Predmetni idrok qilishni rivojlanishi. Idrok kattalarda qanday bo‘lsa hammada shunday bo‘lishi kerak degan tushuncha xato hisoblanadi. Tadqiqotlarni ko‘rsatishicha idrokni rivojlanishi juda murakkab jarayonlardan biri hisoblanadi. Rivojlanish bosqichida sonli rivojlanish emas, balki sifatiy rivojlanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda idrokning oddiy shakllari murakkab shakllarga asta sekinlik bilan o‘zgaradi, uning tarkibida esa amaliy faoliyat turadi va bunda nutqning o‘rni ham katta bo‘ladi. Masalan bolaning rivojlanish jarayonida birinchi sezgi, so‘ngra idrok jarayonlari shakllanadi, uning kulishi onasining kayfiyatiga holatiga bog‘liq bo‘ladi. Birinchi idrok jarayoni bolada predmetlarga tashlanish vaqtida paydo bo‘ladi degan fikrlar mavjud. G.L.Rozengardt-Pupkoning fikricha 1,5-2 yoshli bola predmetlarni alohida sifatlariga qarab ajrata boradi, ularning idroklar kattalarning idroklariga o‘xshamaydi. SHu yoshda bolalarga yumshoq o‘yinchoqni olib kel debbuyruq berilsa, u yumshoq matoni ham ko‘tarib kelishi mumkin, chunki u yumshoq degan holatga o‘z e’tiborini qaratishi mumkin. CHinni o‘rdakchani olib kel degan buyruq berilsa, u chinnidan yasalgan hamma narsani olib kelishi mumkindir va boshqalar. A.A.Lyublinskiyning fikriga ko‘ra idrok jarayoni so‘zlarga qo‘shilsa tubdan o‘zgarishini kuzatishimiz mumkin, ular so‘z orqali ifoda qilinganda tasvirlarni alohida ko‘rsatish imkonini beradi, nutqni tushunadigan bola idrok qilishda kamroq xatoga yo‘l qo‘ya boshlaydi, ularni birinchisidan ikkinchisini farqlay boshlaydi. Nutqning ta’sirida bola murakkab holatlarni ham idrok qila boshlaydi. Keyingi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, nutqda ifoda qilishdan so‘ng qo‘l orqali ifoda, paypaslash, ko‘rish orqali idrok jarayonlari ishtirok etishi mumkin. bu xatti harakatlar boshida xaotik xarakterga ega hisoblanadi, ma’lum bir vaqtdan so‘nggina tartiblashgan jarayonga aylanishi mumkin. Demak idrok jarayonini rivojlanishi faoliyatning shakllanishi orqali murakkablashishi mumkin. Tez va bir vaqtning o‘zida ko‘rish orqali predmetlarni idrok qilish mumkin, bu yo‘naltirilgan tadqiqot faoliyati deb nomlanadi va bu holat ichki persepsiya jarayoniga aylanadi. Bu Zaporojetsning tadqiqotlarida o‘z ifodasini topgan, uning fikriga ko‘ra oddiy rangni idrok qilish jarayonida ham bola vaziyatni tadqiq qilgach uning holatini idrok qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkindir. YOsh bolalarning idrokini o‘rganish vaqtida nemis psixologi V.SHternning fikrini ham keltirib o‘tish joizdir. Bunga ko‘ra bola surat va vaziyatlarni idrok qilish vaqtida to‘rta asosiy bosqichni aniqlaydi: 1) birinchi bosqichda bola faqat alohida predmetlarni idrok qiladi; 2) ikkinchi bosqichda faoliyatni idrok qiladi; 3) uchinchi bosqichda bola buyumlarning sifatini idrok qiladi; 4) to‘rtinchi bosqichda esa buyumlar orasidagi murakkab munosabatlarni idrok qiladi. Bu qarashlar psixologiya fanida juda uzoq muddat davomida saqlanib qolgan. Biroq 19 asrning 20 yillarida L.S.Vigotskiy tomonidan bu farazga qarama qarshi fikr vujudga kelgan, uning fikricha yosh bola butun bir vaziyatlarni idrok qiladi, shundan so‘nggina uning alohida shakllarini idrok qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. U bu holatni bolalarga syujetli voqealarni tasvirlab emas, o‘ynab ko‘rsatib berishini so‘rab isbotlagan. Bola alohida predmetlarni tasvirlagan vaqtda, unga bu holatni o‘ynab ko‘rsatib ber deganda voqealarni aniqroq tasvirlab berish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bu holatda SHterning fikrini nutqni rivojlanish bosqichi deb aytib o‘tgan. Bu holat bolaning nutqi rivojlanishini juda muhim ekanligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |