91
2.1.7-rasm. Voltmetrni tok transfor-matori orqali ulab o‘lchash sxemasi.
2.3.2. Quvvat va elektr energiyani o‘lchash.
Uzgarmas tok zanjirlarida quvvatni ampermetr
va voltmetr yordamida
o‘lchash mumkin. Buning uchun bir vaqtda ikki asbobning ko‘rsatishini
yozib olish va so‘ngra o‘lchangan tok va kuchlanish qiymatlari o‘zaro
ko‘paytiriladi. Bu holda ulchash aniqligi ancha pasg bo‘ladi, shuning
uchun o‘zgarmas tok quvvatini o‘lchash uchun amalda elektrodinamik vattmetr
ishlatiladi. [1]
O‘zgaruvchan tok zanjirida quvvatni ampermetr va voltmetr bilan
o‘lchab bo‘lmaydi, chunki o‘zgaruvchan tok
zanjirining quvvati tok va
kuchlanishdan tashqari qo‘vvat koeffitsienta cos
φ
ga ham bog‘liqdir.
Demak, o‘zgaruvchan tok quvvatini ampermetr,
voltmetr va fazometr bilan
o‘lchash mumkin degan xulosa chiqadi. Ammo bunday o‘lchash ancha
noqulaydir, chunki bir vaqtning o‘zida uchta asbobning ko‘rsatishini
yozib olish ancha qiyin, ikkinchi tomondan quvvatni o‘lchashdagi
xatolik
uchta asbob ayrim xatoliklariga bog‘liq bo‘ladi. SHuning uchun o‘zgaruvchan
tok zanjirlaridagi quvvat faqat elektrodinamik va ferrodinamik vattmetrlar
bilan o‘lchanadi.
92
Elektrodinamik vattmetrlarning aniqligi ferrodinamik vattmetrnikiga
nisbatan yuqori bo‘lganligi uchun ularni yukori aniqlik bilan o‘lchash
kerak bo‘lganda hamda yuqori chastotali (2000 Gs gacha) o‘zgaruvchan
tok zanjirlarida ishlatiladi.
YUqori chastotali quvvatlarni o‘lchashda
termoelektrik va elektron
vattmetrlardan ham foydalanish mumkin. Ferrodinamik vattmetrlar,
asosan, sanoat chastotasida shchit asbob sifatida ishlatiladi.
Bir fazali o‘zgaruvchan tok zanjiridagi aktiv quvvatni Uch fazali
tok zanjiridagi aktiv quvvatni o‘lchash
uchun bitta, ikkita va uchta vattmetr
usullaridan foydalaniladi.
Uch simli simmetrik zanjirning aktiv quvvatini bitta vattmetr usulida
o‘lchash. Simmetrik sistemalarda uch fazali quvvatni o‘lchash
uchun bitta
vattmetrdan foydalansa bo‘ladi, chunki bunda iste’molchilarning toki,
kuchlanishi, faza siljishi va har bir fazadagi aktiv quvvat bir xil
bo‘ladi.
Iste’molchilarning aktiv kuvvatini o‘lchash uchun vattmetrni ulash
sxemasi 2.1.8-rasmda keltirilgan. Rasmda vattmetr chulg‘amlarining bosh
uchlari yulduzcha bilan belgilangan. 2.1.8-
rasmda aktiv quvvatni
o‘lchash uchun vatgmetrni sun’iy neytral nuqta orqali ulash sxemasi
keltirilgan. CHunki ko‘pgina hollarda neytral nuqtaga ulash va
uchburchakni uzish mumkin bo‘lmay qoladi.
93
2.1.8-rasm. Iste’molchilarning aktiv kuvvatini o‘lchash
sxemalari
Qarshilik R
2
va R
3
lar vattmetrdagi kuchlanish cho‘lg‘amining qarshiligi
R
w
ga teng bo‘lishi (R
2
=R
3
=R
w
) shart.
Uch fazali sistemaning aktiv quvvatini aniqlash uchun to‘rtala
sxemada ham vattmetr ko‘rsaggan quvvat Pw ni uchga ko‘paytirish
kerak:
P=3P
w
.
Do'stlaringiz bilan baham: