Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Download 0,5 Mb.
bet72/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

San’atda mazmun va shakl. Mazmun va shakl munosabati san’atdagi muhim masalalardan biridir. Odatda, mazmun deganda narsa va hodisalarning ichki jarayonlari, xossalari, aloqalari, ziddiyatlari, rivojlanishlarining majmui tushunilsa, shakl deganda mazmunni ifodalash usullari tushuniladi.
Mazmunsiz shakl va shaklsiz mazmun bo‘lmaydi. Mazmun va shakl doimo uzviy birlikda bo‘lib, mazmun muayyan bir shaklda namoyon bo‘lsa, shakl ham muayyan bir mazmunni ifodalaydi.
San’at asarlarining mazmuni deb mazkur asarda ifodalangan narsa, voqea, hodisalarning ichki jarayonlari, aloqalari, ziddiyatlari, rivojlanishidagi muqobil holatlar majmuiga aytiladi.
Har qanday san’at asarining mazmuni asar uchun tanlangan mavzu va unda ifodalangan g‘oyaning uzviy birligidan tashkil topadi. San’at asarining mavzui deganda, odatda, asar uchun tanlangan obyekt hamda unda aks ettirilgan hayotiy voqea, jarayonlar tushuniladi.
Masalan, Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romaniga mavzu qilib o‘zbek xalqining yaqin o‘tmishdagi ijtimoiy turmushi tanlab olingan bo‘lsa, yozuvchi Tog‘ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» nomli romaniga sobiq sho‘rolar davrida butun umr dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko‘rmagan, qut-barakot yurtida kosasi oqarmay, «paxta ishi», «o‘zbek ishi» bahonasida tavqi-la’nat tamg‘asi bosilgan o‘zbek xalqining hayoti mavzu qilib olingan. Tanlangan bu mavzu o‘zining mantiqiy intihosida shunday tasvirlanadi:
«Ivan Ivanovich! (Chor Rosiyasi va qizil imperiyaning qonxo‘r jallodlari haqida. – N.M.) Men senga yuz o‘ttiz yil yurtim to‘rini berdim, yuz o‘ttiz yil uyim to‘rini berdim – ammo sen bilan el bo‘lmadim!
Ivan Ivanovich! Men sen bilan yuz o‘ttiz yil yelkama-yelka kun kechirdim, yuz o‘ttiz yil chizgan chizig‘ingdan chiqmadim – ammo sen bilan el bo‘lmadim!
Yuz o‘ttiz yil tur desang turdim, o‘tir desang o‘tirdim, yuz o‘ttiz yil kul desang kuldim, yig‘la desang yig‘ladim – ammo sen bilan el bo‘lmadim!
Ivan Ivanovich! Men yuz o‘ttiz yil o‘zim kiymadim – senga kiydirdim!
Ivan Ivanovich! Men yuz o‘ttiz yil o‘zim yemadim – senga yedirdim, yuz o‘ttiz yil o‘zim ichmadim – senga ichirdim... ammo sen bilan el bo‘lmadim!..
Ivan Ivanovich! Sen tirigim tirnog‘ini yeding, sen o‘ligim yog‘in yeding – ammo to‘ymading!
Ivan Ivanovich! Men ochlikdan o‘lmadim – sen to‘qlikdan yorilmading!
Ivan Ivanovich! Men seni yuz o‘ttiz yil to‘ng‘ich akam, dedim. Bo‘ldi
– men endi seni to‘ng‘ich akam, demayman.
Men endi seni to‘ng‘ich aka degich tillarimni kesib itga tashlayman!.. Ivan Ivanovich! Dalalarimda nu-nulamay tur, endi.
Dalalarim diydoriga to‘yib-to‘yib olayin, endi.
Ivan Ivanovich! Sen dala nimaligini bilarmiding? Sen sadqai dala ket!
Sen qo‘sh jomadon ko‘tarib daydishni bilasan. Sen g‘ildirakli jomadon sudrab daydishni bilasan.
Sen qaysi yurt mevazor – shu yurtni makon etasan. Sen qaysi el mehnatkash – shu elni makon etasan...
Qator-qator daydib kelasanu ... osayishta-osayishta el-yurtni alg‘ov- dalg‘ov etasan.
Ota bilan bolani gij-gij etasan. Aka bilan ukani kov-kov etasan...
Dalalarim bobolarim achchiq-achchiq ko‘z yoshlaridan dala bo‘ldi. Dalalarim otalarim sho‘rpeshona terlaridan dala bo‘ldi.
Dalalarim ayollarim gulday xazon umridan dala bo‘ldi. Dalalarim – bobolarim sho‘r-sho‘r peshonasi.
Dalalarim – otalarim yag‘ir-yag‘ir yelkasi. Dalalarim ayollarim xazon-xazon umri.
...
Men... dalalarimni deya, qaytib kelaman! Yetti iqlimdan bo‘lsa-da, qaytib kelaman»1.
San’at asarining mazmuni faqat uning mavzui bilan cheklanib qolmasdan, balki uning g‘oyasini ham qamrab oladi.
San’at asarining g‘oyasi deb ijodkorning asarda aks ettirilayotgan narsa, voqea, hodisa, jarayonlarning hayotdagi o‘rni, mohiyati, ma’nosi yuzasidan bildirgan fikri, qarashlari va ularga munosabatiga aytiladi.
Mavzu asarda aks ettirilgan voqea, hodisalar bo‘lsa, g‘oya ularga ijodkorning munosabati, fikr va qarashlarini anglatadi. Har qanday san’at asarining mazmunini qamrab oluvchi mavzu va g‘oya bir-biridan ajralmasdir.
Masalan, tarixchi olim akademik Bo‘riboy Ahmedovning qalamiga mansub «Amir Temur» tarixiy romanining mavzuini – vatandoshimiz, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temurning hayoti, g‘oyasini esa Amir Temurning ona Vatan ozodligi va obodligi yo‘lidagi kurashi, kuch adolatda ekanligi tashkil etadi.
San’at asari hamma vaqt biron-bir shaklda ifodalangan bo‘ladi.
San’at asarining shakli deb mazkur asarning tuzilishiga, undagi mazmunni ifodalovchi usullar, vositalarga aytiladi.




1 Мурод Тоғай. Отамдан қолган далалар. Роман. – Т.: Шарқ, 1994. – Б.260-
262.
San’at asarining shakllariga asosan sujet, janr, kompozitsiya, shuningdek, vazn, qofiya, turoq, ohang va boshqalar kiradi.
Sujet – fransuzcha so‘z bo‘lib (sujet), 1) badiiy asarda ifodalangan voqealarni ketma-ket bayon qilish; 2) tasviriy san’atda – tasvirlash predmeti ma’nolarini anglatadi1. Sujet – badiiy asar mazmunini unda tasvirlangan voqea-hodisalarning o‘zaro birligi, kurashi va rivojlanishini ketma-ket bayon qilish orqali ifodalashdir.
Masalan, Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanining sujetini Anvar va Ra’no sevgi-muhabbatining tarixi tashkil qilsa, Abdulla Qahhorning «Sinchalak» romanida sujet bosh qahramonlar Saida va Qalandarovlar o‘rtasida ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish borasidagi munosabatlarning rivojlanib borishidan iborat. Sujet har qanday badiiy asarning negizi hisoblanadi. Unda bosh, ya’ni birinchi darajali voqea-hodisalar o‘z ifodasini topadi. Sujet, bir tomondan, mazmunga, ikkinchi tomondan, shaklga aloqador bo‘ladi.
San’at asarining kompozitsiyasi deganda 1) adabiy asar, san’at asari qismlarining tuzilishi, joylashuvi va o‘zaro munosabati; 2) tarkibiy qismlari ma’no jihatidan o‘zaro bog‘lanib birlik tashkil etgan badiiy asar, musiqa yoki rassomlik asari; 3) musiqa asari yaratish nazariyasi tushuniladi2.
Shunga ko‘ra, har qanday asar o‘ziga xos kompozitsiyaga ega bo‘lib, ushbu kompozitsiya mazmun va shaklni o‘zaro bog‘lab turuvchi belbog‘ hisoblanadi. Badiiy asar kompozitsiyasining asosiy elementlarini ritm, simmetriya, badiiy parallellik va boshqalar tashkil etadi.
Masalan, Toshkent shahrining Amir Temur xiyoboniga o‘rnatilgan Amir Temur haykalining kompozitsiyasida shunday ma’no bor, ya’ni buyuk bobokalonimiz – sohibqiron Amir Temur qo‘rqmas, bahodir, ayni vaqtda dono lashkarboshi, islom homiysi, yurtni bosqinchilardan ozod qiluvchi daho qiyofasida aks ettirilgan. Xuddi shu joyda sujet va kompozitsiyaning birligi ham ta’minlangan. Sayoz sujet kompozitsiyani o‘ldirganidek, o‘lik kompozitsiya ham har qanday yaxshi sujetni yo‘qqa chiqaradi. Sujet va kompozitsiyaning uyg‘unligini ta’minlash har bir san’at asari ijodkorining muqaddas vazifalaridan biri hisoblanadi.
San’at asarlarining shaklini tushuntirib berishda janr masalasi muhim


1 Qarang: Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ж.3.– Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2006. – Б.608.
2 O‘sha manba. – B.396-397.
o‘rinlardan birini egallaydi. Janr 1 san’at asarining tarixan tarkib topgan, nisbatan turg‘un biron turiga mansubligini ifodalovchi ichki bo‘linishining tashqi ko‘rinishidir.
San’atda asosan – roman, qissa, hikoya, esse, lirik she’r, drama, portret, peyzaj, natyurmort, simfoniya, sonata, opera, balet, qo‘shiq, raqs, marsh kabi janr turlari mavjuddir.
San’atda shakl quyidagi usullar bilan ifodalanadi: badiiy adabiyotda – til; tasviriy san’atda – rang; musiqada – tovush, ohang; raqsda – imo- ishora.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish