Ichki ishlar idoralari xodimlarining


-§. «GO‘ZALLIK», «ULUG‘VORLIK», «QAHRAMONLIK»



Download 0,5 Mb.
bet64/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

2-§. «GO‘ZALLIK», «ULUG‘VORLIK», «QAHRAMONLIK» KATEGORIYALARI VA ULARNING ICHKI ISHLAR IDORALARI XODIMLARI FAOLIYATIDA NAMOYON BO‘LISHI
«Go‘zallik» kategoriyasi va uning amalda namoyon bo‘lishi.
«Go‘zallik» – estetika fanining asosiy kategoriyasi. Estetika fanining deyarli barcha muammolari go‘zallik kategoriyasi bilan u yoki bu darajada bog‘liqdir. Go‘zallik nafosat olamining negizi, asosiy belgisi, bosh xossasi va mohiyatini tashkil etadi. Shu bois estetikani go‘zallik haqidagi fan ham deyishadi.
Go‘zallikbiror narsaga his-tuyg‘u orqali ta’sir ko‘rsatish bilan insonda jismoniy va ma’naviy kuchlar oqimining ko‘payishiga olib keladigan, shodlik, zavqlanish, ma’naviy qoniqish holatini vujudga keltiradigan tabiiy va ijtimoiy hodisadir1.
Go‘zallik tabiatda, jamiyatda, odamlarning moddiy va ma’naviy faoliyatida namoyon bo‘ladi. Tabiatdagi go‘zallik, bir tomondan, insonning tabiat hodisalaridagi uyg‘unlik, mukammallik, chiroyni his qilishi va hayajonga tushishini ifodalasa; ikkinchi tomondan, insonning orzusi sifatidagi tasavvurlarini ifodalovchi obraz hisoblanadi.
Ichki ishlar idoralarining xodimlari tabiatdagi go‘zallikni saqlab qolish borasida amalga oshirayotgan ishlari orqali o‘zlari ham qalban va jismonan go‘zallashib boradilar. Ammo tabiatni ifloslantirish o‘ta xunuklik hisoblanadi. Bu ish odamlarga katta zarar yetkazadi.
Jamiyatdagi go‘zallik – shaxs va jamiyat manfaatlarining uyg‘unligini ta’minlovchi adolat, insonparvarlik va tenglikka asoslangan ijtimoiy munosabatlar majmui.
Inson go‘zalligi uning ma’naviy, jismoniy uyg‘unligidadir. Insondagi go‘zallikni ifodalash uchun «go‘zallik» va «chiroylilik» tushunchalari ishlatiladi. «Go‘zal inson» deganda uning ijobiy axloqiy xislatlari, ya’ni yaxshiligi, mehribonligi, to‘g‘riso‘zligi, o‘zgalarni hurmat qilishi, qisqasi, insonning ma’naviy-axloqiy fazilatlari tushuniladi.
«Chiroyli inson» deganda esa uning tashqi, ya’ni jismoniy tomoni tushuniladi. Bu o‘rinda shuni unutmaslik kerakki, go‘zal inson hamma vaqt ham chiroyli bo‘lavermaydi va aksincha, chiroyli inson hamma yerda va hamma vaqt ham go‘zal hisoblanmaydi.
Ichki ishlar idoralarining xodimlari uyg‘un tarzdagi komillikka intilishlari kerak.




1 Qarang: Умаров Э. Эстетика. – Т.: Ўзбекистон, 1995. – Б.107.
Xo‘sh, ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb faoliyatidagi go‘zallik nimalarda ifodalanadi?

  1. Shaxs va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni uyg‘unlashtirish ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb faoliyatidagi go‘zallikning yorqin ifodasidir.

Ma’lumki, ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining obyektini qonunni, axloqiy va huquqiy normalarni buzuvchi shaxslar tashkil etadi. Bunday shaxslar o‘zlarining xatti-harakatlari bilan jamiyatning rivojlani- shiga, odamlarning erkin ijodiy mehnat qilishlariga, dam olishlariga xalaqit beradilar, ya’ni go‘zallikni buzadilar. Ichki ishlar idoralarining xodimlari, bir tomondan, insonning erkin ijodiy mehnat qilishlariga imkoniyat yaratib beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy huquqlarini himoya qilsalar, ikkinchidan tomondan, jinoyatchilikka qarshi kurashish, yovuzlikni yo‘q qilish, jamiyatda adolat o‘rnatish, insonparvarlik, go‘zallik, ulug‘vorlik va qahramonlik urug‘larini sepish bilan shaxs va jamiyat o‘rtasidagi oliy darajadagi go‘zallik, ya’ni uyg‘unlikni ta’minlashga xizmat qiladilar. Bu esa ichki ishlar idoralari xodimlarining ma’naviy go‘zalligiga ko‘p darajada bog‘liq bo‘ladi.

  1. Ichki ishlar idoralari xodimlarining faoliyatidagi go‘zallik ularning kasb mahoratlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Kasb mahorati ichki ishlar idoralari xodimlarining insonparvarlik maqsadini amalga oshiruvchi vosita hisoblanadi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb mahorati quyidagi uchta estetik omilni taqozo etadi: 1) har bir xodimning o‘z predmetlarini har tomonlama, to‘liq va erkin egallab olishi; 2) mehnat vositalari va metodlarini erkin o‘zlashtirishi; 3) bajaradigan ishiga ijodiy yondashishi. Bu uch omil ichki ishlar idoralari xodimlarining xizmat faoliyatidagi go‘zallikni har tomonlama takomillashtirishga xizmat qiladi.
Go‘zallik haqida donolar shunday deganlar:

  • Kishida ikki go‘zallik bo‘lib, ular ichki va tashqi go‘zallikka bo‘linadi. Tashqi go‘zallikka kishining barcha a’zolari, masalan, ko‘z, quloq, qosh, yuz, lab, og‘iz, qo‘l, oyoq, qomat go‘zalligi kiradi. Ichki go‘zallik esa kishining yoqimli xulqlar bilan bezanishidir. Bu xulqlar muloyimlik, saxovat, shijoat, ilm, kamtarlik, iffat va boshqalardir (Abulbarakot Qodiriy).

  • Kishini go‘zal qilib ko‘rsatadigan narsa uning chiroyi emas, balki chiroyli xulqidir. Chiroyli xulq xunuk kishini ham chiroyli qilib ko‘rsatadi (Xurramiy).

  • Insonda hamma narsa: chehra ham, kiyim ham, qalb ham, tafakkur ham ... go‘zal bo‘lishi kerak (A.P.Chexov).

  • Go‘zallik – haqiqiy baxt-saodat va rasmana qahramonlik bo‘lib, u balandparvoz so‘zlarga muhtoj emas (V.Raabe).

  • Go‘zallik butun olamni qalbga olib kiradigan kuch va iste’dodga ega (M.Servantes).

  • Go‘zallik ba’zi xislat va belgilardan iborat emas, balki umumiy tashqi qiyofada va unda hayotning mohiyati kam darajada aks etishidadir (N.A.Dobrolyubov).

  • Go‘zallik bu erkin qalb va mustahkam sog‘liq samarasidir.(L.Shefer)

Aql yetishmagan husn go‘zal emas. (E.L.Gule)

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish