Mahorat va ta’sirdorlik.
Mahorat mazmun va shakl sohasida bo`lishi mumkin, chunki bu masalada har qanday badiiy asarning butun borlig`ini qamrab oladi.
Mazmun doirasiga asarning mavzusi, g`oyasi, qahramoni va sujeti kiradi. Biz yuqorida ”Navoiy” romanining mavzusi bu shoir hayotini aks ettirish ekanligini, g`oyasi adolatparvarlikdan iborat ekanligi ni qahramonlari asosan Navoiy, Boyqaro va Majdiddinning o`zaro kurashi tashkil qilishini qisqacha qytib o`tgan edik. Navoiy romandagi barcha qahramonlardan ham aqlli, dono va tadbirkorroq qilib ko`rsatilgan.
Oybek ”Navoiy” romanini qanday yozdim” maqolasida aytishicha, Navoiy gigantdir, u haqdagi roman avval ko`ngilda pishitilgan, yozish maxssu tuzilgan rejaga suyanmagan. Oybek ”Navoiy” rommanida asosan u davrdagi sotsial hayotni, kuchli intrigalarni, murakkab siyosiy voqealarni aks ettirishga urindim”, deydi.
’Navoiy” romani avtorning kamolga yetgan badiiy mahorati bilan bog`liq. Ilgari shoirlar Navoiy haqida ko`p she’rlar yozgan edilar. Oybek 1937-yili ”Navoiy” dostonini ijod etdi. ”Navoiy” romanida ham asosan matn nasriy bo`lsa-da, poeziya namunalarini ko`pgina keltirgan. Ular ichida o`nga yaqin fors-tojik tilida, o`n beshdan ortig`i o`zbek tilida, she’rlar Navoiy, Boyqaro, Jomiyga mansub, janr jihatidan ruboiy, g`azalm mustazod va boshqa shakllarga kiradi. ”Xamsa”dan keltirilgan misralar ham uchraydi, folklor baytlari ham mavjud.
Muallif nutqi va dialoglardagi o`xshatishla aksar holda ohorlidir. Abdusamat o`zini shishaga qamalgan chayonday ojiz”s ezadi. Yoki Arg`unbekda ”telbalikka o`xshahs bir sifat sezilardi, lekin bu xususiyat, xuddi go`zalning kokiliday, unga yarashib turardi.
Abu nosir forobiy ”She’r san’ati” risolasida aytishicha, ”obraz qilib aytilgan so`z kishi ruhini o`ziga bo`ysindiradigan bir holat kasb etadi”. Ba’zi narsa xush ko`rinadi, ba’zi narsa kishini bezovta qiladi.
Alisher Navoiy Farididdin Attorning ”Mantiqut tayr” asarini o`qiganida qattiq ta’sirlanadi, uni yodlab oladi. Rossiya podshosi ”Revizor”ni ko`rish vaqtida g’oyat ta’sirlangan, g`azabiga chiday olmay, sahanadan chiqib ketgan. Yozuvchi o`z millatiga xos ichki adabiyotdan ham , boshqa xalqqa xos bo`lgan tashqi adabiyotdan ham ta’sirlanishi mumkin. Kitobxon ham xuddi shunday ta`sirlanishi mumkin.
Adabiy asar ta’sirdorligini ta`minlashda estetik ideal, hayot haqiqatining asarda badiiy haqiqatga aylanishi, milliylik, psixologizm va pafos muhim ahamiyatga ega. ”Estetik ideal – san’at asarlarida , tashqi qiyofada, shaklda va narsalarni moddiy ishlab chiqarish tuzilishlarida o`z ifodasini topgan voqelikka insoniy hissiy munosabat namunasidir.” (Davidov Y.)
Ibn Sino ”She’r san’ati” kitobida deydiki,
1. ”asardan maqsad -faraz bo`ladi. Asar yozishdan maqsad – ta’sir etish”.
2. ” odamlarni taajjubga solish”. Maqsad odamlar fe’l-atvoriga ta’sir etishni maqsad qilib olganlar”.
Har qnaday estetik idealda diniy-mifologik, axloqiy tomonlar bo`ladi. Shu sabali estetik ideal tarixiy hodisa, u davr taqozosi bilan o`zgarib turadi.
Oybekning ”Navoiy” romanini yozishdan maqsadi faqt navoiy hayti va davrini tasvirlashdan iboratgina emas, balki odamlarda adolatga nisbatan hurmat hissini uyg`otish hamdir. Ta`sirdorlikning boshqa elementi hayot haqiqati yoki tarixiylik va badiiy haqiqatdir. Adabiyotda tarixiylik u yoki bu bu davrning aniq tarixiy mazmunini va shuningdek, uning qiyofa va koloritini badiiy o`zlashtirishdir. Istorizm inson, tariz, davrga xos muhim xusiyatni topib tasvirlashdir. Oybekning ”Navoiy” romanida temuriyzodalarning taxt talashishini , maishiy aynishi, ichkilikbozligi, axloqiy buzilishi va xotinbozligini markazlashgan davlat parchalanishining asosiy sabablari sifatida ajratib ko`rsatgan. O`tmishda yozilga bu asarda o`tmish tuhini ko`rsatish bo`rtib turadi.
Psixologizm ta’sirdorlikning yana bir boshqa qismidir. Bu hol qahramonning ruhiy ahvolini ko`rsatishdir. U obrazning o`yi, kechinmasi, xayoli orqali ham yuzaga chiqadi. U goho hayajonli nutqqa aylanadi.
Psixologizm goho o`y sifatida ko`rinadi. Bu hol Navoiy o`z ukasi Darveshalini jazolashga majbur qilinganda, yuzaga chiqadi.
Qahramonlik, dramatizm, ko`tarinkilik, ulug`vorlik, tragizm, komizm, sentimentallik, romantika kabi pafos kategoriyalari ham mta’sirdorlikning muhim omillaridandir. Pafos his-tuyg`u bilan aloqador bo`lganligi sababli ta’sirdorlikning ajralmas qismidir.
Akademik Izzat Sulton badiiylik haqidagi qarashlari hozirgi zamon badiiylik nazariyasiga asos bo’lgan. Izzat Sultonning aytishicha, pafos:
Asar pafosga ega bo’lishi lozim,ya’ni unda umuminsoniy dard bo’ladi, u his va fikrga ta’sir etish orqali olamni hayajonga soladi, yozuvchi o` hissi, dardini kitobxonga yuqtira olishi kerak;
Kitobxon o`zini asar qharamoniday his qiladi;
Shoir qanday ahvolda bo`lsa, kitobxon yo tomoshabin ham o`sha holga tushadi;
Ta’sir etish ilhomlantirish, zavqlantirish, nafratlantirish, g`zablantirish orqali yuz beradi;
Ta’sirdorlik mazmunining ilg`orligi, universalligi, shakl va bunga muvofiqligi orqali yuzaga keladi;
Asar san’at asari bo`ladimi, yo`qmi, bu uning ta’siriga qaraydi;
Ta’sirdor asar yo obrazni bir umr sevib qolamiz.
Xullas, iste’dod, xosiyat, an’ana va yangilik mahorat va ta’sirdorlik badiiylikning bosh mezonidirva ular Oybekning ”Navoiy” romanida yuksak darajada namoyon bo`lgan. Bu asarning olamshumul bo`lishining siri ham mana shundadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |