Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Download 0,5 Mb.
bet65/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

«Ulug‘vorlik» tushunchasi va uning ahamiyati. Ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmat faoliyatida ulug‘vorlik alohida ko‘zga tashlanib turadigan xatti-harakat hisoblanadi. Ulug‘vorlik go‘zallikka yaqin tushuncha hisoblansa-da, uning o‘ziga xos tomonlari ham mavjud. O‘zbek tilida ulug‘ deganda, egallagan o‘rni, hajmi g‘oyat yirik, juda katta, ulkan, buyuk narsa, voqea, hodisalar; har tomonlama ortiq, ustun, qudratli ishlar; beqiyos talantli, iste’dodli, qobiliyatli, buyuk shaxslar; ko‘p va katta maqsadlarni o‘z ichiga olgan, buyuk dasturlar tushuniladi. Shunga ko‘ra, ichki ishlar idoralari xodimlarining ulug‘vorligi deb o‘zining g‘oyat yirik va ulkanligi, viqorliligi, amalga oshirgan ishlarining qudratliligi, beqiyos- ligi, buyukligi bilan lol qoldiradigan, salobati bosib turadigan tabiat va jamiyat hodisa, voqea, narsalariga hamda ularning o‘zlari xizmat faoliyati davomida namoyon qiladigan katta iste’dod, bajaradigan qahramonona ishlarining estetik ifodalanishiga aytiladi.
«Ulug‘vorlik» tushunchasi voqelikning turli sohalarida, ya’ni tabiatda, jamiyatda, inson faoliyatida, uning ma’naviy dunyosida mavjud bo‘lib, o‘zida dunyoning cheksizligi, abadiyligi hamda inson ichki kuchlarining nihoyatda buyukligini aks ettiradi.
Ulug‘vorlikda quyidagi ikki tomon chambarchas bog‘lanib ketgan:

  1. odamni lol qoldiradigan, salobati bosib turadigan ulug‘vorlik (masalan, ota va onaning ulug‘vorligi, Vatanning ulug‘vorligi, mashhur olimlar hamda davlat va jamoat arboblarining ulug‘vorligi va hokazo);

  2. insonga ruh bag‘ishlovchi, uning kuch-qudratini ko‘taruvchi ulug‘vorlik (masalan, tabiatdagi ulug‘vorlik, xususan, baland tog‘lar, qorli cho‘qqilar, moviy dengiz, haybatli to‘lqinlar, ulkan sharsharalar yoxud insonning ijodkorlik qobiliyati, ijodiy mehnati bilan yaratilgan me’moriy

ansambllar, katta shaharlar, yodgorliklar, haykallar, aytaylik, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari, Shohi Zinda, Oqsaroy, Amir Temur maqbaralari). Ulug‘vorlik hissi ichki ishlar idoralari xodimlarini yangidan-yangi ishlar, qahramonliklarga chorlaydi, ularga quvonch bag‘ishlaydi, olijanob
insoniy tuyg‘ular shakllanishiga xizmat qiladi.
Qahramonlik va uning namoyon bo‘lishi. Qahramon deganda, odatda, shijoati, dovyurakligi, botirligi bilan shuhrat qozongan; jonbozlik, mardlik qilib, o‘zini ko‘rsatgan kishi tushuniladi. Biz ona Vatanimiz tarixiga nazar tashlasak, uning ozodligi va mustaqilligi yo‘lida o‘zlarining jonlarini fido qilgan To‘maris, Shiroq, Spitamen, Amir Temur kabi nomlari mangulikka daxldor shaxslarni ko‘ramiz.
Xo‘sh, qahramonlik deganda nimani tushunamiz? Bu haqda I.A.Karimov:
«Har kuni, har soatda fidoyi bo‘lish, o‘zini tomchi va tomchi, zar- rama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish – haqiqiy qahramonlik aslida mana shu»1, – degan edi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining qahramonligi deb ularning ona Vatan ozodligi, obodligi, fuqarolarning tinch-osuda yashashlarini ta’min- lash yo‘lida hech qanday qiyinchilikdan qo‘rqmasdan, hayotini xavfga qo‘yib bajaradigan, ya’ni insoniyatning kelajagi uchun qilgan va qiladigan alohida jasoratlariga aytiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining qahramonligi quyidagilarda yaq- qol namoyon bo‘ladi:

  1. jinoyatchilikning oldini olish, jinoyatchilarni ushlash, ayniqsa, ularni qurolsizlantirishda;

  2. yong‘inning oldini olish, uni o‘chirish ishlarini amalga oshirishda;

  3. suv toshqinlari vaqtida suvga cho‘kayotgan odamlarni qutqarishda;

  4. tabiiy ofatlar va favqulodda hodisalar yuz berganida.

Qahramonlik asosida hamma vaqt ona Vatanni sevish, insonlarga bo‘lgan chuqur muhabbat his-tuyg‘ulari yotadi. Vatanni sevgan odamgina qahramonlik ko‘rsatishga qodir.
Qahramonlik, mardlik, botirlik haqida donishmandlar shunday deganlar:

  • Azizim, botir deb shunday kishiga aytiladiki, u o‘z elining tinchligi





1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: Маънавият, 2008. –
Б.165.
uchun har qanday mashaqqat qadahini qo‘rqmay qabul qilib, shodu xurramlik bilan no‘sh etadi. Mardi maydon deb shunday kishiga aytiladiki, bunday kishining aqli biror ishni qilishga qaror topsa, jonidan kechib, hayotidan qo‘l yuvib, maqsad maydoniga qadam qo‘yadi. (Xoja Samandar Termiziy)

  • Qo‘rquv nimaligini bilmay, o‘limga mardona tik boqqan odamni mard desa bo‘ladi. (Arastu)

  • Haqiqiy mardlik kulfat va xatarlarga qaramay, o‘zini xotirjam tuta bilish va vazminlik bilan burchini ado etishda namoyon bo‘ladi. (J.Lokk)

  • Haqiqiy mard odam biron ishga qo‘l urganida ehtiyotkor bo‘lmog‘i, barcha tasodiflarni chamalab ko‘rmog‘i, ammo ishni hal qilishga kelganda esa jasorat ko‘rsatmog‘i lozim. (Gerodot)

  • Davlatingdan ayrilsang –ko‘p narsa yo‘qotmaysan, nomusingdan Ayrilsang – ko‘p narsa yo‘qotasan, mardligingdan ayrilsang – hamma narsangni yo‘qotganing. (I.Gyote)

  • Mardlik – qarshilik ko‘rsata bilish kuchi bo‘lsa,jasorat – yovuzlikka tahdid soladigan kuchdir.(P.Buast)

  • Botirlik ma’naviy jasoratdir. (J.Blekki)


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish