralashmasidan foydalanib, aralash iplar ishlab chiqarishni ham nazarda tutadi.

Paxta tolasini kimyoviy tolalar bilan aralashtirishning quyidagi asosiy tarkiblari tavsiya etiladi:

- 15; 25; 33; 50% poliester tolasi va 85-50% paxta;

- 20-30% viskoza tolasi va 80-70% paxta;

- 33; 45% yuqori modulli viskoza tolasi va 67-55% paxta;

- 15-20% poliamid tolasi va 85-80% paxta.

Paxtani kimyoviy tolalar bilan aralashmasini tuzish qoidasi shundaki, aralashmaning paxta qismi muayyan maqsadga muvofiq va ma’lum chiziqiy zichlikdagi yigirilgan iplar ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan tipli saralanmalarga mos keladi. Shu bilan birga, tavsiya etilayotgan saralanmaning har bir paxta tarkibiy qismi kiritilgan kimyoviy tola ulushiga qarab kamayadi. Belgilangan kimyoviy tola ulushi tarkibiy qismlardan biri sifatida saralanmaga kiritiladi va shu saralanmaga kiritilgan qaytimlar va chiqindilar hisobga olinadi.

Har bir saralanmaning asosi bitta nav va bir xil tipdagi paxta tolasi (bazis tola) bo’lib, ikki komponentdan iborat aralashma tarkibida bazis tola kamida 60% bo’lishi kerak, uch va undan ortiq komponentlardan iborat aralashma tarkibida ipning ishlatilish maqsadiga qarab bazis tola kamida 40% bo’lishi zarur. Yuqori chiziqiy zichlikdagi iplarni ishlab chiqarish uchun past navli paxta tolasi va yigirish chiqindilaridan tashkil topgan saralanmalarda bazis tola bo’lishi shart emas.

Aralashma xossa ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida bazis tip va navdagi tolaga bir xil tipdagi yondosh yuqori nav yoki bir xil navdagi yondosh yuqori tipdagi paxta tolalari shuningdek, bazis tolaga yondosh paxta tolalari qo’shish mumkin.

Aralashmaning tannarxini kamaytirish uchun (ipni yetarlicha mustahkamlik zahirasi mavjud bo'lsa) bazis tip va navdagi tolaga bir xil tipdagi yondosh past navdagi paxta tolalari qo'shish tavsiya etiladi. Xuddi shu maqsadda, bir xil navdagi yondosh past tipdagi paxta tolalarini kiritishga ruxsat beriladi.

V navdagi paxta tolasidan apparat yigirish tizimida iplar ishlab chiqarish uchun aralashmalarda 40% gacha foydalanish mumkin. 60 teks va undan ortiq chiziqiy zichlikdagi arqoq iplarni ishlab chiqarish uchun saralanmada V nav paxta tolasidan 20% gacha miqdorda foydalanishga ruxsat beriladi.

Saralanmada qaytimlardan ham foydalanish tavsiya etiladi. Paxta tolasiga tegishli ishlov berilgandan so’ng momiq va tugunaklarni saralanmaga qaytarish tavsiya etiladi (bunda iplarning muayyan assortimentini ishlab chiqarishga mo'ljallangan aralashmalar bundan mustasno va bu tipli saralanma izohlarda ko’rsatilgan). 1-3-chi tipdagi paxta tolalariga tegishli ishlov berilgandan so’ng qayta taralgan ingichka pilik uzuqlarini uzun tolalardan iborat saralanmada foydalanish tavsiya etiladi, shuningdek, chiziqiy zichligi 11,8 teks va undan yuqori bo’lgan qayta tarash iplarini ishlab chiqarish uchun 3-tipdagi tolaga 4-tipdagi tolani qo’shish tavsiya etiladi.

Halqali yigirish usulida chiziqiy zichligi 34 teks va undan yuqori tanda iplari ishlab chiqarish uchun va chiziqiy zichligi 29 teks va undan yuqori bo’lgan arqoq iplari ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan saralanmada karda tarandisidan foydalanish tavsiya etiladi. Saralanmadagi karda tarandisi bilan bir qatorda, ko’rsatilgan chiziqiy zichlikdagi iplarni ishlab chiqarish uchun undan ham yuqori bo’lgan saralanmadagi karda tarandisidan foydalanish mumkin. 34-46 teks chiziqiy zichlikdagi xom iplarni ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan saralanmadagi karda tarandisi miqdori 6% dan oshmasligi zarur, chiziqiy zichligi 50 teks va undan yuqori iplar uchun esa 10% gacha bo'lishi kerak. Saralanmada chiziqiy zichligi
72 teks va undan yuqori melanj iplarni ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan saralanmada karda tarandisidan 15% gacha foydalanishga ruxsat beriladi. Shuningdek apparat iplarini ishlab chiqarishga mo’ljallangan saralanmada ham karda tarandisidan 20-25% gacha foydalanish mumkin.

Halqali yigirish usulida chiziqiy zichligi 29 teks va undan yuqori karda iplari ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan saralanmada qayta tarash tarandisi


(10 % gacha)dan foydalanish mumkin. Apparat iplari va texnik maqsadlarga mo’ljallangan iplar ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan saralanmada qo’shimcha komponentlardan biri sifatida qayta tarash tarandisidan foydalanishga ruxsat etiladi. Pnevmomexanik yigirish usulida chiziqiy zichligi 34 teks va undan yuqori karda iplari ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan saralanmada ham qayta tarash tarandisidan foydalanish mumkin. Shuningdek ro’zg’orbop matolar va trikotaj mahsulotlari talab qilinmaydigan, tegishli assortimentdan kamroq texnik matolar uchun mo’ljallangan saralanmada qayta tarash tarandisidan asosiy komponent sifatida foydalanish mumkin. Qayta tarash tarandisi miqdori ishlab chiqariladigan ipning chiziqiy zichligiga bog’liq va quyidagicha tuziladi: 25-29 teks iplar uchun – 25-35%, 36-50 teks iplar uchun 40-60% va 56 teks va undan yuqori iplar uchun – 65-75%.

Apparat yigirish tizimida arqoq iplar ishlab chiqarishga mo’ljallangan saralanmada karda tarandisi bilan bir qatorda tegishli tozalashdan so’ng titish-tozalash momig’i va tugunagi, tarash momig’i va tugunagi va toza supurindilardan karda tarandisi bilan birgalikda foydalanish tavsiya etiladi.

Yuqorida sanab o’tilgan qoidalarga javob beradigan har qanday saralanma odatiy holdir, chunki bu holda aralashmaning fizik-mexanik xususiyatlarining zarur darajasi, aralashmaning yetarli darajada tekisligi, texnologik jarayonning me’yoriy oqimi shuningdek yarim tayyor mahsulot va iplarning kerakli darajadagi bir xilligi ta’minlanadi. Aralashmaga yondosh bo’lmagan navlar va tiplarni kiritish tavsiya etilmaydi. Aralash tolalar uzunligidagi farq 3-4 mm dan oshmasligi va chiziqiy zichligi 18 mteksdan (saralanmada o’rta tolali bilan qo’shilgan uzun tolali paxta navlari aralashmasi bundan mustasno) oshmasligi kerak. Iste’molchi talabiga javob beradigan yuqori sifat ko’rsatkichlari bilan muayyan assortimentni ishlab chiqarishda bazis tola 60% dan yuqori miqdorda yoki bir-biriga yaqin tip va navdagi tolalar aralashmasidan iborat saralanmadan foydalanishga ruxsat beriladi.

Yigirish chiqindilaridan 50% gacha foydalanganda saralanma belgilarida dastlab paxta tolasi tiplari va navlaridagi belgilar, so’ngra “0” indeksi ko’rsatiladi. Yigirish chiqindilaridan 50% dan yuqori miqdorda foydalanganda saralanma belgilarida dastlab “0” indeksi, so’ngra paxta tolasi tiplari va navlaridagi belgilar ko’rsatiladi. 1.22-jadvalda xom tanda iplar ishlab chiqarish uchun tipli saralanmada misollar keltirilgan. 1.23-jadval turli xil variantlardagi saralanmalarda aralashma komponentlari tarkibi ruxsat etilishi mumkin bo’lgan farqlar keltirilgan.

1.22-jadval

O’rta tolali I nav paxta tolasidan xom tanda karda iplari ishlab chiqarish uchun tipli saralanmadan namunalar



Nominal chiziqiy zichlik, teks

Tipli saralanma

Izohlar

11,5 dan 12 gacha

4-I, 4-II

Paxta tolasi 4-tip I nav 85%

4-I, 4-II, 4-0

4-II, 4-I



Aralashmaga faqat qaytimlar kiritiladi

18 dan 22 gacha

5-I, 5-II, 4-I

5-I, 5-II, 4-II

5-I, 5-II, 4-I, 4-II


4-tip I nav paxta tolasi ko’pi bilan 20%

Saralanma belgilarida arab raqamlari paxta tolasining tipini, rim raqamlari esa sanoat navini bildiradi. Masalan, saralanmadagi 1-I yoki 5-II bir xil tip va navdagi bir nechta tola partiyalaridan iborat bo’lib, stavkalar soni kamida oltitadan iborat bo’lishi kerak.

Ko’pincha tavsiya etilgan saralanma bir necha tip va navdagi tolalarni o’z ichiga oladi. Masalan, 5-I, 5-II, 6-I saralanma tarkibi 3 ta tip va I va II navlardan iborat. Bu holda saralanmada paxta tolasining bazis tipi va navi birinchi o’ringa qo’yiladi, so’ngra bir xil tipdagilari biroq undan past yoki yuqori navdagi paxta keyin bir xil navdagi paxta tolalarining pastki va yuqori tiplari belgilanadi.

Odatda paxta tolasidan iborat tipli saralanmalarda faqat tavsiya etilgan aralashmalar beriladi. Yigirish korxonalarida yuqorida ko’rsatilgan qoidalarga muvofiq omborxonalarda saralanmaning alohida variantlari paxta tolasi tipi va sanoat navi hisobga olinishi kerak.

Korxonalarda ishchi saralanma tuzishda aralashmalarning asosiy variantlari keltirilgan tipli saralanmadan foydalaniladi.

1.23-jadval

Turli xil variantlardagi paxta tolalari tipli saralanmalari tavsifi.

Aralashmalarning belgilanishi

Aralashma tarkibining qisqacha tavsifi

Saralanmalar tarkibida ruxsat etilgan komponent miqdori

1-I,5-II va bosh.

Aralashma faqat bitta tipdagi va navdagi paxta tolasidan iborat bo’lib, unga qaytimlar va yigirish chiqindilari qo’shilgan

Paxta tolasi: 1-tip I nav – kamida 97%; qaytimlar; Paxta tolasi: 5-tip II nav – kamida 95%; qaytimlar, momiq va halqachalar

5-I, 5-II

Aralashma bazis tip va navdan hamda bir xil tipdagi lekin past navdagi paxtadan shuningdek qaytimlar va yigirish chiqindilaridan iborat

Paxta tolasi: 5-tip I nav – kamida 60%; qaytimlar; 5-tip II nav – ko’pi bilan 35%; qaytimlar, momiq va halqachalar

5-I, 5-II, 6-I

Aralashma bazis tip va navdagi paxta tolasidan va bir xil tipdagi unga yondosh past navdan yoki bir xil navdagi yondosh past tipdan, qaytimlar va yigirish chiqindilaridan iborat

Paxta tolasi: 5-tip I nav – kamida 40-60%; 5-tip II nav –35-20%; 6-tip I nav – 20-15% qaytimlar, momiq va halqachalar

5-II, 5-III,

5-I


Aralashma bazis tip va navdagi paxta tolasidan hamda bir xil tipdagi yuqori yoki past bo’lgan yondosh navlardan, qaytimlar va yigirish chiqindilaridan iborat

Paxta tolasi: 5-tip I nav – kamida 40-60%; qaytimlar; 5-tip III nav – 35-20%; 5-tip I nav – 20-15%; qaytimlar

2-I, 1-I

Aralashma bazis tip va navdagi paxta tolasidan bazis tipdagidan yuqori tipdagi yoki yondosh navdan, qaytimlar va yigirish chiqindilaridan iborat

Paxta tolasi: 2-tip I nav – kamida 60%; 1-tip II nav – 5-37%; qaytimlar

5-III, 6-IV,

4-IV


Aralashma bazis tip va navdagi paxta tolasidan, bazis navdagi yoki yondosh navdagidan, bir xil tipdagidan yuqori yoki past bo’lgan yondosh tipdan, qaytimlar va yigirish chiqindilaridan iborat

Paxta tolasi: 5-tip III nav – kamida 40-60%; 6-tip IV nav –35-20%; 4-tip IV nav – 20-15%; qaytimlar, yigirish chiqindilari

Izoh. Saralanmaga 3 ta tipdagi paxta tolalari kiritilgan holda 34 teks va undan yuqori chiziqiy zichlikdagi iplar ishlab chiqarish uchun tavsiya etiladi.

Tipli saralanma texnologik jarayonni tartibga soladigan rejimlar bo'yicha va paxta yigirish korxonalarining texnik qoidalari va foydalanish qoidalariga muvofiq, rejadagi ishlab chiqarish rentabelligi orqali birinchi va yuqori navli yigirilgan iplar ishlab chiqarish imkonini beradi.

Agar tipli saralanmalarga qaraganda 1-2 nav pastroq ip ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo’lsa, unda ishchi saralanmada paxta tolasi bazis navi mos ravishda 1-2 nav past bo’lgan aralashmadan foydalanish kerak bo’ladi. Bazis navga qo’shimcha komponent sifatida ipning fizik-mexanik xususiyatlarini o’zgartirmasdan 10% gacha shtapel tola kiritish mumkin.

Saralanma tuzish shartlarida ularga bir xil tipdagi yondosh yuqori navdagi yoki bir xil navdagi yondosh yuqori tipdagi yoki yondosh bazis navdagi paxta tolasidan 25% gacha kiritishni tartibga soladi. Yigirilgan ip uchun yetarlicha mustahkamlik zaxirasi orqali aralashma tannarxini pasaytirish uchun bazis paxta tolasidagi navga bir xil tipdagi yondosh past navdagi paxta tolalarini qo’shish tavsiya etiladi. Shu maqsadlar uchun aralash paxta tolasiga bir xil navdagi yondosh tipdagisini yoki yondosh navdagi tolani qo’shish tavsiya etiladi.

Yaxshi saralanma tuzishning muhim sharti uzunligi, chiziqiy zichligi, pishib yetilganligi, uzish kuchi va namligi bo’yicha bir xil yoki bir-biridan biroz farq qiladigan paxta tolasining eng ko’p miqdordagi markalaridan iboratligidir. Bunday sharoitda bitta markaning tolasini yangisiga almashtirish aralashmaning xossa ko’rsatkichlarini o’rtacha og’irligini ozgina o’zgartirishi mumkin. Shuning uchun mashinalarda optimal cho’zishlar, buramlar va razvodkalarni ushlab turish mumkin bo’ladi. Bu uzoq vaqt davomida barqaror texnologik jarayon uchun yaxshi shartdir. Shundan kelib chiqqan holda, yigirish korxonalarida saralanma kamida 8-10 markadan minimal ruxsat etilgan miqdori teng 6 markadagi paxta tolasidan tuziladi.




Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish