Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Download 0,5 Mb.
bet56/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

«Yaxshilik» tushunchasi va uning mohiyati. Yaxshi deganda, odatda, kishining biror talabiga to‘liq javob beradigan, unga yoqadigan, ma’lum bo‘lgan xatti-harakatlar, narsalarning ijobiy sifatlari tushunilsa, yaxshilik deganda esa ixtiyoriy ravishda biror kishining manfaatini ko‘zlab ish tutish, unga manfaat yetkazish, xayrli, ezgu ishlarni amalga oshirish tushuniladi.
Yaxshilik o‘zining kundalik oddiy tushunchasidan tashqari etika fanining kategoriyasi sifatidagi ta’rifiga ham egadir.
Yaxshilik deb tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan hamma voqea, hodisalar hamda vujudga kelayotgan narsalarning insonni e’zozlaydigan, uning manfaat va ehtiyojlarini qondiradigan, axloqiy ideallariga mos keladigan, odamgarchiligining o‘sishini har tomonlama ta’minlaydigan, pirovardida baxtli hayot kechirishiga xizmat qiladigan barcha ijobiy tomonlari yig‘indisiga aytiladi.
Yaxshilik ichki ishlar idoralari xodimlari kasb etikasining kategoriyasi sifatida axloqning turlicha namoyon bo‘lishini o‘zida aks ettirar ekan, boshqa axloq kategoriyalaridan o‘zining quyidagi jihatlari:
birinchidan, inson faoliyatining sababi va natijasiga ko‘ra tekshiriladigan hamda muayyan axloqiy normalar tizimi nuqtai nazaridan ijobiy baholashga imkon beradigan axloqiy mazmun;
ikkinchidan, axloqiy idealga muvofiq keladigan real mavjud axloqiy munosabatlarning ijobiy mazmuni;
uchinchidan, muayyan tarixiy axloq shaklining barcha ijobiy norma va prinsiplari yig‘indisini o‘zida jamlagan umumiy ideal;
to‘rtinchidan, xatti-harakatning sababiga aylanuvchi axloqiy maqsad;
beshinchidan, insoniy xususiyat, fazilat ekanligi bilan ajralib turadi.
«Yaxshilik» kategoriyasi o‘zining ko‘p qirraliligi, keng qamrovliligi, ya’ni kishilar hayotining barcha jabhalarini qamrab olganligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham u mehnat sohasida – jamiyat manfaatlari yo‘lida qilingan halol ijodiy mehnat; siyosat va huquq sohasida esa insonparvarlik, adolatparvarlik va boshqa shakllarda namoyon bo‘ladi.
Yaxshilik ichki ishlar idoralari xodimlarining o‘z faoliyatida insonlarning tinch-totuv, osuda yashashlarini ta’minlashga xizmat qilish, jinoyatchilikning oldini olish hamda jinoyatni ochib tashlash kabi ijobiy sa’y-harakatlarni amalga oshiruvchi mard, qo‘rqmas, insonparvar, vijdonli, to‘g‘riso‘z bo‘lish, xalqi, uning tinchligi, baxt-saodati uchun o‘z hayotini qurbon qilishga tayyor turish kabi bir qator axloqiy fazilatlari sifatida namoyon bo‘ladi.
Har qanday jinoyatning oldini olish, jinoyatchini ushlab, qilmishiga yarasha jazolash jamiyatning rivojlanishi, insoniyatning tinch-osuda yashashini ta’minlash yo‘lida qilingan yaxshilik hisoblanadi. Shunga ko‘ra, ichki ishlari idoralari xodimlarining mamlakatimiz fuqarolarining tinch-osuda yashashlarini ta’minlash borasida olib borayotgan barcha ishlari, o‘tkazayotgan tadbirlari xalqimizning buyuk kelajagini ta’minlash yo‘lida qilingan yaxshilik hisoblanadi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish