Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan 100% xorijiy investisiya bilan ishlaydigan «Dobro — Toshkent» Amerika korxonasi mayizni qadoqlab eksport qiladi.
Toshkentdagi (Akademiklar shaharchasida) Shveysariya bilan birga tashkil etilgan «Vitya» qo’shma korxonasi bir marta ishlatiladigan idishlar (stakanlar) ishlab chikaradi. Bizningturmush tarzimizda hali ularga uncha talab yo’q, shu bois hozircha bu mahsulotni katta-katta xo’jaliklar, tashkilotlar xarid qilishmoqda.
8.3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tizimida foyda hajmi va rentabellik darajasini hisoblash va tahlil qilish usullari.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tizimida mahsulotlarni sotishdan va xizmat ko’rsatishdan olingan foyda sof pul tushumi (qp) bilan ularning tannarxi (qz) orasidagi farq tariqasida aniqlanadi: qp-qz, q-sotilgan mahsulot miqdori., p- sotilgan mahsulot bir birligining bahosi., z- sotilgan mahsulot bir birligining tannarxi.
Mahsulotlarni sotishdan olingan yalpi foyda tahlilini fermer xo’jaligi misolidako’rib chiqamiz.
Hisobot yilidagi bir mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda summasini bazis yilidagi summasiga,yoki biznes-reja bo’yicha ko’zda tutilgan foyda summasiga solishtirib, o’zgarishi (ko’payishi yoki kamayishi) aniqlanadi:
q1,q0 – hisobot va bazis yillarida sotilgan mahzulot miqdori., z1,z0 - hisobot va bazis yillaridagi 1 s mahsulot tannarxi., p1,p0 - hisobot va bazis yillaridagi 1 s mahsulot sotish bahosi.
Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki, mahsulotni sotishdan olingan yalpi foydaning o’zgarishiga bevosita quyidagi uch omil ta’sir qiladi:
1.Sotilgan mahsulot miqdorining o’zgarishi;
2.1 s mahsulotning o’rtacha sotish bahosining o’zgarishi;
3.1 s mahsulotning o’rtacha ishlab chiqarish tannarxining o’zgarishi . Yalpi foydaning o’zgarishiga omillar ta’sirlarining tahlilini «Ko’rsatkichlar farqi» usuli orqali amalga oshirish tartibiga to’xtaldik.
Yalpi foydaning o’zgarishiga sotilgan mahsulot miqdori o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot va bazis yillarida sotilgan miqdorlari orasidagi farqni (q1-q0) bazis yilida 1 s mahsulotni sotishdan olingan foyda summasiga (f0) ko’paytirish kerak:
Yalpi foydaning o’zgarishiga o’rtacha sotish bahosi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot va bazis yillaridagi o’rtacha sotish baholari orasidagi farqni hisobot yilida sotilgan mahsulotning miqdoriga ko’paytirish kerak:
Yalpi foydaning o’zgarishiga tannarx o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot va bazis yillaridagi 1 s mahsulotning tannarxlari orasidagi farqni hisobot yilida sotilgan mahsulotning miqdoriga ko’paytirish kerak:
O millar tasirlarining yig’indisi yalfi foydaning umumiy ozgarishiga teng kelishi shart:
Endi, tahlilni fermer xo’jaligida sotilgan bug’doy misolida 8.3.1- jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida korib chisamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |