8.2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish manbalari va kredit bilan taminlash masalalari
Kichik va o’rta korxonalarga modiyaviy-iqtisodiy yordam ko’rsatish muhimahamiyatga ega, chunki ular endigina yaratilib, oyokda turayotganda moliyaviy yordamga muxtoj bo’ladilar.
Jahon amaliyotida ham bu eng murakkzb masaladir, chunki ular tavakkal qilib ish ko’rishlari va garovga qo’yadigan mol-mulklari etarli bo’lmagani uchun ham tijorat banklari kichik korxonalarga kredit berishni uncha xushlamaydi.O’zbekistonda hozirda davlat moliya resurslari va xorijiy manbalarni jalb etgan holda kichik va o’rta korxonalarni moliyaviy qo’llabquvvatlashning kompleks tuzilmasi shakllandi.
1993 yilda «Biznes-fond» yaratildi va u 1995 yili xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirishga ko’maklashish Fondiga aylantirildi. Uni ixtiyoriga davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan pulning 15% o’tkaziladi (ilgari). Bu fond tartibidan 1995 yili «Madad» sug’urta agentligi ajralib chikdi.
Tadbirkorlar palatasi qoshida 1996 yil tadbirkorlarga kafolatli moliyaviy yordam berish Fondi yaratildi.
Mehnat Vazirligi qoshida nobyudjet banddikka ko’maklashish Fondi yaratildi.
Dexdon-fermer xo’jaliklari Kengashi qoshida dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash Fondi tashkil kilindi.
Kichik va o’rta tadbirkorlar uchun ko’pi bilan kreditni qaytarish 15% darajasida olinadi. Lekin bu mikdor mijozning shart-sharoitlariga karab o’zgarishi mumkin. Bank «Biznes- fond» o’tkazgan pulni 10 kun ichida kredit sifatida mijozlarga tarqatishi kerak. Aks holda u «Biznes-fond»ga 30% mikdorida (pulidan) resurs sifatida to’laydi.
Yuridik shaxs xukuklariga ega bo’lgan boshlang’ich tadbirkorlar ro’yxatdan o’tganlaridan so’ng yarim yil nchida 5% kredit olishlari mumkin yoki Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining 1/6 qismi hajmida kredit bernladi. Kichik korxona, fermer xo’jaliklari uchun 300 minimal ish haqi mikdorida va dehqon xo’jaliklari, oilaviy tadbirkorlarga dastlabki (start) kapitalini shakllantirish uchun 150 minimal ish haki mikdorida mikrokreditlar beriladi (5%lik). Imtiyoz shundaki, 12 oygacha kredit foizi to’lanmaydi. Boshqa holatlarda kredit foizi 18 — 24 oydan keyin kaytariladi.
Dastlabki kapitalni shakllantirish uchun kreditlar faqat yuridik shaxs maqomiga ega bo’lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar, dehqon va fermer xo’jaliklarga beriladi. Buning uchun ular davlat ro’yxatidan o’tganlaridan so’ng 6 oydan kechikmasdan kreditlash uchun ariza topshirgan bo’lishlari kerak. Nobyudjet mablag’lardan ajratilgan imtiyozli kreditlar foiz stavkasi bank marjasini ham o’z ichiga oladi. Dastlabki kapital uchun nobyudjet fondi hisobidan kreditlar 3 yil muddatga, dehqon va fermer xo’jaliklari uchun esa 2 yil muddatga beriladi.
«Biznes-fond» yo’li bilan kreditlar 10 yil muddatgacha berilib, bunda 2 yildan 5 yilgacha imtiyozli davr hisoblanadi. Bunday imtiyoz loyixaning qoplanish muddatiga bog’liq bo’ladi.Dehqon va fermer xo’jaliklarini qo’llab-quvvatlash fondi orqali kreditlar 3 yil muddatga beriladi.
Dastlabki (start) kapitalni shakllantirish uchun beriladigan kreditlar bo’yicha foizlar kreditlar berilgan kundan boshlab hisobdanadi va 12 oy o’tgandan so’ng qaytarilishi kerak. Tijorat banklari tomonidan kichik va o’rta biznes subyektlari uchun ajratilgan kreditlar hajmi 2002 yidda 30 foizga ortdi va qariyb 265 mlrd. so’mni tashkil etdi. «Biznes-fond» mablag’larini «Privaytbank», «Hamkor-bank», «Sanoat-kurilish banki», «Uy-joy kurilish bank» (JSB), lardan olish mumkin. Bu banklar 12%lik kredit bera oladi.
Markaziy bank ishlab chikarish korxonalari uchun berilgan kredit so’mmasini kaytarib olish me’yorini 20%dan 30%gacha belgilab qo’ygan. Bu juda katta foiz. Bunday foizdagi kreditlarni boy bo’lgan katta korxonalar olishi mumkin.
Masalan, Amerika bilan birgalikda Sergelida tashkil etilgan «Toshkent quvur zavodi» (Amerika ulushi 80 %) ko’shma korxonasiga shundan 20 % lik kredit berilgan. Bu korxona bir yilda 2 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulot ishlab chiqaradi. Korxonada 70 kishi ishlaydi. Eksport bilan shug’ullanadi. Bu korxona Rossiyada joylashgan Amerika korxonasidan 57 mm.li truba lentasini keltirib bu yerda qayta ishlaydi, payvand izlarini yo’qotadi. Bu jarayonda 3 xil ish juda katta quvvatli dastgohlarda bajariladi. Metallni yumshatish 360° issiqlikda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |