Qadimgi odamlar (paleoantroplar). Germaniyaning Neander daryosi yaqinida, shu jumladan Surxondaryo viloyatining Teshiktosh g‘oridan qadimgi odamning kalla, jag‘ va oyoq suyaklari topilgan. Unga neandertal odam deb nom berilgan. Neandertallar 250–40 ming yil avval yashaganlar. Uning peshanasi qiyali bo‘lib, iyagi yaxshi rivojlanmagan. Bo‘yi 155–165 sm, miyasining hajmi 1400 sm3 bo‘lgan. Ular jamoa bo‘lib yashaganlar. Ular bolalarga, keksalarga va kasallarga g‘amxo‘rlik qilganlar, o‘lganlarni ko‘mganlar.
Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar (neoantroplar). Dastlabki neoantroplarning skeletlari 1868-yili Fransiyaning janubidagi Kromanyon g‘oridan topilgan. Shuning uchun dastlabki hozirgi zamon odamlari kromanyonlar deb ataladi. Ular 50–60 ming yil avval paydo bo‘lgan. Kromanyonlarning bo‘yi 180 sm, miyasining hajmi 1600 sm3, iyagi bo‘rtib chiqqan va peshanasi keng bo‘lgan. Ularda ma’noli nutq yaxshi rivojlangan, tanasining tuzilishi bo‘yicha kromonyonlar hozirgi odamlardan farq qilmaganlar. Kromonyonlar murakkab qurollarni yasay olganlar, uy qurganlar, uning devorlariga ov epizodlari, raqslar, hayvonlar va odamlarning tasvirini ishlaganlar. Yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirganlar va dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlaganlar.
II.IMMUN TIZIMI.
REJA:
2.1.Immun tizimi. Immun tizimi a’zolari tasnifi.
2.2. Organizmning fiziologik himoya tizimi.
2.3.Immun tizim filogenezi va ontogenezi.
2.4. Timus. Periferik a’zolar.
2.5.T-limfotsitlar rivojlanishi va differensatsiyasi.
Immunitet to`g`risida tushuncha. Immun-himoya reaktsiyalari va immunitet tushunchalari o`zaro almashinuv imkoniyatiga ega sinonimlardir. Immunitet – bu organizmning o`zini barcha genetik jihatdan yot bo`lgan zarrachalar va moddalardan, ya’ni antigenlardan himoya qilish qobiliyatidir. Antigenlar organizmga tashqaridan tushishi (ekzoantigenlar) yoki organizmning o`zida (autoantigenlar) hosil bo`lishi mumkin. Immunitet jarayoni organizmning immun sistemasi, bu sistemaga kiruvchi hujayralar (immunotsitlar), to`qimalar hamda markaziy va periferik a’zolar yordamida amalga oshiriladi. Immun sistema yuqorida ko`rsatilgan markaziy (qizil suyak ko`migi, timus) va periferik (limfatik tugunlar, taloq, ovqat hazm qilish, nafas va siydik chiqaruv yo`llarida joylashgan limfoid follikullar) qismlardan tashkil topgan.
Immun-himoya jarayonlarini amalga oshiradigan asosiy hujayralar T- va B-limfotsitlar hisoblanadi. Ularning ko`payishi, yetilishi hamda faoliyati esa mikromuhit tashkil qiluvchi makrofaglar, interdigitirlovchi va dendritli hujayralar bilan chambarchas bog`liqdir. Timusda bu hujayralar qatoriga uning stromasini hosil qiluvchi retikuloepitelial hujayralar ham kiradi. Bulardan tashqari, organizmda kechadigan himoya reaksiyalarida neytrofil, eozinofil, bazofil leykotsitlarning, to`qima bazofillarining (semiz hujayralarning) hamda fibroblastlarning ahamiyati ham kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |