I. S. Sodiqov avtomobil yo‘llarining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari toshkent


Respublika hududini avtomobillar harakat sharoiti bo‘yicha



Download 3,84 Mb.
bet47/68
Sana22.06.2022
Hajmi3,84 Mb.
#692396
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68
Bog'liq
AVTOMObillarga texnik HOLATI

Respublika hududini avtomobillar harakat sharoiti bo‘yicha


tumanlashtirish

Respublika hududi bo‗yicha avtomobillar harakat sharoitining farqlanishi bir xil sharoitga ega hududlarni aniqlash va ularni mintaqalarga, tumanlarga bo‗lish masalasini keltirib chiqaradi. SHu maqsadda yo‗l tumanlashtirishning mavjud taksonometrik tizimidan foydalanib, respublika hududini avtomobillar harakat sharoiti bo‗yicha tumanlashtiramiz. Avtomobillar harakat sharoiti bo‗yicha tumanlashtirishda joyning ma‘muriy bo‗linishi va yo‗l–iqlim tumanlari, avtomobil yo‗llari xaritalari asos qilib olindi. Yil davomidagi har qaysi mavsumiy davrga yo‗l tarmog‗ining tavsifli holati mos keladi, bu esa yo‗lning saqlash ishlari darajasini belgilaydi.


Bir xil harakat sharoitiga ega bo‗lgan mintaqalarni aniqlash maqsadida o‗tkazilgan tumanlashtirish, yo‗lning transport – foydalanish sifatlariga, muhandislik jihozlari elementlarini oqilona joylashtirishga, ma‘lum bir havo–iqlim sharoitida harakatni tashkil qilishga va xavfsizlikni ta‘minlashga, yo‗llarni saqlash va qishki saqlashda yo‗l texnikalarini asosli taqsimlashga bo‗lgan talablarni ishlab chiqishga qaratilgan.
Avtomobillar harakat sharoiti bo‗yicha tumanlashtirishda birinchi navbatda qilinadigan ishlarga havo–iqlim sharoiti bo‗yicha avtomobillar xarakati uchun noqulay bo‗lgan hududlarni aniqlash kiradi. Tumanlashtirish qaysi maqsadda olib borilishiga qarab, to‗planishi lozim bo‗lgan ma‘lumotlar bir qancha farqlanadi.
Yo‗llardan foydalanish sharoitlarini tadqiq qilish va avtomobillar harakat sharoitining qulayligi va xavfsizligini ta‘minlash maqsadida hududiy muhandislik tumanlashtirishni olib boramiz va bunda komponentlarning tizimli tahlili uslubini ishlab chiqamiz. Tumanlashtirishda yo‗l sharoiti, transport oqimi holati va havo– iqlim sharoitlari farqlanadigan hududlarni xaritada mintaqalarga va tumanlarga ajratamiz. Hududiy tumanlashtirishda ma‘lumotlarni tizimlash darajasi, har qaysi belgilangan yo‗l sharoitiga raqam berish va uning asosiy sharoitini muhandislik baholashdan iboratdir. Yo‗l tumanlashtirish ishlari hududiy yo‗nalishda olib borilganda, asosan hudud, mintaqa va tuman kabi taksonometrik birliklar ishlatiladi.
Yo‗l tumanlashtirish ishlarini bajarish maqsadida respublika hududining transport, yo‗l va havo–iqlim sharoitlari atroflicha tadqiq qilindi. Tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda respublika bo‗yicha bir xil sharoitdagi mintaqa va tumanlar aniqlanib xaritada aks ettirildi.
Yo‗l sharoiti, transport oqimi holati va harakat xavfsizligi farqlanadigan hududlarni aniqlash maqsadida quyidagi ko‗rsatkichlar bo‗yicha tumanlashtirish ishlari olib borildi:

  • yo‗l tarmog‗i zichligi; 1 km yo‗lga to‗g‗ri keladigan transport vositalari soni; 1 km yo‗lga to‗g‗ri keladigan yo‗l–transport hodisalari soni; har 100 km yo‗l tarmog‗ida uchraydigan chorrahalar soni.

Yo‗l sharoiti, transport oqimi holati va harakat xavfsizligi bo‗yicha tumanlashtirish natijalari xaritalari 3.6–3.9-rasmlarda keltirilgan. Havo–iqlim
sharoiti farqlanadigan hududlarni aniqlash maqsadida quyidagi ko‗rsatkichlar bo‗yicha tumanlashtirish ishlari olib borildi:

qoplama harorati 0 C dan past bo‗ladigan kunlar soni; havo harorati +5 dan past bo‗ladigan kunlar soni; havo harorati +5 dan +20 gacha bo‗ladigan kunlar soni; havo harorati +20 dan yuqori bo‗ladigan kunlar soni; havo harorati +20 dan +5 gacha bo‗ladigan kunlar soni; tuman bo‗ladigan kunlar soni; bir yilda erni qor qoplab yotadigan kunlar soni; yil davomida yaxmalak kuzatiladigan kunlar soni; qoplamada mikroyaxmalak kuzatiladigan kunlar soni; qoplama ustida namlanish kuzatiladigan kunlar soni; yil davomida chang–to‗zon ko‗tariladigan kunlar soni; yomg‗ir yog‗adigan kunlar soni; qor yog‗adigan kunlar soni; qor yog‗ish davomiyligi; yomg‗ir yog‗ish davomiyligi; yog‗ingarchiliklar umumiy miqdori.
Tumanlashtirishda mintaqalar va tumanlar chegarasini aniqlash uchun ko‗rsatkichlar qiymatlarini ―eng kattadan eng kichikka‖ kamayib borishida tizib chiqildi va grafigi qurildi. Grafikdagi chiziqda sharoitlari bir–biridan farqlanadigan tumanlar chegarasida sinish sodir bo‗ladi. Grafikdagi sinishlardan mintaqalar va tumanlar chegaralarini aniqlab olindi. Ushbu usul tumanlashtirishda tumanlar chegarasini aniqlashning ―eng kattadan eng kichikka‖ usuli deb nomlandi.
Avtomobillar harakat sharoitini kompleks baholash natijasida, hisobiy tezlikning ta‘minlanganlik koeffitsientidan kelib chiqib, aniqlangan transport oqimi holati, yo‗l va havo–iqlim sharoitlarining avtomobillar harakat sharoitiga birgalikdagi ta‘siri ko‗rsatkichi (Ph.sh. koeffitsienti) bo‗yicha respublika hududi tumanlashtirildi. Tumanlashtirishda mintaqalar va tumanlar chegaralari quyidagi grafik asosida aniqlandi (7.18-rasm).



    • bir xil sharoitdagi tuman chegarasi;

    • bir xil sharoitdagi mintaqa chegarasi.

7.18-rasm. Bir xil sharoitdagi tumanlar chegarasini aniqlash grafigi
Grafikdan bir xil sharoitdagi tumanlar aniqlanib, xaritada ularning chegarasini aks ettirish orqali tumanlashtirish ishlari olib borildi. Tumanlashtirish natijasida respublika hududi avtomobillar harakat sharoiti bo‗yicha 4 ta mintaqa va 9 ta tumanga bo‗lindi.
Har qaysi tuman bo‗yicha avtomobillar harakat sharoitiga havo–iqlim, transport oqimi va yo‗l sharoitlarining birgalikdagi ta‘siri ko‗rsatkichi (Ph.sh. koeffitsienti) hamda tumanlarni tashkil qiladigan hududlar quyidagi 7.12–jadvalda keltirilgan. Respublika hududini avtomobillar harakat sharoiti bo‗yicha tumanlashtirish xaritasi 7.19-rasmda keltirildi.
Respublika hududini avtomobillar harakat sharoiti bo‗yicha tumanlashtirish
jadvali

    1. –jadval

Mintaqalar

Tumanlar

Ph.sh.miqdori

Hududlarning nomlari

I

Ia

0,42–0,50

Sirdaryo, Yangier, Olmaliq, Bekobod, Toshkent,
Farg‗ona

Ib

0,51–0,56

Andijon, Samarqand, Denov, SHerobod, Qo‗qon,
Urganch, Xiva

II

IIa

0,57–0,60

Jizzax, Do‗stlik, G‗uzor, Qarshi, Muborak,
Namangan, Pop, Termiz

IIb

0,61–0,62

SHahrisabz, Payshanba, Qo‗shrabot

III

IIIa

0,63–0,72

Nukus, CHimboy, Jonkeldi, G‗allaorol

IIIb

0,73–0,78

Mo‗ynoq, Buxoro, Qorako‗l

IV

IVa

0,79–0,88

Qoraqalpoq, Navoiy, Nurota, Oqbaytal

IVb

0,88 dan katta

Moshiquduq

IVt



Tog‗li hududlar

Jadvalda IV tuman – bu tog‗lar, tumanlashtirishda tog‗lardagi sharoit o‗rganilmadi, sababi bu hududda iqlim o‗zgarishi vertikal gradentga asoslanadi. SHuning uchun bu hududlarda qo‗shimcha kuzatuvlar olib borish lozimligini hisobga olib, keyingi ilmiy izlanishlarda tadqiq qilish uchun qoldirildi.


Avtomobillar haqiqiy harakat sharoitini etalon harakat sharoitiga nisbatan farqlanishidan kelib chiqib, harakat sharoiti bo‗yicha tuman koeffitsientlari aniqlandi (7.12–jadval). Aniqlangan tuman koeffitsientlari respublika hududi bo‗yicha avtomobillar harakat sharoitining qulayligi va xavfsizligini ta‘minlash uchun tavsiyalar ishlab chiqishda qo‗llaniladi.


Download 3,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish