Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Download 0,5 Mb.
bet70/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

San’atning ta’rifi va xususiyatlari. San’at deganda odatdagi kundalik turmushimizda, birinchidan, yuksak mahorat va ustalik bilan bajarilgan yoki bajariladigan ishlar (masalan, haydovchining avtomobilni boshqarish yoki futbolchining to‘p surish mahorati, jarroh yoki shaxmatchining ustaligi); ikkinchidan, amaliy ishlarni go‘zallik qonunlari asosida bajarish (masalan, bog‘bon yoki zargarning insonni lol qoldiradigan biron narsani mohirlik bilan yaratishi); uchinchidan, badiiy
ijod ishlari (masalan, she’r yozish, rasm chizish, musiqa yaratish, ashula aytish va boshqalar) tushuniladi.
Shundan ham ko‘rinib turibdiki, san’at keng qamrovli tushunchadir. Shuning uchun ham unga turli davrlarda turli olimlar tomonidan har xil ta’riflar berilgan.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda san’atga quyidagicha ta’rif berish mumkin. San’at deb kishilarning voqelikni badiiy qiyofalar, timsollar (obrazlar) orqali in’ikos ettiruvchi ijtimoiy ongga hamda uni go‘zallik qonunlari asosida o‘zgartirishga qaratilgan badiiy amaliy-ijodiy mehnat faoliyatiga aytiladi.
Ijtimoiy ong shakli sifatida san’at borliqni aniq his bilan idrok etishning muayyan ko‘rinishi bo‘lgan tipik badiiy qiyofalar, timsollar orqali aks ettirar ekan, albatta, davr talabidan, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy hayotning negizlaridan kelib chiqqan holda undagi ijtimoiy munosabatlarni o‘zida ifodalaydi. Shunga ko‘ra, u san’atkorga emas, balki kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitiga bog‘liq bo‘ladi.
San’at ijtimoiy ongning boshqa shakllari bo‘lgan siyosat, huquq, axloq, din kabilardan quyidagi qator xususiyatlari bilan farq qiladi.

  1. San’at, boshqa ijtimoiy ong shakllaridan farqli o‘laroq, voqelikni aniq tushunchalar va ilmiy kategoriyalarda emas, balki badiiy qiyofalar, timsollarda aks ettiradi. Masalan, o‘zbek xalqining atoqli adibi Abdulla Qodiriy xalqimizning yaqin o‘tmishdagi turmushi, tarixi, siyosati, odobi, tili va dilini o‘zining «O‘tgan kunlar» va «Mehrobdan chayon» romanlarida yaratgan Otabek, Kumush, Zaynab, Yusufbek hoji, Mirzakarim Qutidor; Anvar, Ra’no, Solih mahdum, Sultonali mirzo, Safar kabi obrazlari orqali ifodalab bergan.

  2. San’at ijtimoiy ongning boshqa shakllari aks ettira olmaydigan hodisalarni – insonning ruhiy dunyosini tushunishga, uning ichki sirlari bilan oshno bo‘lishga imkon beradi. Masalan, o‘zbek xalqining zabardast shoiri Abdulla Oripovning «Birinchi muhabbatim» she’rida har bir insonning qalbiga ilk bora oshno bo‘ladigan ajib bir tuyg‘u, hech bir fan tushuntirib bera olmaydigan his shoir nazmida quyidagicha ifodalanadi:

Kecha oqshom falakda oy bo‘zarib botganda, Zuhro yulduz miltirib, xira xanda otganda, Ruhimda bir ma’yuslik, sokinlik uyg‘otganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim, Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.


Dunyo degan shundayin anglab bo‘lmas sir ekan, Goh keng ekan, gohida tuynuksiz qasr ekan, Lekin inson hamisha bir hisga asir ekan...
Nechun bilmovdim avval, birinchi muhabbatim, Parvo qilmovdim avval, birinchi muhabbatim.

Yo‘lin yo‘qotsa odam – muhabbatga suyangay, G‘ussaga botsa odam – muhabbatga suyangay, Chorasiz qotsa odam – muhabbatga suyangay, Men kimga suyangayman, birinchi muhabbatim, Faqat eslab yongayman, birinchi muhabbatim.


Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq, tutdim, Sirli tushlar ko‘rib men bor dunyoni unutdim, Tongda turib nomingga ushbu she’rimni bitdim, Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim, Yolg‘iz ollohim mening, birinchi muhabbatim.





  1. San’atning bosh masalasi, eng avvalo, hazrati Insonni, uning ko‘p qirrali ijtimoiy faoliyatini aks ettirishdan iborat. Shuning uchun ham jahon mutafakkirlari san’at va adabiyotni insonshunoslik fani deb ham ataydilar. Masalan, zamonamizning hassos shoiri Erkin Vohidov o‘zining «Inson» nomli qasidasida olamning sarvari bo‘lgan insonni, uning dunyo rivojidagi o‘rnini quyidagi satrlarda yuksak mahorat bilan ifodalaydi:

Sobitu sayyorada inson o‘zing, inson o‘zing, Mulki olam ichra bir xoqon o‘zing, sulton o‘zing. Sobit o‘z ma’vosida1, sayyor fazo dunyosida, Koinot sahrosida karvon o‘zing, sarbon o‘zing.
Shams – dil taftingdadur, sayyoralar kaftingdadur,
Keng jahon zabtingdadur, bog‘bon o‘zing, posbon o‘zing. Bu yorug‘ dunyo nadur? Koshonadur, vayronadur,
Senga mehmonxonadur, mehmon o‘zing, mezbon o‘zing.
Bunda oq birla qaro, zulmat, ziyo, shohu gado, Jang qilurlar doimo, ul yon o‘zing, bul yon o‘zing.




1 Ma’vo turar joy, boshpana, manzil.
Sen balo, ham mubtalo, xayr ila kin, rostu riyo, Fitnagar olam aro fatton1 o‘zing, qurbon o‘zing.
Goh adolat bog‘ida, piri adolat gohida,
O‘z diling dargohida shayton o‘zing, g‘ilmon o‘zing. Xormisan yo gulmisan, tojdormisan yo qulmisan, Cho‘g‘zmisan, bulbulmisan, nodon o‘zing, xushxon o‘zing.
Bu hayot o‘rmon ekan, jon borki, qasdi jon ekan, Bunda qatl oson ekan, sirtlon o‘zing, jayron o‘zing. Onaizoring – zamin, tanho yo‘g‘u boring – zamin.
Xasta bemoring – zamin, o‘g‘lon o‘zing, darmon o‘zing.
Bag‘rida yotquchi – sen, ne’matlar totquchi sen,
Tig‘ bo‘lib botquchi – sen, paykon o‘zing, qalqon o‘zing. Bo‘lmasin subhing qaro, bor bo‘l mudom borliq aro, O‘zni etgil doimo inson o‘zing, inson o‘zing.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish