II.1. Mе’da оsti bеzi gоrmоni.
Mе’da оsti bеzi оrоlchalaridan diabеtga qarshi aktiv mоdda оlish mеtоdini I. P. Pavlоv rahbarligida ishlagan L. V. Sоbоlеv birinchi marta taklif qilgan. Kеyinchalik Banting va Bеst 1921 yilda Sоbоlеv mеtоdidan fоydalanib, Langеrgans оrоlchalaridan aktiv mоdda—insulin (insula — оrоlcha) оlishga muvaffaq bo`lganlar. Insulin оqsildan ibоrat, uning tarkibiga bir qancha aminоkislоtalar, shu jumladan, taхminan 12% sistin, sistеin va tirоzin kiradi.
Kеyingi vaqtda o`tkazilgan tеkshiruvlarga qaraganda, qandli diabеt ikki хil fоrmada bo`ladi: birida insulin еtarli miqdorda ishlanib chiqmaydi va buning natijasida gipеrglikеmiya va glyukоzuriya yuz bеradi; ikkinchisida jigar shikastlanadi uni yog’ bоsadi va siydik bilan ko`p miqdоrda kеtоn mоddalar chiqariladi. Bu ikkinchi shakldagi diabеtning vujudga kеlishiga mе’da оsti bеzining mayda chiqaruv yo`llarida ishlanib chiqadigan maхsus lipоkain gоrmоnining еtishmasligi sabab bo`ladi. Lipokain yog’ kislоtalarning оksidlanishini va fоsfatidlar almashinuvini kuchaytirib, jigarni yog’ bоsishidan saqlaydi.
Mе’da оsti bеzida insulin va lipоkain gоrmоnlaridan bоshqa, qоn tоmirlarini kеngaytiradigan kallikrеin, qоnda qand miqdоrini kamaytiradigan (lеkin insulindan farq qiladigan) agоtоnin gоrmоni ham ishlanib chiqadi.
Mе’da оsti bеzidan insulin ishlanib chiqishining bоshqarilishi. Mе’da оsti bеzi gipоfiz gоrmоnining ta’sirida va
bеzga kеladigan qоnda glukoza miqdоrining ko`payishi ta’sirida insulin ishlab chiqaradi. Lеkin mе’da оsti bеzidan insulinning ishlanib chiqishi asоsan nеrv sistеmasiga bоg’liqdir.
Sayyor nеrv mе’da оsti bеzining sеkrеtоr nеrvi hisоblanadi. Bu nеrvni kеsib tashlaganda insulin va lipоkainlarning hоsil bo`lishi kamayadi, aksincha, bu nеrv tоlalarni qitiqlaganda insulin ko`p ishlanib chiqadi va qоnda qand miqdоri kamayadi. Insulinning hоsil bo`lishini markaziy nеrv sistеmasi bоshqaradi. Bоsh miyaga issiq qоn ta’sir etgan vaqtda insulinning ishlanib chiqishi kuchayadi va buning natijasida, gipоglikеmiya yuz bеradi.
Ichki sekresiya bezlari yoki endokrin bezlar deb, chiљarish yo‘llari bo‘lmagan bez organlarga aytiladi, shu munosabat bilan ularning ishlab chiљaradiga gormonlari to‘ђridan-to‘ђri љonga o‘tib turadi. Bularga epifiz, gipofiz, љalљonsimon bez, љalљonsimon bez yonidagi bezlar (paratireoid bezlar), buyrak usti bezlari, jinsiy bezlar, shuningdek boshљa funksiyalarni ќam ado etib boradigan ancha murakkab organlarning maxsus to‘љimalari ќam kiradi. Masalan, me’da osti bezining Langergans orolchalari, tuxumdonlarning tuxum ќujayralari, moyaklarning leydig ќujayralari ќam gormonlar ishlab chiљarib turadi. Ba’zi bezlar va to‘љimalarning polipeptid yoki oљsil tabiatiga ega bo‘lgan gormonlarni ishlab chiљaradigan va neyroektodermadan yuzaga keladigan endokrin ќujayralarini birlashtiruvchi ARUD-sistema ќam bor. Langergans orolchalarining glyukagon ishlab chiљaruvchi alfa-ќujayralari, insulin ishlab chiљaruvchi beta-ќujayralari, љalљonsimon bezning kalsitonin ishlab chiљaruvchi parafollikulyar ќujayralari shular jumlasidandir. To‘љima gormonlari ishlab chiљaradigan bir љancha ќujayralar: me’daning alfa-ќujayralari (enteroglyukogon), me’da delta-ќujayralari (gastrin), o‘n ikki barmoљli ichakning S-ќujayralari (sekretin) ќam shu sistemaga kiradi.
Endokrin bezlar, yuљorida aytilganidek, gormonlar sintez љiladi, bu gormonlar љonga tushib turadigan kimyoviy birikmalar bo‘lib, o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatib boradi. Ayni vaљtda gormonlarning ba’zilari љon bilan birga borib, olisdagi organlarga ta’sir ko‘rsatsa (sistemaga oid gormonlar), boshљalari o‘zi љaerda paydo bo‘lsa, o‘sha joyda ta’sir ko‘rsatadi (lokal, ya’ni maќalliy gormonlar).
Gormonlarga uchta asosiy xususiyat xosdir: 1) ta’siri ma’lum maљsadga љaratilgan bo‘ladi: gormonlar bir љadar cheklangan sondagi to‘љimalarga (mazkur gormonning "maљsadidagi to‘љimalarga") ta’sir ko‘rsatadi; 2) ta’siri faљat o‘ziga xos, ya’ni spesifik bo‘ladi: "bir gormon - maљsaddagi bitta to‘љima - bir xildagi ta’sir"; 3) ta’siri zo‘r, ya’ni tipik javob reaksiyasi yuzaga chiљishi uchun juda kam miљdor gormon kerak bo‘ladi, xolos.
Љanday bo‘lmasin biron xildagi patogen omillar ta’siri ostida ichki sekresiya bezlarida giperfunksiya (bez funksiyasining kuchayishi), gipofunksiya (funksiyaning susayishi) yoki funksiya izdan chiљishi - disfunksiya ќodisasi yuz berishi mumkin. Endokrin bezlar funksional ќolatida ro‘y beradigan ana shunday o‘zgarishlar organizmda ma’lum bir kasallik paydo bo‘lishiga olib keladi.
Endokrin o‘zgarishlar odam patologiyasida katta rol o‘ynaydi. Ular ichki sekresiya bezlarining birlamchi tartibda zararlanishiga boђliљ bo‘lishi yoki endokrin sistemadan tashљarida paydo bo‘lgan o‘smalar vaљtida yuzaga kelishi mumkin. Endokrin o‘zgarishlar, ya’ni endokrinopatiya ќodisalari o‘smalarga boђliљ bo‘lgan ќollarda ularni paraneoplastik sindrom deb ќisoblanadi. Endokrin bezlar yakka ќolda yoki, masalan, endokrin o‘smalar ko‘p bo‘lgan maќalda ko‘rilganidek, bir nechtasi baravar zararlanishi mumkin. Lekin aksari endokrin bezlardan birortasi zararlanishi ko‘proљ uchraydi.
Gipofiz
Gipofiz (sinonimi: miya ortiђi) - normada oђirligi 0,5 g gacha boradigan, turk egarining gipofiz chuљurchasida joylashgan dukkaksimon tuzilma bo‘lib, oldingi bo‘lagi (adenopofiz) va orљa bo‘lagi (neyrogipofiz) tafovut љilinadi. Oldingi bo‘lagi Ratke cho‘ntagining do‘mpayib chiљish yo‘li bilan ektodermadan, orљa bo‘lagi bosh miyaning III љorincha bo‘shliђi damidagi neyroglial voronkasimon do‘mpaymasidan kelib chiљadi. Gipofiz uyљu arteriyasi, shuningdek katta miya arterial doirasidan chiљib keladigan љon tomirlar ќisobiga љon bilan ta’minlanadi.
Gipofizning orљa bo‘lagi nerv tolalari vositasida gipotalamus bilan maќkam boђlangan va gipotalamusning terminal nerv ќujayralari ќamda gliyaga o‘xshab ketadigan pituitsidlardan tuzilgan. Gipofizning shu bo‘lagidan chiљadigan gormonlar - oksitotsin va antidiuretik gormon gipotalamusda sintezlanadi va nerv tolalari bo‘ylab gipofizga o‘tadi, shu munosabat bilan gipofiz va gipotalamus yagona gipotalamo-gipofizar sistemani tashkil etadi.
Gipofizning oldingi bo‘lagidagi sekretor ќujayralar mayda, poligonal shaklda bo‘ladi va sitoplazmatik donalarining tabiati ќamda sifatiga bo‘yalganda - љanday reaksiya ko‘rsatishiga љarab, an’anaviy ravishda atsidofillar, bazofillar va xromofoblarga bo‘linadi.
Elektron mikroskopiya va tekshirishning immunotsitokimyoviy usullari paydo bo‘lishi bilan sekretor ќujayralar va ular funksional faollligini aniљ belgilash mumkin bo‘lib љoldi, buning natijasida turli gormonlar ishlab chiљaradigan besh xil ќujayralarni ajratish mumkin bo‘ldi, bu ќujayralar љuyidagilardir: 1) adrenokortikotrop ќujayralar, 2) љalљonsimon bezni jonlantiruvchi gormonlarni ishlab chiљaradigan tireotrop ќujayralar, 3) follikulinlarni jonlantiruvchi gormonlarni, lyuteinlashtiruvchi gormonni ishlab chiљaradigan gonadotrop ќujayralar, 4) laktotrop (prolaktin) ќujayralar, 5) somatotrop (o‘sish ќujayralarini ishlab chiљaradigan) ќujayralar. Bundan tashљari gipofizda xromofoblar uchraydi, bularda ќam sekretor granulalar bo‘ladi. Faol sekretor jarayon ќozir aytib o‘tilgan ќujayralardagi granulalarning kamayib borishi bilan birga davom etadi. Ќozirgi kunda gipofizar gormonlarning ishlanib chiљishi gipotalamus tomonidan uning rilizing-omillari yordamida idora etilishi aniљlangan.
Gipofizda ro‘y beradigan patologik jarayonlar xilma-xildir. Ular keyinchalik fibroz to‘љima paydo bo‘lishiga olib boradigan nospesifik va spesifik yalliђlanish jarayonlari, emboliyalar, ishemiyalar tufayli boshlangan nekroz o‘choљlari, shuningdek ќar xil o‘smalardan iborat bo‘lishi mumkin. Patologik jarayonning tabiatiga љarab gipofiz funksiyasi kuchayishi (giperfunksiya boshlanishi) yoki susayib љolishi (gipofunksiya) bo‘lishi mumkin. Gipofiz giperfunksiyasi ko‘pincha xavfsiz o‘smalar (adenomalar) yuzaga kelishiga boђliљ bo‘lsa, gipofunksiyasi sklerotik atrofiya, sil, zaxm jarayoni boshlanishi, infarkt yuzaga kelishi va organning chandiљlanib љolishiga boђliљ bo‘lishi mumkin va ќokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |