- Fazoni idrok qilish.
- Monokulyar va binokulyar ko’rish. Stereoskopik idrok.
- Fazoni eshitish orkali idrok qilish. Musiqani va nutqni idrok qilish.
- Rangni idrok qilish.
- Vaqtni idrok qilish.
- Xatti-xarakatini idrok qilish.
- Ekstrasensor idrok.
Fazoni idrok qilish – voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda egallagan o`rnini, shaklini, miqdorini va bir-biriga nisbatan munosabatlaridan iborat bilish jarayonining shakli bo`lib, voqelikni idrok qilish orqali inson borlik to`g’risida, uning xususiyatlari, hajmi, masofasi (ich tomoni, chuqurligi) yuzasidan muayyan ma’lumotlar, xossalar, axborotlar to`plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo`ladi. Fazoni idrok qilish – voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda egallagan o`rnini, shaklini, miqdorini va bir-biriga nisbatan munosabatlaridan iborat bilish jarayonining shakli bo`lib, voqelikni idrok qilish orqali inson borlik to`g’risida, uning xususiyatlari, hajmi, masofasi (ich tomoni, chuqurligi) yuzasidan muayyan ma’lumotlar, xossalar, axborotlar to`plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo`ladi. Makonni idrok qilish shakl va predmetni idrok qilishdan tubdan farqlanadi. U boshqa tizimlarga tayanadi. Ko‘pgina faylasuflar bu holatni tug‘ma yoki tug‘ma emasligi bo‘yicha baxslashganlar. Tug‘ma degan olimlar nativizmga asos solgan bo‘lsalar, o‘rgatish natijasida degan g‘oyalarni empirizm nazariyachilari aytib o‘tishgan. Hozirgi kunda makonni idrok qilish o‘zining bir qator tamoyillariga ega ekanligini kuzatishimiz mumkin. Uning rivojlanishi turli darajalarda amalga oshirilishi mumkin. Bunda uch o‘lchamli idrok qilish jarayoni muhim o‘rinlardan birida turadi. Makonni uch o‘lchamli idrok qilishda ichki quloqdagi suyuqlikning o‘rni kattadir. Inson kallasining formasini o‘zgartirsa, kanallarni to‘ldirib turuvchi suyuqlikning holati o‘zgaradi. Bu apparat ko‘z harakati muskullari bilan bevosita bog‘liqdir, har bir vestibulyar apparatdagi o‘zganish ko‘z harakatining reflektor o‘zgarishiga olib keladi. Tana harakatining juda tez xarakatlanishi vaqtida o‘zgarishi ko‘z harakatining pulsatsiyasiga olib kelishi mumkin, bu nistagma deb nomalanib, bular ko‘z harakatining davomli haraktini ta’minlaydi, masalan mashinada yurish vaqtida namoyon bo‘lishi mumkin. Makonni idrok qilishining yana bir ko‘rinishi bu uning ko‘lami hisoblanadi, bu binokulyar ko‘rish apparati hisoblanadi. YAxshi ma’lumki idrokning ko‘lami uzoqligi ikki ko‘z orqali idrok qilinsa yaqqoroq namoyon bo‘ladi. Buning uchun predmetlar aynan ko‘z to‘riga tushishi talab qilinadi. Agar konvergensiya holatida ko‘rinmas kamchiliklar yuzaga kelsa, u holda predmetlarning uzoqlik holatlari shakllanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |