Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Or-nomus haqida mutafakkirlar shunday deganlar



Download 0,5 Mb.
bet60/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Or-nomus haqida mutafakkirlar shunday deganlar:


Nomus inson aqlining poydevoridir. (V.G.Belinskiy)

  • Nomus jondan ham qimmat. (F.Shiller)

  • Chinakam nomus egrilikka toqat qilolmaydi. (G.Filding)

  • Nomus tushunchasi ahmoqni jazo haqidagi har qanday risoladan ham ko‘ra yaxshiroq izga soladi. (A.Sen-Simon)

  • Nomus – bu tashqi vijdon, vijdon esa – ichdagi nomus. (A.Shopengauer)

«Or-nomus» kategoriyasi bilan bir qatorda inson faoliyatining axloqiy tomonlarini ifodalovchi «qadr-qimmat» kategoriyasi ham mavjud.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining qadr-qimmati deb ularning jamiyatda, kishilar orasida tutgan o‘rni, topgan obro‘si, hurmati va nufuziga aytiladi. «Or-nomus» kategoriyasi shaxs axloqining tashqi tomonlarini ifodalasa, «qadr-qimmat» kategoriyasi insonning o‘zini o‘zi anglashi va nazorat qilishini ifodalaydi. Qadr-qimmat o‘z qadrini anglash shakli bo‘lib, insonni kamsitadigan, xo‘rlaydigan va shu bilan uning boshqa kishilar ko‘z o‘ngida o‘z qadrini yo‘qotishiga sabab bo‘ladigan qiliqlarga yo‘l qo‘ymaydigan to‘siq hisoblanadi. Ichki ishlar idoralari xodimlarining qadr-qimmati ularning o‘zini o‘zi hurmat qilishi va saqlashi, atrofdagilarning hurmatini yo‘qotmasligi, o‘z sha’niga dog‘ tushirmaslik uchun o‘zini nazorat qilishi sifatida ko‘zga tashlanadi.
«Vijdon» kategoriyasi. Vijdon deganda, odatda, kishining o‘z xatti- harakati, qilmishi, yurish-turishi uchun odamlar, jamoatchilik oldidagi mas’uliyat hissi tushuniladi. Binobarin, ichki ishlar idoralari xodimlari kasb etikasining kategoriyasi sifatida uni quyidagicha izohlash mumkin.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining vijdoni deb o‘z axloqiy xatti- harakatlarini va bu xatti-harakatlarga bog‘liq bo‘lgan his-tuyg‘ulari, kechinmalarini davlat, jamiyat tomonidan joriy qilingan axloqiy normalar nuqtai nazaridan baholovchi va nazorat qiluvchi ichki tuyg‘ularining majmuiga aytiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining vijdoni baho, buyruq, motiv va ta’sirchanlik xarakterga ega. Ichki ishlar xodimi qachonki to‘g‘ri xatti- harakat qilganligini, o‘zi o‘zlashtirgan umuminsoniy va kasb axloqlari talablariga mos ravishda ish tutganligini anglasa, o‘z xulqi, xatti-harakati uchun o‘zida ichki qoniqish hissi tug‘iladi, vijdoni xotirjam bo‘ladi. Agar
u noto‘g‘ri harakat qilganligini, axloq talablarini buzganligini tushunsa, vijdon azobiga tushadi. Shunday qilib, vijdon xatti-harakatni ma’qullab yoki qoralab, baholash vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Vijdonning baholash xarakteri naqadar odil, xolis bo‘lishi ko‘p jihatdan kishida obyektivlik hissining, adolat sari intilishning, haqiqatga bo‘lgan muhabbatning, xushniyatlilikning o‘sganligiga bog‘liq. Vijdon qachonki axloqiy xatti- harakat qilishga undasa, u buyruq xarakteriga ega bo‘ladi va faol hisoblanadi, agar kishini axloqqa zid xatti-harakat qilishdan faqat tiyish bilangina cheklansa, sust hisoblanadi. Vijdonning faol yoki sust bo‘lishi ichki ishlar idoralari xodimining tarbiyasi va xarakteriga bog‘liq.
Ichki ishlar idoralari xodimining vijdon amri biror xatti-harakatdan oldin uni oqlab, amalga oshishiga ruhlantirishi yoki unga qarshi chiqishi ham mumkin. Bu holda ularning vijdoni motiv xususiyatiga ega bo‘ladi. Vijdonning buyurish xarakteri uni xatti-harakatlarni tanlash vositasiga aylantiradi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining vijdoni axloqiy hissiyot tarzida ham namoyon bo‘ladi. Uning ta’sirchan xarakteri pushaymon bo‘lish, uyalish yoki axloqiy xotirjamlik, axloqiy qoniqish hissida ifodalanadi. Ta’sirchan kechinmalar kishini faoliyatga undaydi, ular fidokorona xatti- harakatlarning sababi bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, ichki ishlar idoralari xodimlarining vijdon amri xalqni doimo jinoyatchilikka qarshi kurashga undagan.
Vijdon kategoriyasi barcha boshqa axloqiy prinsiplar va normalar bilan aloqadordir. Vijdon tushunchasini tilga olmasdan, yaxshilik, adolat, baxt, insoniylik haqida gapirib bo‘lmaydi. Vijdon insonning faqat o‘ziga, o‘z xatti-harakatlariga nisbatangina emas, balki boshqa kishilarga, ijtimoiy manfaatlarga munosabatini ham ifoda etadi. Kimningki manfaatlari, xalq, Vatan manfaatlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, unda jamiyat oldidagi burch hissi, uni bajarish uchun axloqiy mas’uliyat hissi, ya’ni vijdon hissi teran rivojlangan bo‘ladi. Kishi qanchalik vijdonli bo‘lsa, u ijtimoiy burchni shunchalik chuqurroq anglaydi va shunchalik faolroq bajaradi.
Burch bilan vijdon chambarchas bog‘liq bo‘lsa-da, vijdonning o‘ziga xos xususiyatlari bor. U murakkab psixologik hodisa bo‘lib, insonning ichki dunyosi bilan burchga nisbatan ko‘proq bog‘liq va tashqaridan turib nazorat qilishni deyarli talab etmaydigan sohaga mansubdir: u muayyan vaziyatda jamoatchilik fikri bormi-yo‘qmi, bundan qat’i nazar harakat qiladi, ya’ni unda subyektiv jihat obyektiv jihatga qaraganda ustunlik qiladi. Burch esa o‘zining obyektiv namoyon bo‘lish zaruriyatiga ko‘ra
hamisha jamoatchilik bisotiga aylanuvchi muayyan harakatlar, xulq- atvorlarni nazarda tutadi, ya’ni «burch» tushunchasida shaxsning faqat o‘z-o‘ziga emas, balki eng avvalo jamiyatga, axloqqa nisbatan munosabati yorqinroq namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, vijdon hissi hamisha juda chuqur anglab olingan bo‘ladi, burch esa ba’zan tashqi tazyiq ta’sirida, ya’ni chuqur anglab yetilmasdan ham bajarilishi mumkin. Xullas, ichki ishlar idoralari xodimlarining xatti-harakatlarini oldindan ko‘rsatuvchi normativ kategoriya bo‘lgan burchdan farqli o‘laroq, vijdon yorqin ajralib turadigan emotsional1 baho kategoriyasidir.
Vijdonning tarkibiy tuzilishi, birinchidan, o‘ziga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish, erishgan muvaffaqiyatlardan o‘zini yo‘qotmaslik, ichki qoniqish hosil qilish, ikkinchidan, o‘z shaxsiy manfaatlaridan kechib, o‘zini jamiyat manfaatlariga baxshida etish kabi tuyg‘ularni qamrab olganligini ko‘ramiz.
Vijdon insoning faqat o‘ziga, o‘z xatti-harakatlarigagina emas, balki boshqa kishilarga, ijtimoiy manfaatlarga munosabatini ham ifoda etadi. Zero, ichki ishlar idoralari xodimlarining manfaatlari Vatan manfaatlari bilan bog‘liq ekan, ularning axloqiy mas’uliyat hissi tobora rivojlana boradi.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining vijdoni – bu ko‘pgina axloqiy xastaliklar: sovuqqonlik, aldash, qo‘pollik qilish, ikkiyuzlamachilik, maqtanchoqlik, behayolik, safsatabozlik, ko‘zbo‘yamachilik kabi illatlarga qarshi immunitet hisoblanadi. Demak, xodim qanchalik vijdonli bo‘lsa, o‘z kasbiy burchini shunchalik chuqurroq anglaydi va faolroq bajaradi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish