Korxonaning to’lovga qodirligi deganda to’lov mablaglari bilan qiska muddatli majburiyatlarini to’lay olish quvvati tushuniladi.
Korxonaning to’lov mablaglarining kiska muddatli majburiyatlariga bo’lgan nisbati uning to’lovga qodirligi koeffisiyenti beradi.
To’lov mablaglariga pul mablaglari, qimmatli kog’ozlar, debitorlik karzlari, tovar-moddiy zaxiralar kiradi.
Kiska muddatli majburiyatlarga joriy kreditorlik karzlari, kiska muddatli kreditlar va karzlar kiradi.
Tahlilning maqsadi
Tahlilning maqsadi bo’lib,xo’jalikning to’lovga qodirligi koeffisiyentini o’rganish asosida uning darajasini yanada oshirish imkoniyatlarini aniqlash hisoblanadi.
Balans bo’yicha to’lov qobiliyatini tahlil etishga kirishishdan oldin balans aktivi va passividagi moddalarni maxsus belgilari bo’yicha guruhlash maqsadga muvofiq bo’ladi.
Balansning aktividagi xo’jalik mablag’lari «likvidlik darajasi (ya’ni pulga aylanish tezligi)» bo’yicha va balansning passividagi xo’jalik mablag’larining manbalari «to’lov muddatlari darajasi» bo’yicha maxsus guruhlarga bo’linadi.
Balans aktivlarini pulga aylanish tezligi bo’yicha quyidagi 4-ta guruhga bo’lib, tahlil etiladi.
A1 – eng yuqori likvidli aktivlar. Bu guruhga korxonaning barcha pul mablag’lari va qisqa muddatli investisiyalari (qimmatli qog’ozlar) kiradi.
A2 – tez realizasiya etiladigan aktivlar.Ushbu guruhga barcha debitorlik qarzlari kiritiladi.
A3 – Sekinlik bilan realizasiya etiladigan aktivlar.
Bu guruhga tovar moddiy ishlab chiqarish zaxiralari kiritiladi.
A4 – qiyinchilik bilan realizasiya etiladigan aktivlar.
Bu guruhga «Uzoq muddatli aktivlar» kiritiladi
Balans passivini «To’lov muddati darajasi» bo’yicha quyidagi 4 ta guruhga bo’lib, tahlil etiladi.
P1 – Tezlikda to’lanadigan majburiyatlar. Bu guruhga joriy kreditorlik qarzlari bilan o’z vaqtida qaytarilmagan bank ssudalari kiradi. Joriy kreditorlik qarzlari jami kreditorlik qarzlaridan Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan to’lov muddati uzaytirilgan kreditorlik qarzlarini chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
P2 – Qisqa muddatli passivlar.
Ushbu guruhga muddatida qaytarilmagan ssudalardan tashqari qisqa muddatli kreditlar va qisqa muddatli qarzlar kiradi. Bularning hajmini aniqlash uchun qisqa muddatli kreditlar va qarzlar so’mmasidan Vazirlar Mahkamasining Qarorlari bilan to’lov muddati o’zaytirilgan ssuda qarzlari so’mmasini chegirib tashlash kerak. Bularni mo’tadil qisqa muddatli kreditlar va qarzlar deb atash zarur.
P3 – Uzoq muddatli passivlar.
Ushbu guruhga uzoq muddatli kreditlar va uzoq muddatli qarzlar kiradi. P4 – Doimiy passivlar.
Bu guruhga balans passivining 1-bo’limidagi «O’z mablag’larining manbalari» ning jami kiritiladi.
To’lovga qodirlikni ifodalovchi ko’rsatkichlar o’z navbatida uch turga bo’linadi. Bularni kuyidagi shakldan ko’rish mumkin.
Koeffisiyentlar
nomi
|
Koeffisiyentlarni hisoblash usuli
|
Koeffisiyentlarni hisoblashda qo’llaniladigan ko’r-satkichlarning nomi
|
1.Mutlaq to’lovga qodirlik koeffisiyenti
|
|
A1-Pul mablag’lari va qisqa muddatli investisiyalar (qimmatli qogoz-lar). P1Joriy kreditorlik qarzlari. P2-Mo’tadil qisqa muddatli passivlar (kreditlar va qarzlar)
|
2.Oraliq to’lovga qodirlik koeffisiyenti
|
|
A2-Debitorlik qarzlari, (tez realizasiya etiladigan tovarlar)
|
3.Joriy to’lovga qodirlik koeffi-
|
|
A3-Sekinlik bilan realizasiya etiladigan aktivlar
|
Do'stlaringiz bilan baham: |