Ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari va endokrin kasalliklari



Download 208,5 Kb.
bet7/9
Sana28.03.2022
Hajmi208,5 Kb.
#514031
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ichki sekretsiya bezlarining yosh x

GIPOFIZ GIPERFUNKSIYaSI

Gipofiz adenomalari

Gipofiz giperfunksiyasining eng ko‘p uchraydigan sababi, yuљorida aytib o‘tilganidek, gipofiz adenomalaridir, bular gipofizar gormonlar ishlanib chiљishini kuchaytirish xossasiga ega bo‘ladi. Adenomalarning uch xili tafovut etiladi: birinchi xili, prolaktin ishlab chiљaruvchi laktotrop ќujayralardan; ikkinchi xili o‘sish gormoni ishlab chiљaruvchi somatotrop ќujayralardan; uchinchi xili adrenokortikotrop gormon ishlab chiљaruvchi kortikotrop ќujayralardan tuzilgan bo‘ladi. Boshљa turdagi gipofizar ќujayralar ya’ni follikulinlarni jonlantiruvchi, lyuteinlashtiruvchi va tireotrop gormonlarni ishlab chiљaradigan gipofizar ќujayralardan iborat adenomalar kam uchraydi. Adenomalarning ќammasi monoklonal bo‘ladi va faљat bitta gormon ishlab chiљaradi. Ikki xil ќujayralardan tuzilgan yoki bir xilda bo‘lsa ќam ikki xil gormon ishlab chiљaradigan ќujayralardan tashkil topgan adenomalar juda kamdan-kam uchraydi.


Gormon ishlab turadigan adenomalar kattaligi jiќatidan ќar xil bo‘ladi, juda kichiklari - mikroadenomalar (diametri 10 mm dan kichik) ќam, 5 sm ga boradigan va undan ko‘ra kattaroљ bo‘ladigan yirik adenomalar ќam uchrab turadi. Bu o‘smalarning ko‘pchiligi kapsulalarga o‘ralgan bo‘ladi, lekin yirik o‘smalar turk egariga ќam tarљalib, ponasimon suyakni yemirib borishi va ko‘ruv nervlari chatishmasini bosib љo‘yishi mumkin. Adenoma ponasimon bo‘sh sinus tomoniga ќam o‘sib borib, sinus ichiga o‘tishi ќam mumkin. Bunday ќollarda shu «invaziv» adenomani yanglishib, invaziv rak deb o‘ylash mumkin. Gipofiz mikroadenomalari yirik o‘smalardan ko‘ra ko‘proљ uchraydi va 25 foiz ќollarda faљat autopsiya maќalida topilishi mumkin. Ularni, ayniљsa kapsulasi bo‘lmaganda giperplaziya o‘choђidan ajratish љiyin bo‘ladi.
Makroskopik jiќatdan olganda, yirik adenomalar odatda yumshoљ bo‘lib, kesib ko‘rilganida љizђish-љo‘nђir rangi bilan ajralib turadi. Unda nekroz o‘choљlari bo‘lishi mumkin (chunki adenoma gipofizni љon bilan ta’minlovchi tomirlarni bosib љo‘yadi). Љon љuyilib љolgan joylar ќam uchraydi (gipofiz apopleksiyasi). Gipofizning intakt to‘љimasi o‘sma bilan bosilib, atrofiyaga uchraydi. Mikroskop bilan tekshirib ko‘rilganida, adenoma monomorf epitelial ќujayralardan iborat bo‘lib chiљadi. Bu ќujayralar uyalar yoki tortmalar ko‘rinishida joylashgan bo‘lib, ba’zan bezsimon yoki papillyar tuzilmalarni ќosil љiladi. O‘z tuzilishiga ko‘ra gipofizning epitelial ќujayralariga o‘xshab ketadi. Adenoma ќujayralari dumaloљ, tuxumsimon yoki ko‘pburchakli shaklda bo‘lishi bilan ajralib turadi, ularning sitoplazmasi yaxshi ifodalangan bo‘lib, granulalari bor. Yadrosi kichikroљ, ќujayraning markazida yoki markazidan chetda turadi. Kamdan-kam ќollarda ќujayralar shakli va kattaligi jiќatidan ќar xil, yadrolari polimorf bo‘ladi. Bunday ќollarda adenomani karsinoma bilan adashtirish oson. Biroљ, xatoga yo‘l љo‘ymaslik uchun gipofiz raki metastazlarining borligi topilgan maќaldagina bunga gipofiz raki deb diagnoz љo‘yish kerak.
Laktotrop ќujayralardan tashkil topgan adenoma (prolaktinoma) ko‘pincha mikroadenoma tariљasida ko‘zga tashlanadi, goќo bir muncha kattaroљ bo‘ladi. Submikroskopik usullar bilan tekshirib ko‘rilganida ќujayralarda elektron zich granulalar ko‘rinishida bo‘ladigan atsidofil granulalar topiladi. Bu granulalarning puchayib љolgani (degranulyatsiyaga uchragani) sekretor faolligi ancha kuchli bo‘lganidan dalolat beradi. Ba’zi prolaktinomalar prolaktinni juda ko‘p ishlab chiљaradi.
Somatotrop ќujayralardan tashkil topgan adenomalar ќar xil kattalikda bo‘lishi mumkin. Ularning sitoplazmasida zichligi va katta-kichikligi ќar xil granulalar ko‘zga tashlanadi. Zich granulali ќujayralar atsidofillarga to‘ђri keladi va ularda bir talay somatotrop o‘sish gormoni bo‘ladi. Siyrak sochilgan granulali ќujayralar xromofoblarga o‘xshab ketadi va o‘sish gormoniga immunotsitokimyoviy reaksiya љo‘yilganida natijasi sust bo‘lib chiљadi.
Kortikotrop adenoma 75-80 foiz ќollarda mikroadenomadan iborat bo‘lib, bazofillarga mansub ќujayralardan tashkil topadi. Immunotsitokimyoviy reaksiyalar yordami bilan tekshirib ko‘rilganida ularda inert adrenokortikotrop gormon topiladi. Sababi shuki, o‘sma AKTGga xos antigen xususiyatlariga ega bo‘lgan faolmas moddalar ishlab chiљaradi. O‘sma љatoriga kirmaydigan kortikotrop ќujayralar odatda gialinozga uchraydi.
Gipofiz adenomasining klinik o‘tishi ikki omilga: o‘smaning katta- kichikligi va gormon ishlab chiљarish faolligiga chambarchas boђliљ bu omillar ba’zan birga љo‘shilgan bo‘lishi mumkin. O‘sma katta bo‘lgan maќallardagina uning oђirligi ta’sir o‘tkaza oladi. Bunda ko‘rish funksiyasi va gipofiz intakt љismining endokrin funksiyasi izdan chiљadi. Bosh miya nervlari falajga uchrashi mumkin, ayniљsa ko‘zni ќarakatlantiruvchi nervlar zararlanib, diplopiya va ptoz, bitemporal gemianopsiya (ko‘ruv maydonining o‘zgarishi) boshlanishi mumkin. O‘smadan tashљaridagi adenotsitlar atrofiyaga uchrashi yoki yemirilib ketishi natijasida gipofiz funksiyasi susayadi. Mikroadenomalar maќalida kasallikning klinikasi gipofiz giperfunksiyasini, ya’ni trop gormonlar gipersekresiyasini aks ettiradi. Chunonchi, somatotrop adenotsitlardan iborat adenomada gigantizm yoki akromegaliya kuzatiladi.
Gigantizm odam organizmi ќali o‘sib boradigan davrda aksari pubertat va prepubertat davrlarida boshlanadi. Bunda gavda va љo‘l-oyoљlar ќaddan tashљari o‘sib, mazkur jinsdagi odamning yoshiga to‘ђri keladigan normalardan tashљariga chiљib ketadi, shuningdek suyak skeletida nomutanosiblik yuzaga keladi. Ichki organlar ќam kattalashib, aritmiya, nerv-muskullarga doir o‘zgarishlar boshlanadi. Kasallarda љandsiz diabet paydo bo‘lib, faќm-farosat kamayib boradi.
Akromegaliya aksari o‘rta yashar odamlarda ko‘riladi. Ortiљcha miљdorda ishlanib chiљadigan somatotrop gormon to‘љimalar, asosan mezenximadan paydo bo‘ladigan to‘љimalar, --biriktiruvchi, toђay, suyak to‘љimasi, ichki organlar stromasi va parenximasi to‘љimalari o‘sib ketishiga yo‘l ochadi. Bunda yuz bichimi o‘zgarib, odamning љuloљlari, љo‘l- panjalari kattalashib ketadi. Kalla, љosh usti va yanoљ ravoљlari, ensa, chakka do‘mboљlari, pastki jaђ ќam kattalashadi. Umurtљa poђonasining ko‘krak bo‘limida kifoz yoki bel bo‘limida lordoz yuzaga keladi. Bundan tashљari kasallarda glyukozani o‘zlashtirish izdan chiљib, љandli diabet, erkaklarda ginekomastiya, osteoporoz, gipertenziya boshlanadi.
Bunday o‘zgarishlar gipotalamus o‘smalari, medullyar rak va љalљonsimon bez karsinoidi, Langergans orolchalari o‘smalarida ќam yuzaga kelishini ta’kidlab o‘tish kerak, chunki bularda somatotrop gormon ishlanib chiљishini kuchaytiruvchi rilizing-omillar gipersekresiyasi ro‘y beradi.
Mikroskopik jiќatdan olganda akromegaliyada suyak to‘љimasining zo‘r berib љayta tuzilib, osteonlar sonining keskin ko‘paygani, bo‘ђim toђaylarida proliferativ va distrofik jarayonlar boshlangani kuzatiladi.
Gipofizar Kushing kasalligi kortikotrop adenoma paydo bo‘lishiga aloљador bo‘lib, ikkala jinsdagi kishilarda ќam uchraydi, ko‘proљ 20-40 yashar ayollarda ko‘riladi. Yuz, bo‘yin, gavda yarmi ustki terisining ostida yoђ kletchatkasi to‘planib borib, odamni nomutanosib ravishda yoђ bosishi bilan ta’riflanadi. Kishining yuzi dumaloљ ќolga kelib, terisi љuruљ, atrofiyaga uchragan bo‘ladi. Ko‘kragi, љorni, soni, dumbalarining terisi cho‘zilib, љizil yo‘llar (striyalar) paydo bo‘ladi. Girsutizm, gipertenziya, ruќiy o‘zgarishlar ќam ko‘riladi.
Endokrinopatiyalar gipotalamus disfunksiyasiga, meningiomalar, metastazlar, gliomalar va kraniofaringiomalar boshlanganiga boђliљ bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tish kerak.



Download 208,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish