9-mavzu.Tadbirkorlik etikasi va madaniyati
Dars o’quv maqsadi. Dars o’quv maqsadi bo’lib, tadbirkor rahbar etikasi va etiketi,tadbirkor rahbar va xodimlar o’rtasidagi munosabatlar va tadbirkor rahbar faoliyatida mojaroli holatlar va ularni hal etish usullarining mazmun-mohiyatini bayon qilish va ularni talabalarga o’rgatish hisoblanadi.
Tushunchalar va tayanch iboralar.Rahbar etikasi. Rahbar etiketi.So’rashish normasi.Ish protokoli.Ish hisoboti.
Maruzani o’tish usuli (metodi). Marua “Bilaman . Bilishni xohlayman . Bilib oldim “ va aqliy hujum usuli (metodi)ni qo’llash orqali o’tiladi.
Asosiy savollar
9.1. Tadbirkor rahbar etikasi
9.2. Tadbirkor madaniyati
9.3 Tadbirkor rahbar faoliyatining ruhiy-psixologik xususiyatlari
Asosiy o’quv materiallari qisqacha bayoni
9.1.Tadbirkor rahbar etikasi
Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy asoslariga bog’liq bo’lmasdan, u insonlar, qo’l ostida xizmat qiluvchi mutaxassis va ishchilar, ayniqsa, chet ellik hamkasblari –biznesmenlar doirasida umumaxloqiy me’yorlarga rioya qilishi bilan ham baholanadi. Ishdagi muvaffaqiyatning yarmidan ko’prog’i uning odobi, madaniyati, dunyoqarashi, ishbilarmonlik qoidalarini qay darajada bilishiga bevosita bog’liqdir.
Umuman, tadbirkorlik ham madaniyatdir. Aytishlaricha, madaniyatli odam tadbirkor bo’lishi shart emas, ammo tadbirkor inson madaniyatli bo’lishi lozim. Arastu (Arestotel) o’z zamonida birinchi bo’lib axloq to’g’risida gapirib: “Axloq – nimani qilishimiz va nimadan o’zimizni tiyishimiz kerakligini aniqlashimizga yordam beradi”, - degan edi. Prezidentimiz I. Karimov axloq tushunchasiga quyidagicha ta’rif berdi: “Axloq – ma’naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchalik salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq bu, avvalo, insof va adolat tuyg’usi, iymon, halollik degani”.
Darhaqiqat, axloq biz uchun – avvalo, insoniy munosabatlar shuningdek insonlarning fe’l-atvorlari, ularning qanchalik maqbul nuqtai nazardan ko’rib chiqish va baholashga imkon beruvchi bilim sohasidir. Taraqqiy yetgan davlatlarda, ayniqsa, Yaponiya va AQShda firmalarning “Etika kodeksi” va biznesmenlarning alohida kasb ustalari guruhlarining “Ishbilarmonlik kodeksi” keng qo’llaniladi. “Biznesmenlarning axloq kodeksi” birinchi marta AQShda 1913 yili ishlab chiqilgan bo’lib, unda tadbirkorlik faoliyatini yuritishning asosiy qoidalari qabul qilingan. Bu qoidalar yagona asosga jamlangan bo’lib, ular biznes sohasidagi usul va siyosatni baholash, haqiqat va adolatlilik tushunchalari bilan uyg’unlashishi belgilangan.
Vaqt o’tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi. Natijada, bu borada turli firmalar va kompaniyalar tomonidan to’plangan, ularning tajribasiga asoslangan, umumlashgan G’arb ishbilarmonlik dunyosida keng ma’lum bo’lgan quyidagi “Biznesmenning axloq kodeksi” shakllandi:
Do'stlaringiz bilan baham: |