Germaniya Ichki boshqarma davlat arxivida (LENDES ARCHIV) davlat boshqaruviga oid hujjatlar bo‘lib, uning tarkibida qonunchilik, huquq, sud, moliya va boshqaruvga oid hujjatlar mavjud.
Florensiya arxiv Italiyadagi katta arxivlardan biri edi. Undan mamlakatning barcha tarixchi tadqiqotchilari foydalanishgan. Uning tarkibida Italiyaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy tarixiga oid ma'lumotlar mavjud. Shaxsiy hujjatlardan Dante Bruneileski, Djardano Bruno va boshqa Italiya sa'nati va madaniyatiga hissa qo‘shgan mashhur shaxslarning shaxsiy dasxatlari mavjud. Qog‘ozlar va boshqa hujjatlari mavjud. Bonani rahbar bo‘lgan arxivda ilmiy tashkilot tashkil etildi. Bonani arxiv hujjatlari va matnlarini nashr etish ishlarini olib bordi. 1857 yil tor doirada fransuz maktabiga qiyosiy ravishda arxiv maktabi tashkil etildi. Ularda faqatgina o‘sha paytda qimmatbaho sanalgan o‘rta asrlar manbalariga oid ma'luumotlar berilgan. Florensiya maktabi Italiyadagi barcha raxivlar haqida ma'lumot berilgan Bonani tashabbusi bilan Siene, Pize va Lukke shaharlarida davlatarxivlari tashkil etilgan . Bundan tashqari Genui, Boloni, Modeni davlat arxivlarida uning tajribasi qo‘llanilgan.
Venetsiya arxivi Venetsiya respublikasining registratura hujjatlari va senat va boshqa muassasalar hujjatlari shu bilan birga arxivda o‘rta asrlardagi xalqaro aloqalar, savdo, dengizchilik ishlariga oid ma'lumotlari mavjud. Yangi davlatchilik tuzumining mahalliy muassasalar hujjatlarini saqlash uchun Italiya qirolligining asosiy shaharlarida provinsiya arxivlari tashkil etildi.(ular o‘sha paytda 45 ta edi). Ushbu arxivlar ba'zida davlat arxivlari yonida joylashgan, ular IIV arxiv seksiyasiga bo‘ysunmagan balki mahalliy mahalliy hokimiyat bo‘limi prefektlarga bo‘ysungan. Ular ilmiy tarixiy arxivlar bo‘lmay, registratura arxivlari edi. Davlat arxivlari xodimlariga oliy ma'lumotli bo‘lish, paleografiyani, arxiv ishini va boshqa maxsus tarixiy fanlarni bilishi lozim edi.
Fransiya milliy arxivi – Bunday arxivni tashkil etish uchun Fransiya davlati 1789 yil 29 iyunda qaror qabul qildi. Ushbu arxivni tashkil etilish muxim ahamiyatga ega bo‘lib, Milliy Kengashda bu masalaga kata e'tibor berildi.rxining tashkil etilishida millat op milliy boyligini saqlangish joyini va huquqini ko‘rdi.
1790 yil sentyabr oyida Fransiya milliy arxivining ustavi qabul qilindi. Arxivga milliy arxiv maqomi berilishi Bilan birga u umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muassasa sifatida shakillandi. Qabul qilingan ustavga asosan barcha hujjatlar ya'ni fransiyaning ma'muriy bo‘linishiga oid, davlat tizimiga oid, va boshqa barcha hujjatlar arxiv tarkibiga kirishi lozim edi. Arxivda Yangi tashkil etilgan Fransiya davlatining qonunchilik organi va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan barcha davlat akt hujjatlari saqlanish lozim edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |