Nazorat savollariga javoblar



Download 28,02 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi28,02 Kb.
#246569
Bog'liq
top



Nazorat savollariga javoblar:

  1. O’lchashlar menejmenti tizimi modeli haqida tushuncha bering.

O’lchashlar menejmenti tizimi umumiy menejment tizimining bir qismi bo’lib hisoblanadi. Ushbu standart o’lchash jarayonlari menejmenti va metrologik tasdiqlanishiga taaluqli bo’lgan umumiy talablar va rahbariy ko’rsatmalarga ega bo’lib ISO/IEC 17025 standart talablarini to’ldirish yoki almashtirish uchun mo’ljallangan. Ushbu standartda qo’llangan ba’zi atamalarning izohini keltirib o’tamiz. Standartda ISO 9000 va VIM dagi atama va ta’riflardan foydalanilgan.

- o’lchashlar menejmenti tizimi bu metrologik tasdiqlanishga erishish va o’lchash jarayonlari ustidan uzluksiz nazorat qilish uchun o’zarobog’liq va o’zarota’sirlanuvchi elementlar birlashmasidir.

- o’lchash jarayoni – bu kattalikning qiymatini aniqlash bo’yicha tadbirlar birlashmasi;

- o’lchash uskunasi – bu o’lchash asboblari, dasturiy ta’minot, o’lchov etalonlari, etalon materiali yoki yordamchi vosita yoki o’lchash jarayoni uchun zarur bo’lgan boshqa vositalarning majmuasi;



  1. - metrologik xarakteristika – bu o’lchash natijalariga ta’sir ko’rsata oladigan farqli xususiyat. O’lchash uskunasi bir nechta metrologik xarakteristikalarga ega bo’lish mumkin. Ushbu xarakteristikalar qiyoslash ob’ekti bo’lib hisoblanadi.

  2. - metrologik tasdiqlanish – bu o’lchash uskunasining mo’ljalli foydalanishiga muvofiqligini ta’minlovchi zaruriy metrologik tadbirlar majmuasi;

  3. - metrologiya xizmati – o’lchashlar menejmenti tizimini joriy qilish uchun ma’muriy va texnik javobgar bo’lgan xizmatdir.

  1. O’lchash jarayonlariga qo’yiladigan talablar tahlili sanab o’ting.

Metrologik talablar, iste’molchi, tashkilotlar, hamda qonuniy va reglament talablari asosida o’rnatilishi kerak, shunday loyixalashtirilgan o’lchash jarayonlari ushbu talablarga javob berishi uchun xujjatlashtirilishi, baholanishi va agar zarur bo’lsa, iste’molchi bilan kelishilishi kerak. Undan tashqari har bir alohida o’lchash jarayoni uchun uning mos elementlari va boshqarish usullari aniqlanishi zarur. Ushbu elementlar va boshqarish usullari operatorlarga bo’lgan ta’sir ko’rsatishlarni, qurilmalar, uskunalar, atrof-muxit sharoitlari, ta’sir etuvchi kattaliklar va qo’llaniladigan usullarning jamlanishi talab etiladi.

O’lchash jarayonini tavsiflashda quyidagilarni aniqlash zarur:



  1. -mahsulotlar sifatini ta’minlash uchun qanday o’lchashlarning talab etilishi;

  2. -o’lchash usullari;

  3. -o’lchashlarni bajarish uchun talab etiladigan qurilmalar va ularning tafsiloti;

  4. -o’lchashlarni bajaruvchi xodim uchun zaruriy ko’nikmalar va kvalifikatsiyasi.

O’lchash jarayonlari boshqa baholangan jarayonlarning natijalari bilan solishtirish asosida baholanishi yoki jarayon xarakteristikalarining doimiy tahlili yordamida baholanishi mumkin. O’lchash jarayonlari shunday loyihalashtirilishi kerakki, bunda, xatoli natijalarga yo’l qo’ymasligi hamda noaniqliklarni tezkor aniqlash va o’z vaqtida tuzatuvchi harakatlar bilan ta’minlanishi kerak. O’lchash jarayoniga ta’sir etuvchi kattaliklar miqdoran baholanishi kerak.

O’lchash menejmenti tizimidagi barcha auditlarning natijalari va tizimga kiritilgan o’zgarishlar yozilishi kerak. Auditorlar, o’zlarining javobgarligi bo’lgan uchastkalarni tekshirishlari mumkin emas. O’lchashlar menejmenti tizimining auditi tashkilot menejment tizimi auditlarining qismi sifatida bajarilishi kerak. ISO 19011 audit tizimlari bo’yicha rahbarlikni ta’minlaydi. Ixtiyoriy o’lchash jarayonidagi olingan natijalarga shubha uyg’onsa, yoki natijalar noto’g’ri bo’lsa, u holda ushbu natijalar identifikatsiyalanishi va tuzatuvchi amallar bajarilmaguncha ulardan foydalanilmaydi. Nomuvofiqligi aniqlanganligi sababli modifikatsiyalangan o’lchash jarayoni foydalanilishidan oldin baholanishi kerak.



  1. O’lchash uskunalariga qo’yiladigan talablar tahlili qaysilardan iborat.

Metrologik jihatdan tasdiqlanish uchun o’lchash uskunasi amaldagi qiyoslash statusiga ega bo’lishi kerak. O’lchash uskunasi avvalo, boshqariladigan muhitda foydalanilishi yoki to’g’ri o’lchash natijalarini ta’minlovchi muhitda bo’lishi kerak. Monitoring va ta’sir etuvchi kattaliklarni fiksatsiyalash uchun foydalaniladigan o’lchash uskunalari o’lchashlar menejmenti tizimiga kiritilgan bo’lishi zaruriy shartdir. O’lchash uskunalari uchun rahbariy qo’llanmalar mavjud. Hususan, o’lchash uskunasi konkret o’lchash jarayonlarda foydalanish uchun metrologik tasdiqlanishi va boshqa o’lchash jarayonlari uchun metrologik talablarda farq bo’lganligi uchun tasdiqlanmasligi mumkin.

O’lchashlar menejmenti tizimiga kirib keluvchi va tizimdan chiqarib yuboriluvchi o’lchash uskunalarini rasmiylashtirish bo’yicha muolajalar bo’lishi kerak. Ixtiyoriy tasdiqlangan o’lchash uskunasi: - buzilgan;

- o’ta yuklangan;

- foydalanib bo’lmay qolgan;

- noto’g’ri natijalar bersa;

- buzilgan yoki plomba singan;



- tashqi kattaliklar ta’siriga berilgan bo’lsa, ekspluatatsiyadan identifikatsiyalangan markalash orqali olib tashlanadi.

O’lchash uskunasining nomuvofiqligi tekshirilishi va nomuvofiqligi to’g’risida hisobot tayyorlanishi kerak. Bunday uskunalarning nomuvofiqligi bartaraf qilinib ularning metrologik xarakteristikalari tiklangach yana qayta ekspluatatsiyaga qo’yiladi. Quyida o’lchash uskunalari uchun metrologik tasdiqlash va metrologik xarakteristikalarga oid talablar tahlilini keltiramiz. Metrologik tasdiqlash jarayoni ikkita kirishga, ya’ni, iste’molchining metrologik talablari va o’lchash uskunasining metrologik xarakteristikalariga va bitta chiqishga o’lchash uskunasining metrologik tasdiqlanganligi statusiga ega bo’ladi.
Download 28,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish