O‘yin nazariyasi. Bu nazariya asoschilari bo‘lgan G.Spenser, K. Byuxner, V. Frinche, F. Shiller va boshqalarning fikriga ko‘ra, san’at hech bir ma’no anglatmaydigan o‘yindir. O‘yin esa barcha hayvonlarga xos xususiyat, biologik hodisadir. Shunday ekan, san’at ham biologik xususiyatga ega bo‘lgan hodisadir. O‘yin o‘zining kelib chiqishiga ko‘ra, insonning foydali mehnatidan oldin paydo bo‘lgan, shunga ko‘ra san’at ham, shubhasiz, insonning foydali narsalarni ishlab chiqarishidan oldin vujudga kelgan, faqat insonga qoniqish hissini baxshida etuvchi tabiat ehsonidir. Uning asosiy maqsadi lazzatlanishdir.
Taqlid nazariyasi. Bu nazariya asoschilari Demokrit va Aristotel hisoblanadi. Ular san’atning asosiga insonning tabiatdagi narsalarga taqlid qilishini qo‘yadilar. Masalan, Demokritning fikricha, san’at, eng avvalo, tabiatga taqliddir. Chunki biz tabiatdagi narsalarga taqlid qilganimiz tufayli o‘rgimchakdan ip-mato to‘qish san’atini, qaldirg‘ochdan uy qurish
1 Зигмунд Фрейд. Очерки по психологии сексуальности. – М.: Система, 1989. – С.73.
san’atini, sayroqi qushlardan qo‘shiq aytish, kuylash san’atini o‘rgan- ganmiz.
San’atning vujudga kelishi va ijtimoiy tabiati. San’at kishilik jamiyatining ilk davrlaridayoq vujudga kelgan ijtimoiy hodisalardan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz hududida san’atning vujudga kelishi, qadimshunos, tarixchi olimlarning fikriga qaraganda, neolit – yangi tosh davri (neos – yangi, litos –tosh degan ma’noni bildiradi) – miloddan avvalgi 6-7 ming yilliklarga to‘g‘ri keladi1.
Ibtidoiy san’atning yangi asosda rivojlangan bosqichi ham neolit davriga to‘g‘ri keladi. Kaltaminor, Xisor, ayniqsa Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’at namunalari topilgan. O‘tmish tariximizning xilma-xil yodgorliklari orasida Markaziy Osiyoning tog‘li tumanlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari diqqatga sazovordir. Ular ishlanish usuliga ko‘ra ikki xil bo‘lib, bir qismini bo‘yoq bilan chizilgan, boshqalarini esa urib, o‘yib, ishqalab hosil qilingan suratlar (petrogliflar) tashkil etadi.
Respublikamizdagi qoyatosh rasmlarining eng nodir namunalari Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko‘ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilarda bo‘lib, ular yuzdan ziyoddir. Mazkur joylardagi qoyatoshlarda O‘zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami, ya’ni ibtidoiy buqalar, sherlar, yo‘lbarslar, qoplon, tulki, bo‘ri, bug‘u va jayron kabilarning rasmlarini kuzatish mumkin. Ammo rasmlar orasida o‘q-yoy, qilich, xanjar, dubulg‘a, qopqon kabi narsalarning tasvirlari ham talaygina. O‘zbekiston qoyatoshlaridagi rasmlar mazmunan boy va manzarasi jihatidan xilma-xildir. Unda odamlar, ularning ov qilishlari, yirtqich
hayvonlarning to‘qnashuvlari tasvirlangan.
Respublikamizdagi eng qadimgi suratlar Zarautsoyda (Surxondaryo- da) bo‘lib, ular mezolit-neolit, ya’ni mil. av. VIII-IV ming yillikka oiddir2 . Qoyatosh rasmlari orqali o‘sha davr odamlarining ov, mehnat va jang qurollari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish mumkin. Shuningdek, qoyatosh rasmlar qadimgi ajdodlarimizning g‘oyaviy qarashlari va diniy e’tiqodlarini o‘rganishda ham katta ahamiyat kasb etadi.
Ushbu tarixiy dalillar o‘zbek xalqining eng qadimiy xalqlardan ekanligi, uning san’ati ham o‘zi kabi qadimiyligidan dalolat beradi. O‘zbekning diyori jahonda ilk bor san’at vujudga kelgan qadimiy o‘lkadir.
1 Qarang: Ўзбекистон тарихи. 1-қисм. – Т.: Университет, 1997. – Б.24.
2 O‘sha joyda.
Bu shu o‘lkada yashab, ijod qilgan ajdodlarimizning nihoyatda mehnatse- var xalq bo‘lganidan dalolat beradi.
San’atni ilk bor vujudga keltirgan va asrlar osha harakatga solgan kuch insonning ongli, samarali ijodiy mehnatidir. Ibtidoiy odamlarning ilk bor qoyatoshga tushirgan rasmlari negizida paydo bo‘lgan tasviriy san’atdan hamda keyinchalik ularning nimalarnidir aytish, xirgoyi qilish, kuylash, jonli ifoda etishga intilishlari tufayli paydo bo‘lgan dastlabki musiqa, qo‘shiq, raqslaridan boshlab hozirgi kunda yuksak malakali va mohir san’atkorlar tomonidan yaratilayotgan yuzlab san’at asarlarigacha – hamma-hammasining asosida insoniyatning ongli ijodiy mehnat faoliyati yotadi.
Mazkur mehnat faoliyati davomida tabiatni, jamiyatni, bir-birlarini qayta anglash jarayoni boshlanadi, bu esa, o‘z navbatida, odamlar o‘rtasida yangicha iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik va boshqa xil munosabatlarning shakllana borishiga olib keladi. Xuddi shu jarayonda voqelikni go‘zallik qonunlari asosida tushunish, idrok etish va qayta baholash boshlanadi. Vaholanki, voqelikni go‘zallik qonunlari asosida tushunish, idrok etish va baholash hamda o‘zgartirish san’at ijtimoiy tabiatining tamal toshi hisoblanadi.
San’atning ijtimoiy tabiatini ifodalovchi muhim jihatlardan birini har qanday san’at turining voqelikni badiiy qiyofalarda (obrazlarda) aks ettirish orqali insonning olijanob his-tuyg‘ularini o‘stirish, kayfiyatini ko‘tarib, uni zavq-shavq bilan samarali mehnat qilishga undash, ona tilini so‘z san’ati darajasiga ko‘tarib, uning kuch-qudratini namoyish etish, ajdodlar tomonidan asrlar mobaynida yaratilgan umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lgan madaniy meros durdonalarini kelgusi avlodlarga yetkazib berish va uning buyuk kelajagini bashorat qilish tashkil etadi. Shunga ko‘ra, har qanday san’at turining mazmuni va mohiyati uning ijtimoiy tabiatiga qarab belgilanadi. Bu esa san’at rivojining obyektiv qonuniyatlaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |