Tayanch so’z va iboralar: savdo-sotiq, xo’jalik munosabatlari, soliq tizimi, harbiylar, yer egaligi.
Nazorat savollari:
1. Savdo-sotiq hujjatlariga nimalar kiradi?
2. Xo‘jalik yozma manbalarini saroy omborxonalarida saqlanish tartiblari qanday edi?
3. Dunyodagi ilk xo’jalik shrtnomasi haqida ma’lumot bering.
Tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Алимов И., Эргашев Ф., Бўтаев А. Архившунослик: Ўқув қўлланма. – Тошкент, 1997.
2. Авдиев А. Қадимги Шарқ тарихи. – Тошкент, 1973.
3. Алексеева Е. В., Афанасьева Л. П., Бурова Е. М. Архивоведения. – М., 2002.
4. Иофе В. Г. Всеобщая история архивов и ведущие архивы современного мира. – Т., 2009.
5. Чориев Ш. Ш. Архивларнинг умумий тарихи ва ҳозирги замоннинг етакчи архивлари. – Тошкент, 2010.
4-mavzu: Qadimgi dunyodagi ilk arxiv-kutubxonalar
Reja:
1. Kutubxona-arxivlarning paydo bo’lishi.
2. Hukmdor sarlylaridagi kutubxona arxivlarning boshqaruv shakllari.
Bobil va Osuriya madaniyatining eng muhim yutuqlaridan biri kutubxonalar edi. Er. avv. II ming yillikdan boshlab Ur, Nippur shaharlarida adabiy va ilmiy matnlardan iborat ilk kutubxonalar paydo bo’ladi.
Qadimgi Sharqning eng mashhur kutubxonasi Ashshurbanipalning (er.avv.669-635 yillar hukmronlik qilgan) Nineviya shahrida to’plangan 30.000 taxtachadan iborat kutubxonasi bo’lgan.
Loy taxtachalarga podsho annallari, muhim tarixiy voqealar xronikasi, qonunlar to’plami, adabiy asarlar va ilmiy matnlar yozilgan. Ashshurbanipal kutubxonasining alohida ilmiy qimmati shundaki, bu kutubxonada dunyoda birinchi marta kitoblar tizimli to’plangan va ma'lum tartibda joylashtirilgan. Ko’pgina kitoblar bir necha nusxada mavjud. Katta matnlar bir xil hajmdagi loy taxtachalarda bayon qilingan. Shunday matnlar qirqdan yuztagacha taxtachaga yozilgan. Har bir taxtachada undan foydalangandan so’ng o’z o’rnida qaytarish imkonini bergan tartib raqamlari qo’yilgan.
Ossuriya saltanati tarixini o’rganishda podsho Ashshurbanipalning kutubxonasi muhim ahamiyatga egadir. Mazkur kutubxona qadimgi Nineviyada olib borilgan arxeologik qazishmalar paytida topilgan edi. Nineviyadagi kutubxona ayni vaqtda arxiv vazifasini ham bajargan. Bu yerda xilma-xil hujjatlar – shartnomalar, qonunlar, maktublar, amaldorlarning xabarnomalari, hukumat farmoyishlari, harbiy harakatlar haqidagi ma’lumotlar, yig’ilgan o’lponlar haqidagi hisobotlar, turli iltmosnomalar va arznomalar to’planib taxlangan va avaylab saqlangan. Shu yerning o’zida podsho xonadoni xo’jaligiga oid hisob-buxgalteriya kitoblari, binolar va kanallar qurilishi haqidagi hisobotlar, munajjimlarning samoviy jismlarning harakatlari haqidagi xabarlari va boshqa hujjatlar saqlangan.
Илк қадимги кутубхона архивлари Қадимги Шарқ ва икки дарё оралиғи давлатларида пайдо бўлган. Булар Фиравнлар ва шоҳлар кутубхона-архивлари бўлиб, энг каттаси Оссурия шохи Ашшурбанипал кутубхона-архивидан 20 мингдан ортиқ лой тахтачаларга ёзилган ҳужжатлар топилган( улар эр. авв. VII асрга оид.) Римда эр. авв. I асрга келиб кўпгина шаҳарларида кутубхона-архивлар пайдо бўлган. Хитойда эр.авв. бир неча юз йилликлар давомида, Японияда эрамизнинг биринчи юз йиллигида шох саройлари қошида ва ибодатхоналарда кутубхона архивлари мавжуд бўлган.
Бундан ташқари археолог олимлар томонидан кўпгина қадимий даврларга тегишли архив қолдиқлари топилган. Улар Богазгейс, Қуюнджиқ, Тел-эл-Амарн, Ниневея, Култепа архивларидир.
Do'stlaringiz bilan baham: |