I odam evolutsiyasi


Timus po’stloq zonasining retikuloepitelial hujayrasi va timotsitlari (sxema)



Download 1,58 Mb.
bet9/9
Sana28.06.2022
Hajmi1,58 Mb.
#713904
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ANATOMIYA

Timus po’stloq zonasining retikuloepitelial hujayrasi va timotsitlari (sxema).
1 – yadro; 2 – o’siqlar; 3 – secretor pufakchalar; 4 – tonofibrillalar; 5 – limfoblast; 6 – prolimfo-tsit (pretimotsit); 7 – timotsitlar (K.R.To’xtayev rasmi).
Po’stloq va mag’iz zonalar orasida chegara (kortiko-medullyar) zona joylashadi. Bu zona oddiy mikroskop ostida aniq ajratilmaydi. Elektron mikroskop ostida ham uning yaqqol chegaralari bo’lmay, o’zida ko`p miqdorda qon tomirlar, asosan, postkapillyar venulalar borligi bilan ajralib turadi. Bu zonada sitoplazmasida sekretor pufakchalar va tonofibrillalar saqlovchi retikuloepitelial hujayralar, mayda donachalarga ega bo’lgan interdigitirlovchi hujayralar va lizosomalarga boy tipik makrofaglar joylashgan. Qayd qilib o’tilgan hujayralar mikromuhitni tashkil qiladi va bular orasida turli tuzilishga ega bo’lgan timotsitlar yotadi.
Po’tloq zonada timotsitlar qon orqali keluvchi yot antigenlardan maxsus «qon-timus» to’sig’i (gemato-timus bareri) yordamida ma’lum darajada himoya qilinib turiladi. Bu to’siqni hosil qilishda: qon kapillyarlarining endoteliy hujayrasi va uning bazal membranasi; tomir atrofida yoki perikapillyar bo’shliqda joylashgan hujayralar va hujayralararo modda; va nihoyat, retikuloepitelial hujayralar o’z bazal membranalari bilan birlikda ishtirok etadilar. To’siq antigenlarni tutib qolish yoki tanlab o’tkazish qobiliyatiga ega bo’ladi. Shu tufayli timotsitlarning T-limfotsitlarga differensiallanishi antigenga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshadi. Po’stloq zonani o’rab turuvchi biriktiruvchi to’qima bilan timus parenximasi orasida ham retikuloepitelial hujayralar va ularning bazal membranasi ingichka to’siqsimon qavat hosil qiladi.
Mag’iz zona (medulla) timotsitlar ozroq bo’lgani va siyrakroq joylashgani tufayli oqishroq bo’yaladi. Agar po`stloq zonada limfotsitlarning retikuloepitelial hujayralarga nisbati taxminan 9:1 bo’lsa, mag`iz zonada esa buning aksi, ya’ni 1:9 nisbat kuzatiladi. Mag’iz zonada ayniqsa mitotik bo’linish qobiliyatiga ega bo’lgan pretimotsit yoki limfoblast hujayralarning nisbiy miqdori kamayib ketadi. Mag’iz zonaning retikuloepitelial hujayralari tuzilishi jihatidan ham boshqacharoqdir. Ularning sitoplazmasida yirik sekretor pufakchalar ko’p miqdorda bo’lib, guruhlar hosil qilib joylashadi. Ba’zida pufakchalar sekretor naychalar tusini olib, ularning ichki devorida kalta mikrovorsinkalar uchraydi. Shu bilan bir qatorda hujayralar sitoplazmasida tonofibrillalar soni ancha ko’p bo’lib, ular yo’g’on tutamlar hosil qilib joylashadi.
Mag’iz zonaning markaziy qismida qatlamli epitelial (Gassal) tanachalari joylashgan. Ular ustma-ust yotgan yassi retikuloepitelial hujayralardan tashkil topgan bo’lib, bu hu-jayralarning sitoplazmasida yirik pufakchalar, dag’al tonofibrillalar tutamlari va keratin donachalarini ko’rish mumkin. Ba’zida tanachalar tarkibida yemirilayotgan leykotsitlar ham uchraydi. Gassal tanachalari timus stromasida retikuloepitelial hujayralarning fiziologik muguzlanishi va degeneratsiyasi jarayonida hosil bo’luvchi tuzilmalar deb hisoblanadi. Lekin ularning ma’lum bir biologik aktiv moddalar ishlab chiqarishi va shu bilan timusning endokrin faoliyatida ishtirok etishi ham ehtimoldan holi emas. Tanachalarning soni yosh ulg’ayishi bilan oshadi va turli kasalliklarda esa kamayib ketadi. Mag’iz zonada ham tipik makrofaglar bilan bir qatorda interdigitlovchi hujayralar uchraydi. Ular retikuloepitelial hujayralar bilan birgalikda bu zonadagi timotsitlar uchun mikromuhit yaratib beradi.
Qon bilan ta’minlanishi. Timusning po’stloq va mag’iz zonalari deyarli mustaqil qon tomirlar sistemasiga ega. Timusga kirgan arteriyalar bo’laklarni ajratib turuvchi biriktiruvchi to’qimada bo’laklararo arteriyalarni hosil qiladi. Ularning bir qismi bo’laklar ichiga kirib, po’stloq va mag’iz zonalar orasidagi chegara zona bo`ylab yo’naluvchi arteriolalarni hosil qilsa, ikkinchisi esa biriktiruvchi to’qima ostidagi arteriolalarga bo’linadi. Bu arteriolalardan kapillyarlar tarmoqlanib, po’stloq zonada zich joylashgan kapillyarlar to’riga tutashib ketadi. Bu to’rga yuza tomondan, ya’ni biriktiruvchi to’qimadan kiruvchi kapillyarlar ham qo’shiladi. Kapillyarlar po’stloq zonaning yuza qismida yoysimon burilib, ichkariga yo’l oladi va chegara zonada postkapillyar venulalarga quyiladi.
Po’stloq zonaning qon bilan ta’minlanishining quyidagi asosiy xususiyatlarini ko’rsatib o’tish mumkin:
a) Po’stloq zonada faqatgina kapillyarlar to’ri joylashadi;
b) Bu zonaning kapillyarlari atrofida «qon-timus» to’sig’i borligi tufayli antigenlar po’stloq zonaga o’tmaydi yoki juda tanlab o’tkaziladi. Natijada, po’stloq zonada T-limfotsitlar-ning antigenga bog’liq bo’lmagan differensiallashuvi amalga oshadi.
Chegara zonada joylashgan arteriolalardan tarmoqlangan kapillyarlarning bir qismi mag’iz zonani qon bilan ta’minlaydi. Bu kapillyarlar yana qaytib chegara zonaga keladi va postkapillar venulalarga quyiladi. Ammo po’stloq va mag’iz zonalardan qon yig’uvchi postkapillyar venulalar bir-biri bilan qo’shilmay, alohida venalar shaklida timusdan chiqib ketadi. Shuni ta’kidlash kerakki, mag’iz zonaning kapillyarlarida «qon-timus» to’sig’i bo’lmaydi. Bu zonadagi T-limfotsitlar postkapillyar venulalar orqali timusdan chiqishi yoki unga yana qaytib kirishi (retsirkulyatsiya qilishi) mumkin. Retsirkulyatsiya jarayonida postkapillyar venulalarning o’ziga xos baland prizmatik tuzilishga ega bo’lgan endoteliy hujayralari muhim rol o’ynaydi.
Timusning limfatik sistemasi yuza (kapsula va kapsula ostida joylashgan) va chuqur (parenximada joylashgan) limfatik kapillyarlar to’ridan iborat. Ular bo’laklararo to’sinlarda yotgan limfa tomirlariga kelib quyiladi.Timusning yoshga qarab va ba’zi hollarda o’zgarishi. Ayrisimon bez yosh bolalarda juda taraqqiy etgan bo’ladi. Tug’ilgandan to balog’at yoshiga yetguncha uning kattaligi va og’irligi ma’lum bir darajada saqlanib turadi. Jinsiy balog’at yoshiga kelib timusning og’irligi o’rtacha hisobda 37–40 g atrofida bo’ladi. 25–30 yoshdan keyin timusda aks taraqqiyot davri, ya’ni yoshga nisbatan kechadigan involutsiya boshlanadi. Bu jarayon ayniqsa timusning po’stloq zonasida yaqqol ifodalanadi. Bu zonada timotsitlar sononing kamayib borishi, retikuloepitelial hujayralar o’rnida yog’ hujayralarining paydo bo’lishi va makrofaglar sonining ko’payishi kuzatiladi. Involutsiya jarayoni mag’iz zonada ham sodir bo’ladi. Bu zonada ham yuqoridagidek timotsitlarning kamayishi, retikuloepitelial hujayralarning o’rnini yog’ to’qimasi eg’allashi ko’rinadi. Gassal tanachalari esa ancha paytgacha saqlanib qoladi. Shuni ta’kidlash kerakki, o’ta qarigan, ammo sog’ organizmda timusning faoliyati nisbatan sust saqlanib qoladi. 70–75 yoshlarga kelib timusning og’irligi faqat 5–6 g atrofida bo’ladi. Bunda bez parenximasining asosiy qismini yog’ to’qimasi tashkil etib, uning orasida juda kam miqdorda timotsitlar va retikuloepitelial hujayralar uchrashi mumkin. Kamdan-kam holatlardagina timusning yoshga nisbatan involutsiyasi bo’lmasligi mumkin. Bu holat “status thymicolymphaticus” deb atalib, timusda va boshqa periferik immun-himoya organlarida limfotsitlar sonining oshb ketishi bilan ifodaladi. Ko’pincha bu holat buyrak usti bezining po’stloq moddasi ishlaydigan glyukokortikoid gormonlarning yetishmovchiligi bilan birga kechadi. Garchi timusda limfotsitlar ko’p bo’lsada, ularning faoliyati to’liq bo’lmaydi, shuning uchun ham bunday odamlar mikroblar va zaharli moddalar ta’siriga juda chidamsiz bo’ladi.
Timusning yoshga nisbatan, asta-sekin kechadigan aks taraqqiyotidan tashqari, ba’zi bir holatlarda uning tez sodir bo’ladigan involusiyasi ham uchraydi. Bu jarayon aksidental (accidental – tasodifiy) involusiya deb atalib, turli xil o’ta kuchli salbiy ta’surotlar (og’ir jarohatlar, zaharlanish, haddan tashqari ochlik, radiatsiya, SPID virusi va hokazolar) natijasida ro’y berishi mumkin. Bunda timusda, ayniqsa uning po’stloq zonasida, timotsitlarning birdaniga ko’p miqdorda halok bo’lishi (timotsitoliz yoki limfotsitoliz) va ularning makrofaglar tomonidan fagotsitoz qilinishi kuzatiladi. Natijada, po’stloq va mag’iz zonalar orasida chegarani ajratib bo’lmaydi. Aksidental involutsiya davomida retikuloepitelial hujayralarda ham o’zgarishlar sodir bo’ladi. Ularning sitoplazmasi shishadi va yirik pufaklar bilan to’ladi. Aksidental involyutsiya jarayonida yuqorida qayd etilgan glyukokortikoid gormonlarning ahamiyati kattadir. Chunki bu jarayon doimiy ravishda shu gormonlar miqdorining keskin oshishi bilan birga kuzatiladi
Shuni ta’kidlash lozimki, aksidental involutsiya o’zining qayta tiklanish imkoniyati bilan yoshga nisbatan kechadigan involutsiyadan keskin farqlanadi. Agar organizmga ko’rsatilgan salbiy ta’sirlar to’xtatilsa, timus o’zining oldingi holatiga qaytishi mumkin. Shu tufayli timusda bo’ladigan aksidental involutsiyani ko’ra bilish va uning oldini olish tibbiyot fani uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.
Shunday qilib, timus (ayrisimon yoki buqoq bezi) qizil suyak ko’migi bilan birgalikda qon yaratuvchi va immun-himoya organlarining markaziy qismini tashkil qilib, u T-limfotsitlar ishlab chiqarishi bilan bir qatorda immunitet jarayonlarini boshqarishda ham ishtirok etadi. Bundan tashqari, timusda qator biologik aktiv moddalarning ishlanib chiqishi uning endokrin faoliyati ancha taraqqiy etganligidan dalolat beradi.


III.TERI TUZILISHI VA FUNKSIYASI
Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish