Icmailov Astan Ibragimovich Bokiyev Abdujolol Abdulxamitovich


 Maxsus o‘zgaruvchan tok mashinalari



Download 9,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/229
Sana03.03.2023
Hajmi9,5 Mb.
#915982
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   229
5.3.5. Maxsus o‘zgaruvchan tok mashinalari 
Ko‘p rotorli asinxron motor
. Ko‘p rotorli deb atalgan reversiv elektr 
motorning ishlash prinsipi ilgaridan ma’lum bo‘lgan kamonsimon statorli 
asinxron motorning ishlash prinsipidan kam farq qiladi. 5.3.14-rasmda 
O‘zbekiston energetika va avtomatika ilmiy tadqiqot institutining xodimlari 
tomonidan yaratilgan orginal tuzilishli ko‘p rotorli asinxron motor ko‘rsatilgan. 
Bunda – 1 – motor statori va 2 – uning rotorlari. 


299 
5.3.14-rasm. Ko’p rotorli asinzron motor 
Ko‘p rotorli asinxron motor paxta terish mashinasining asosiy ish organi 
bo‘lmish shaindellarning yuritmasi uchun maxsus yaratilgan. Bunday motorning 
statori faza rotorli asinxron motorning rotori tuzilishiga o‘xshabsh bo‘lib, uning 
pazlariga 
AA
chizig‘i bo‘yicha bo‘lingan ikkita uch fazali chulg‘am o‘rnatiladi. 
Stator atrofidagi silindr shaklli barabanga o‘rnatilgan shpindellarning uchi bu 
motorning qisqa tutashtirilgan rotorlari bilan tugaydi. Demak, motor 
rotorlarining soni paxta terish mashinasining barabaniga o‘rnatilgan shpindellar 
soniga teng qilib olinadi. 
Stator chulg‘amlari elektr tarmog‘iga ma’lum tartibda ulansa, ularda 
qarama-qarshi yo‘nalishdagi yuguruvchi deb atalmish magnit maydonlari hosil 
bo‘ladi. Bu magnit maydonlar bilan qisqa tutashtirilgan rotorlarni kesilishi 
natijasida hosil bo‘luvchi elektromagnit kuchlar ta’sirida 
AA
chizig‘ining chap 
tomonida joylashgan rotorlar bir tomonga, o‘ng tomonidagilar teskari tomonga 
aylanadi. Bunda paxtani terish zonasida joylashgan shpindellar bir tomonga, 
shpindellarga o‘ralgan paxtani chuvib yig‘ishtirish zonasida joylashgan 
shpindellar esa teskariga aylanib, paxtani terish texnologiyasiga muvofiq 


300 
harakat olinadi. Har bir shpindel ham o‘z o‘qi atrofida, ham baraban bilan 
birga berilgan o‘zgarmas chastotada aylanish sababli, uning terish va 
yig‘ishtirish zonalari bilan aniqlanuvchi AA chizig‘idan o‘tishi bilan 
shpindelning aylanish yo‘nalishi kontaktsiz ravishda o‘z-o‘zidan o‘zgaradi. 
SHuning uchun ham bunday motor ko‘p rotorli reversiv elektroplanetar 
asinxron motor deb atalgan. Hozirgi paxta terish mashinalarining shpindellari 
tasmali uzatma bilan harakatga keltiriladi. shpindellarning aylanish yo‘nalishi 
0,5÷0,7 sek davomida o‘zgarishi sababli tasmalarni 30÷40 soatdan so‘ng 
almashtirish kerak. Tasmalarni yangilab turish vaqti amalda mo‘ljaldagidan 
ancha kam bo‘ladi. bundan tashqari, tasmali uzatma bilan terish va yig‘ishtirish 
zonalarida joylashgan shpindellarni turli optimal chastotalarda aylantirish va 
bunda ularning aylanish mo‘‘tadilligini saqlash to‘la ta’minlanmaydi. 
Paxta terish mashinasining shpinellari yuritmasi uchun ko‘p rotorli reversiv 
elektroplanetar asinxron motordan tashkil topgan elektr yuritma qo‘llanilsa, bu 
yuritmaning ishlashdagi mo‘‘tadilligi hamda ishonchliligi ortadi, uni avtomatik 
boshqarish, shpindellar chastotasini elektr usulda rostlash imkoni olinadi.
Motor statori chulg‘amlarini tok bilan ta’minlashda hosil qilingan 
asimmetriya asosida shpindellar (rotorlar) ni o‘z o‘qi atrofida aylantirishdan 
tashqari, ular o‘rnatilgan barabanni ham berilgan o‘zgarmas chastotada 
aylantirish mumkin. 
Bunda paxta terish mashinasining kinematikasi ancha soddalashib, uning 
texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari keskin ravishda ko‘tariladi. Ko‘p rotorli 
asinxron motordan tashkil topgan elektr yuritmadan to‘qimachilik mashinalari 
va shu kabilarda ham foydalanish mumkin. Bunday elektr motorining foydali 
ish koeffitsienti 
bo‘ladi. 

Download 9,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish