Ichki ishlar idoralari xodimlarining



Download 0,5 Mb.
bet80/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Ichki ishlar idoralari xodimlarining aholi bilan salomlashish odobi qoidalari. Salomlashish odoblilikning oliy belgilaridan biri hisoblanadi. Salomlashishning ko‘rinishlari turli xil xalqlarda turlicha bo‘ladi. Masalan, Yevropa xalqlari – bosh kiyimini yechib-kiyib, hindistonliklar – kaftlarini juftlab va peshonasining o‘rtasiga tegizib, afg‘onlar – o‘ng qo‘lini manglayiga tegizib va ta’zim qilib, tibetliklar esa bir-birlariga qarata tillarini chiqarishib salomlashadilar.
O‘zbeklarda salomlashishning yigirmaga yaqin shakllari mavjud. Masalan, qo‘l berib ko‘rishish, ikki qo‘llab ko‘rishish, quchoqlashib ko‘rishish, qo‘lni ko‘krakka qo‘yib salomlashish, qo‘l qovushtirib salomlashish, ta’zim ila salomlashish, o‘pishib ko‘rishish, erkak bilan ayollarning salomlashishi, kattalarning yoshlar bilan ko‘rishishi, ayollarning o‘zaro ko‘rishishi va hokazo.
O‘zbek xalqiga xos bo‘lgan salomlashishning quyidagi umumiy qoidalari mavjud:

  1. Tanish yoki notanish kishilar bir-birlari bilan uchrashib qolsalar, salom berib ko‘rishishlari lozim. Tanishlar salomlashibgina qolmay, bir- birlarining hol-ahvollarini so‘rashlari kerak. Bu xususda hadislarda:

«Salom – Tangrining yerdagi ismlaridan biridir. Bir-birlaringiz bilan salomlashib yuringlar. Zero, mo‘min kishi odamlar oldidan o‘tib borayotib ularga salom bersa, ular ham alik olishsa, ularga salomni eslatgani uchun bir daraja ko‘p savobga erishadi. Mabodo alik olishmasa, unga bari bir, ulardan yaxshiroq va afzalroq zotlar, ya’ni farishtalar alik olishadi»1, – deyilgan.

  1. Salom to‘liq ravishda «Assalomu alaykum» deb berilishi hamda

«Va alaykum assalom» deb alik olinishi kerak. «Assalomu alaykum» –
«Sizga tinchlik va omonlik bo‘lsin», «Va alaykum assalom» esa «Men xam sizga tinchlik va omonlik tilayman» degan ma’noni anglatadi. Boshqacha tarzda «Alaykum salom», «Salom berdik», «Salom o‘rtoqlar!»,




1 Qarang: Ахлоқ-одобга оид ҳадис намуналари. – Т.: Фан, 1990. – Б.100.
«Assalom», «Alaykum salom», «Alaykum» deyish to‘g‘ri emas. Ayniqsa
«Assam alaykum» deyish mutlaqo noto‘g‘ri, chunki bu yahudiy tilida
«Sizga o‘lim bo‘lsin» degan ma’noni anglatadi.

  1. Salom ko‘pchilik turgan joyda bir kishi uchun emas, hamma uchun beriladi. Jamoa jam bo‘lib turgan joyda har bir kishi uchun alohida salom berilmaydi. Barcha uchun «Assalomu alaykum» deyiladi va iloji bo‘lsa, barcha bilan qo‘l berib ko‘rishib chiqiladi.

  2. Har bir odam o‘ng qo‘lini chap ko‘ksiga qo‘yib, boshini biroz egib, ochiq, chehra bilan salom berishi, salom hamma uchun bir xilda va nihoyatda samimiy bo‘lishi kerak.

  3. Salom eshitilarli qilib, muloyimlik va xushxulqlik bilan beriladi. Kar yoki gung odamlarga salom berish yoki ularning salomiga alik olish imo-ishora bilan bildiriladi.

  4. «Yurib ketayotganga – otliq, o‘tirganga – yurib ketayotgan, ko‘pchilikka – ozchilik salom bersin! Salomga alik olsa-ku yaxshi, bordiyu olmasa, salom beruvchiga zarari yo‘q»1. Xuddi shuningdek, yoshlar keksalarga, ayollar erkaklarga, sog‘lom kishilar bemorlarga, farzandlar ota-onalariga, ukalar akalariga, singillar opalariga, shogirdlar ustozlariga birinchi bo‘lib salom beradilar.

  5. Qo‘l berib ko‘rishish chog‘ida, eng avvalo, qo‘lni yoshi katta odam, ayol kishi, mansabdor shaxs uzatishi kerak, ulardan oldin qo‘l uzatish salomlashish odobi doirasiga kirmaydi.

  6. Qo‘l berib salomlashgan vaqtda bir-birlarining qo‘llarini qattiq siqib, silkitib, qo‘lini og‘ritib yoki qo‘lining uchinigina berib qo‘yish, ayniqsa kaftini barmoq bilan qitiqlab qo‘yish o‘ta odobsizlik hisoblanadi. Ayol kishilar bilan so‘rashganda qo‘lni ko‘ksiga qo‘yib salomlashgan ma’qul.

Quyidagi hollarda salomlashish kerak emas:

  1. namoz o‘qiyotgan yoki tilovat qilib qur’on o‘qiyotgan shaxs bilan;

  2. va’z aytayotgan notiq va xutba o‘qiyotgan imom bilan;

  3. hojatxonada, hamomda, yuvinmagan paytda;

  4. badmast, bezori, aqldan ozgan kishilar bilan;

  5. taom yeyish vaqtida, agar taom og‘izda bo‘lsa;

  6. qizg‘in suhbat yoki savol-javob ketayotgan anjumanga kech qolib kirganda.





1 Qarang: Ахлоқ-одобга оид ҳадис намуналари. – Т.: Фан, 1990 – Б.100,
Бобомуродов Аҳмаджон. Ислом одоби ва маданияти. – Т.: Чўлпон, 1995. – Б.11.
Ichki ishlar idoralari xodimlari salomlashishning yuqorida bayon etilgan umuminsoniy qoidalari bilan birga, quyidagi maxsus salomlashish qoidalarini ham bilmoqlari va ularga amal qilmoqlari kerak.

  1. Ichki ishlar idoralarining har bir xodimi fuqarolarga murojaat qilganda, eng avvalo, «Assalomu alaykum» deb aytishi va harbiychasiga salomlashishi, ya’ni o‘ng qo‘lini chakkasiga qo‘yib, o‘zini tanishtirishi kerak.

  2. Har qanday fuqaro ichki ishlar idoralari xodimiga murojaat etib, salom berganida, u, albatta, «Va alaykum assalom» deb alik olishi, harbiychasiga salom berib, o‘zini tanishtirishi va uning so‘zini diqqat bilan eshitib, tegishli javob qaytarishi lozim.

  3. Ichki ishlar idoralarining xodimlari xizmat burchini o‘tayotgan vaqtda murojaat qilgan fuqarolar bilan harbiychasiga salom-alik qilar ekan, ular bilan o‘pishib ko‘rishishlari tavsiya etilmaydi. Bu axloq normalari talablariga zid hol hisoblanadi.

  4. Xizmat xonasiga tashrif buyurgan har qanday fuqaro bilan o‘rnidan turib, iloji bo‘lsa unga peshvoz chiqib salomlashish va ketayotganida eshikkacha kuzatib qo‘yish lozim. Albatta, salom-alik moddiy boylik keltirmaydi, u insonning odamiyligi, fahm-farosati, madaniyati va axloq- odobidan dalolat beradi. «Salom» – muqaddas so‘z. Salom berish – qarz, alik olish – farz. Bu qoidaga rioya etmaslik haqoratga tengdir.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish